BBC News, O'zbek - Bosh sahifa
Bosh maqola
Sun’iy intellekt biologik qurol yasashni o‘rgatdi - Bu qanchalik xavotirli?
Tadqiqotchilar sun’iy intellekt modelining xavfsizlik to‘siqlarini chetlab o‘tib, undan biologik qurol yasash usullarini so‘rashdi va javob olishdi.
Advokat: "Dauletmurat Tajimuratov qamoqda kaltaklangani va tibbiy yordamdan mahrum qilinganini aytdi"
2022 yilda Qoraqalpog‘istondagi namoyishlar yetakchilaridan biri sifatida tanilgan Dauletmurat Tajimuratov O‘zbekistonning Buxoro viloyatidagi maxsus tartibli qamoqxonaga ko‘chirilganidan keyin ham kaltaklangani aytilmoqda.
AQSh qo‘shinlari 20 yildan so‘ng Iroqni tark etmoqda. Ular qanday iz qoldirdi va endi nima bo‘ladi?
AQSh 30 sentyabrgacha Iroqda qolgan qo‘shinlarini olib chiqishi kutilmoqda. Shu bilan Saddam Husayn hokimiyatini ag‘dargan, AQSh boshchiligidagi 2003 yilgi bosqindan boshlangan harbiy ishtirok yakunlanadi.
Eron sudi hijobsiz chiqish qilgan xonandaga berilgan darra jazosini o‘z kuchida qoldirdi
Parastu Ahmadiy jonli efirdagi kontsertda yengsiz ko‘ylakda qo‘shiq aytganidan so‘ng "jamoat odobiga putur yetkazish"da aybdor deb topilgan.
O‘zbekistonga jinsiy zo‘ravonlar "qora ro‘yxati" kerakmi? - Video
Namanganda ro‘y bergan hodisa bundan keyin O‘zbekistonning biror bir joyida o‘xshash voqea takrorlanmasligi uchun nima qilmoq lozim degan savolni paydo qildi.
Qozog‘iston: To‘qaev armiyada "radikal islohot" boshladi - video
Qozog‘iston Harbiy-dengiz kuchlarining mashqlari paytida Kaspiy dengizida harbiylar halok bo‘lgani ortidan Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qaev mamlakat qurolli kuchlarida "radikal islohot" boshlaganini e’lon qildi.
Sovet davri yo mustaqillik: O‘zbeklar fikri hamon ikkiga ajralganmi?
O‘zbekistonliklarning Sovet davri haqidagi xotiralari bir xil emas: kimdir o‘sha paytdagi narxlar va barqarorlikni eslaydi, boshqalar esa mustaqillikdan keyin erishilgan ruhiy erkinlikni qadrlaydi. BBC O‘zbek xizmati ikki davrni ko‘rgan odamlar bilan gaplashdi.
"Manchester Siti" sovrinlaridan mahrum qilinib, premьer ligadan tushib ketadimi?
So‘nggi o‘n yarim yilda Angliya futbolida eng ko‘p sovrinni qo‘lga kiritgan klub ko‘plab moliyaviy qoidalarni buzganlikda aybdor deb topildi.
Japarovga raqib chiqadimi? Qirg‘izistonda prezident saylovi sanasi aniqlandi
Qirg‘izistonda navbatdagi prezidentlik saylovi sanasi aniqlandi. Parlament qaroriga ko‘ra, saylov 2027 yil 27 yanvarda bo‘lib o‘tadi. Hozirgi prezident Sadir Japarov ikkinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘yishi kutilmoqda. Ammo unga kimlar raqib bo‘lishi hozircha aniq emas.
O‘zbekiston
Mintaqa
Dunyo
BBC News O‘zbek WhatsApp
O‘zbekiston, mintaqa, dunyo yangiliklari hamda tahlil va munosabat
Faqat bizda
Muharrir tanlovi
O‘zbekiston BMT Xavfsizlik kengashiga nomzodini ilgari surdi
Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida O‘zbekiston 2035–2036-yillar uchun Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a’zoligiga nomzodini qo‘yganini ma’lum qildi. U nutqida qonun ustuvorligi, inson qadri va mamlakatning xalqaro siyosatdagi pozitsiyasiga ham to‘xtaldi.
Sirojiddin media sudida kutilmagan o‘zgarish: jabrlanuvchilar da’volaridan voz kechayaptilar
Nafaqat O‘zbekiston, balki xalqaro inson huquqlari tashkilotlari va matbuoti e’tiboriga tushgan samarqandlik bloger Sirojiddin Adilov ustidan borayotgan sud ishida burilish kuzatilgan.
Qaynoq choy va qahva qizilo‘ngachga zarar yetkazib, saraton xavfini oshirishi mumkin
Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, choy va qahva kabi ichimliklarni muntazam ravishda juda issiq holda iste’mol qilish qizilo‘ngach saratoni deb ataladigan kasallik xavfini oshiradi.
Rossiyadan o‘n kunda qariyb 100 ming o‘zbekistonlik qaytdi. Buning sababi nima?
Qariyb 100 ming o‘zbekistonlik o‘n kunda Rossiyadan qaytdi. Bu ommaviy migratsiya oqimimi yoki odatiy qatnovmi? BBC o‘zbeklar uchun Rossiya mehnat bozori qanday o‘zgarayotgani va qaytganlarga qanday imkoniyatlar taklif qilinayotganini tahlil qildi.
"Soxta g‘alabalar": Rossiya harbiylari SI yordamida frontdagi "yutuqlar"ni qanday soxtalashtirmoqda?
Ekspertlar Rossiya harbiylarining "muvaffaqiyatlari" SI yordamida soxtalashtirilgan o‘nlab videolarni aniqladi.
O‘zbekiston: Mirziyoyev investorlar uchun xavfsizlik kuchaytirilishini talab qildi. Video
Prezident jinoyatchilik jilovlanmasa, tadbirkor va investorlar kelmasligini aytdi. BBC suhbatlashgan ekspert fikricha, investorlar uchun xavfsizlik bilan bir qatorda qonun ustuvorligi, mustaqil sud tizimi va korruptsiyaga qarshi kurash ham muhim ahamiyatga ega.
AQSh texnologik gigantlari sun’iy intellekt rivojini sekinlashtirishga chaqiryapti. Xitoy nima deydi?
SI tez rivojlanayotgan bir paytda, ayrim texnologiya yetakchilari uning xavflari haqida ogohlantirmoqda. Mutaxassislar fikricha, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi raqobat muammo yechimini qiyinlashtirishi mumkin.
Karimov merosi hamon O‘zbekiston jamiyatini ikkiga bo‘lmoqda
Islom Karimov vafot etganiga 10 yil bo‘ldi. Uning 25 yillik prezidentligi O‘zbekiston tarixidagi eng bahsli davrlardan biri bo‘lib qolmoqda. BBC O‘zbek xizmatining ijtimoiy tarmoqlardagi so‘roviga bildirilgan munosabatlar ham Karimov merosiga qarashlar keskin farq qilishini ko‘rsatdi.
Turkiyani larzaga solgan O‘zbek ayollari qotilligi bo‘yicha hukm e’lon qilindi
Turkiya sudi ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini Istanbulda ikki o‘zbekistonlik ayolni o‘ldirganlik uchun umrbod qamoq jazolariga hukm qildi.
O‘zbekiston: Ota-onalar vazirlik oldiga yig‘ildi. Qizamiqqa chalingan bolalar uchun umid bormi?
O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan SSPE kasalligiga chalingan bolalarning ota-onalari Sog‘liqni saqlash vazirligi oldiga yig‘ildi. Ular zarur dori-darmon, tibbiy yordam va reabilitatsiya xizmatlari bilan ta’minlashni so‘ragan.
Qirg‘iziston: Tashievga chiqarilgan hukm nega prezident saylovi bilan bog‘lanmoqda?
Qamchibek Tashievga chiqarilgan navbatdagi sud hukmi Qirg‘izistondagi bo‘lajak prezident saylovi arafasida siyosiy bahslarni yana kuchaytirdi.

































































