O‘zbekiston importi ko‘paygan. Rossiya propani va bug‘doyi evaziga

O‘zbekistondagi bozor va bozordagi odamlar
Surat tagso‘zi, O‘zbekistondagi narx-navoga transport xarajatlari ham ta’sir qiladi
Published
O'qilish vaqti: 3 daq

O‘zbekiston Milliy Statistika qo‘mitasi hisobotiga ko‘ra, 2026 yilning sakkiz oyi mobaynida mamlakat importi o‘tgan yilning shu davriga solishtirganda 16,3 foiz o‘sgan.

O‘zbekistonga hamon yengil avtomobillar juda ko‘p keltirilayapti.

Mamlakat importi va eksportidagi o‘zgarishga Rossiyadagi vaziyat ta’sir ko‘rsatgani kuzatiladi.

2026 yilning yanvar va avgust oylari o‘rtasidagi O‘zbekistonning tashqi savdo hisob-kitobi natijalari sentyabr oyi oxirida e’lon qilindi.

Milliy Statistika qo‘mitasiga ko‘ra, O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi sakkiz oyda 57,4 milliard AQSh dollarini tashkil etgan.

Eksport 3,4 % kamaygan, import esa 16,3 % ortgan.

Iqtisodiy tahlilchilar O‘zbekistonga oziq-ovqat importi qanchalar qimmatlaganiga e’tibor qaratadilar.

Chunki bu qimmatlashuv boshqa turdagi mahsulotlarnikiga solishtirganda kuchliroq bo‘lgani kuzatilgan, 2025 yilning dastlabki sakkiz oyiga qaraganda 39, 3 foiz ortgan.

Iqtibos

O‘zbekiston qariyb 1 milliard dollar - $967 mlnga don mahsulotlari import qilgan.

Bu 58,9% ko‘p deganidir.

$677 mlnga go‘sht va go‘sht mahsulotlari $677 mln, ya’ni bir yil oldingiga solishtirganda 34,2% ko‘p, $476 mln yoki 43,9% ko‘p shakar va konditer mahsulotlari import qilingan.

O‘zbekistonning asosiy un va bug‘doy importchisi Qozog‘iston hisoblanadi, O‘zbekiston g‘alla importi ko‘payishi jahon bozorida don arzonlashishi, Rossiya esa doniga xaridor topishga qiynalib qolgan paytda kuzatilmoqda.

Toshkentdagi Eski Jo‘va bozori
Surat tagso‘zi, O‘zbekistonga oziq-ovqat importi qimmatlashgan
Skip podcast promotion and continue reading
BBC News O'zbek Obuna bo'ling!
Bizni WhatsApp da ham kuzating

BBC News O‘zbek kontenti endi Sizning WhatsApp da

A’zo bo‘lish uchun bu erga bosing

End of podcast promotion

Suyultirilgan gaz O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun o‘ta muhim mahsulot, propan va metan qimmatlashuvi mamlakatdagi umumiy inflyatsiya darajasida ham seziladi.

Bugunga kelib O‘zbekiston o‘zi elektromobillar ishlab chiqarayotgani va chetdan ko‘p olib kirayotganiga qaramasdan, mamlakatda yengil avtomobillarning aksari hamon suyultirilgan gazda yuradi.

Milliy Statistika qo‘mitasiga ko‘ra, sakkiz oylik importning 32,6 foizi mashina va transport vositalariga to‘g‘ri keladi.

O‘zbekistonda sakkiz oyda 11,3 milliard dollarlik avtomobil va transport vositalari olib kirilgan.

Bu o‘tgan yilga solishtirganda 17 foiz ko‘p.

Mamlakatga 1,1 milliard dollarlik yengil avto olib kirilgani, bu esa bir yil oldingiga qaraganda 1,7 baravar ko‘p ekani xabar qilinadi.

O‘zbekiston chetdan $124 mln lik propan gazini olib kirgan, bu o‘tgan yilga solishtirganda 3,5 barobar ko‘p.

437 mln dollarlik yoki 48,6% ko‘p benzin import qilingan.

O‘zbekiston qariyb 125 million dollarlik ko‘mir olib kirgan, o‘zining chetga gaz eksporti kamaygani kuzatiladi.

Skip Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: and continue readingBizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: