"Qozog‘iston O‘zbekistonni rasman boxabar etgan"

Iqboljon Qoraboev qariyb ikki oydirki hibsda saqlanmoqda.

Surat manbasi, Iqboljon Qoraboyev

Surat tagso‘zi, Iqboljon Qoraboev ishi bo‘yicha Qozog‘iston Milliy Xavfsizlik qo‘mitasi xabar tarqatdi.
Published
O'qilish vaqti: 3 daq

Qozog‘iston Milliy Xavfsizlik qo‘mitasi ilk bor o‘zbekistonlik professor Iqboljon Qoraboev jinoyat ishi bo‘yicha bayonot berdi.

Qozog‘istondagi KazTAG veb-nashri xabar berishicha, xavfsizlik qo‘mitasi tahririyatning o‘zbekistonlik professor ishi haqidagi so‘roviga rasman javob bergan.

«Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 201-moddasiga muvofiq, sudgacha tergov materiallari oshkor qilinishi mumkin emas. Qozog‘iston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, O‘zbekiston tomoni bu haqda diplomatik kanallar orqali rasman xabardor qilingan», deb javob berdi Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi KazTAG tahririyati so‘roviga.

Qozog‘ston xavfsizlik qo‘mitasi O‘zbekiston rasmiylarini qachon xabardor qilgani va boshqa tafsilotini oshkor etmadi.

Yaqinlarining aytishicha, shu kungacha na uning qarindoshlariga, na O‘zbekiston diplomatlariga Iqbojon Qoraboev bilan uchrashishga ruxsat berilgan.

Qozog‘iston hukumati Qoraboev aniq nima qilgani, qanday ma’lumotlarni olgan yoki uzatgani hamda kimning manfaati yo‘lida harakat qilgani haqida hozirgacha ommaga izoh bergani yo‘q.

Avvalroq qarindoshlaridan biri BBC O‘zbek xizmatiga xavfsizlik xodimlari uni ushlash paytida Iqboljon Qoraboev go‘yoki O‘zbekistonning Ostonadagi konsullik xodimlaridan biriga ma’lumot uzatganini aytganini bildirgan.

iqtibos

Ushbu jinoyat ishi yana shu jihati bilan ham e’tibor tortmoqdaki, Qoraboev Qozog‘iston va O‘zbekistondagi muhim minerallar bo‘yicha tadqiqot olib borgan.

U shu yil aprel oyida bu mavzuga bag‘ishlangan, hozircha e’lon qilinmagan ilmiy maqolani tayyorlagan.

Biroq aynan shu tadqiqot uning qo‘lga olinishi va josuslikda gumon qilinishiga sabab bo‘lganini ko‘rsatuvchi ochiq dalillar yo‘q.

Qarindoshlari Internet tufayli qaysi mamlakatda qanday minerallar borligini butun dunyo yaxshi bilishini, Iqboljon Qoraboev faqat ochiq manbalardan foydalanib, minerallar haqida maqola yozganini, u hech qachon davlat idoralari yoki boshqa maxsus tashkilotlarda ishlamaganini aytadilar.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Skip podcast promotion and continue reading
Bizni WhatsApp da ham kuzating

BBC News O‘zbek kontenti endi Sizning WhatsApp da

A’zo bo‘lish uchun bu erga bosing

End of podcast promotion

Qoraboevning hamkasb olimlari ham uning hibsga olinishi, jinoyat ishi bo‘yicha ma’lumot yo‘qligidan xavotir bildirdilar.

Qozog‘istonlik olim Qayrat Moldashev bu ishni «mamlakatdagi barcha olimlar uchun juda xavfli pretsedent» deb atadi, Qoraboev maxfiy ma’lumotlarga kirish imkoniga ega bo‘lmaganini va Qozog‘iston universitetlaridan birida xalqaro munosabatlar dasturini yo‘lga qo‘yishda ishtirok etganini ta’kidlagan.

«Bu tergovga bosim o‘tkazishga urinish emas. Ammo Iqboljonni shaxsan taniydigan inson sifatida, ham professional, ham juda yuqori salohiyatli olim sifatida, bu xabar meni qattiq qayg‘uga soldi. Ayniqsa, u malakali va sifatli yuridik himoyadan foydalana olmayotgani haqidagi ma’lumotlar», deb yozdi Moldashev 28 avgust kuni Facebook'da.

«Biz birgalikda maqolalar yozganmiz, seminarlar o‘tkazganmiz va konferentsiyalarda qatnashganmiz. Shuning uchun bunday xabarlar qo‘rquv muhitini kuchaytiradi va ko‘plab savollarni tug‘diradi. Ayniqsa, ma’lumot yig‘ish, ilmiy nashr va josuslik o‘rtasidagi chegara qaerda ekani haqida», deb yozdi u.

Qarindoshlariga ko‘ra, professor Iqboljon Qorbaboevning xorijdagi hamkasblari uni qo‘llab-quvvatlash maqsadida petitsiya boshlaganlar va Qozog‘iston prezidentiga murojaat yo‘llashni rejalashtirmoqdalar.

Ular Qoraboevning huquqlari ta’minlanishi va ish yuzasidan adolatli tergov o‘tkazilishini so‘ramoqchilar.