O‘zbekiston va mintaqa: Putin nimani kuzatib turibdi? Video

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin.

Surat manbasi, AFP via Getty Images

Surat tagso‘zi, Rossiya hozir ham barcha Markaziy Osiyo davlatlarining eng yirik harbiy va harbiy-texnik hamkori bo‘ladi.
Published
O'qilish vaqti: 12 daq

Rossiya tomoni yangi bayonot bilan chiqdi.

"Tojik-Afg‘on chegarasini mustahkamlash Moskva uchun mintaqaviy mudofaa sohasidagi eng muhim ustuvor vazifalardan biriga aylangani"ni aytdi.

Xabarlarga ko‘ra, bu haqda kecha, 8 sentyabr kuni Rossiya Mudofaa vazirining o‘zi shaxsan bayon qilgan.

Vazir Moskvadagi Tojikiston Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan rasmiy qabulda ishtirok etgan.

Xabarlarga ko‘ra, Andrey Belousov Rossiya va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar yaqin harbiy hamkorlikka asoslanganini aytgan.

Tojikiston Rossiya uchun muhim strategik hamkor bo‘lib qolayotganini ta’kidlagan.

Rossiyaning Tojikistondagi 201-harbiy bazasi tashqi tahdidlarga javob qaytarish uchun yuqori jangovar shay holatda turganini ham bildirgan.

Tojikiston esa shu kunlarda yirik harbiy parad o‘tkazgan.

Skip podcast promotion and continue reading
Bizni WhatsApp da ham kuzating

BBC News O‘zbek kontenti endi Sizning WhatsApp da

A’zo bo‘lish uchun bu erga bosing

End of podcast promotion

Mintaqada bu yaqin yillar ichida hech kim qilmagan ishni qilgan.

O‘ttiz mingga yaqin harbiy ishtirokidagi parad Tojik-Afg‘on chegarasining xavfsizligi chetda jiddiy xavotirlarga sabab bo‘layotgan bir manzarada bo‘lib o‘tgani bilan ham ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga tortgan.

Prezident Emomali Rahmon harbiy paradni, "Tojikiston Qurolli kuchlarining intizomi va jangovar shayligi ramzi", - deb atagan.

Bishkekda ekan, yaqinda - 1 sentyabr kuni Putinning o‘zi chegara masalasini Tojikiston prezidenti bilan gaplashib olgan.

Rossiya prezidenti Shanxay Hamkorlik Tashkilotining o‘tgan oygi sammiti tegrasida Emomali Rahmon bilan yuzma-yuz muloqot qilgan.

Putin "vaziyatdan boxabar ekanliklari"ni bildirgan.

Rossiya bu masala yuzasidan ham Tojikiston tomoni bilan "yaqin hamkorlikda" ekanligini ta’kidlagan.

Rossiya tomonining ayni mazmundagi bayonotlari, yillarki, aynan Tojikistonda chetdagi eng yirik harbiy bazasiga ega bo‘lgan bir holatda yangragan.

Xuddi shu manzarada Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti ham ustma-ust bayonot bilan chiqqan.

Tashkilot Bosh kotibi bu chegarada xavfsizlikni ta’minlash nafaqat Tojikiston, balki tashkilotning barcha a’zolari uchun ham "o‘ta muhim masala" ekanligini aytgan.

ODKB aynan Rossiya shamsiyasi ostidagi xavfsizlik bloki sanaladi.

Rossiya hozir ham barcha Markaziy Osiyo davlatlarining eng yirik harbiy va harbiy-texnik hamkori bo‘ladi.

Rossiya tomoni bor tafsilotlariga to‘xtalmagan esa-da, yaqinda Putin Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan harbiy-texnik hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni qayta ko‘rib chiqishni topshirganiga oid xabarlar ham olingan.

O‘zbekiston va mintaqa: Putin xabardor, Tojikiston norozi, ODKB, AQSh xavotirda – nima gap? Videoni ko‘rish uchun quyida ilova qilingan linkni bosing:

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Vaziyat keskinlashdimi?

Markaziy Osiyo xaritasi.
Surat tagso‘zi, Tolibon boshqaruvi ostidagi Afg‘oniston uch Markaziy Osiyo davlati - O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmanistonga bevosita chegaradosh.

So‘nggi haftalarda Afg‘onistondan Tojikiston havo hududi buzildi.

Chegaraning Afg‘oniston tomonidan ochilgan o‘tdan bir tojikistonlik o‘ldi.

Uy-joylarga ham ziyon yetgani xabar qilindi.

Bu notinchlik endi Tojikistonga yoyilishi mumkin, degan xavotirlarga sabab bo‘ldi.

Rasmiy Dushanbe yuz bergan mazkur hodisa yuzasidan keskin norozilik bildirdi.

Tolibon boshqaruvi ostidagi Afg‘oniston tomoniga rasman nota bilan chiqdi.

Ulardan Tojikiston davlat chegarasi daxlsizligini hurmat qilishni talab qildi.

Yangilik – voqealarning bu kabi "xavotirli" so‘nggi rivoji yaqinda mintaqada sarlavhalarga ham chiqdi.

Tojik-Afg‘on chegarasidagi vaziyatga Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti ham e’tibor qaratdi.

Tashkilot o‘zaro chegara nazoratini kuchaytirish zarurligini aytdi.

ODKB Bosh kotibi chegaragacha bordi. Vaziyatni yaqindan o‘rgandi.

Taalatbek Masadikovning aytishicha, "u yerda nimalar bo‘layotganini ko‘rishgan".

"Tojikistonlik hamkasblari, ya’ni ittifoqchilari qo‘llaridan kelgan barcha ishni qilayotgan bo‘lishsa-da", u buni "etarli emas", deb topgan.

"Rossiya va barcha a’zo davlatlardagi murakkab vaziyatga qaramay, bu masalani imkon qadar tezroq hal etish zarur", - degan fikrdaligini aytgan.

Xuddi shu manzarada AQSh esa o‘z fuqarolariga Tojikiston Badaxshonining Afg‘oniston bilan chegaradosh tumanlariga bormaslikni maslahat bergan.

Nima gap?

Chegaradagi simto‘r (illyustrativ).

Surat manbasi, AFP via Getty Images

Surat tagso‘zi, Mintaqa davlatlari orasidan aynan Tojikiston Afg‘oniston bilan eng uzun chegaraga ega. Bu ikki davlat o‘rtasidagi

Afg‘onistonning mintaqaga chegaradosh Badaxshonida esa so‘nggi oylarda vaziyat jiddiy yomonlashgan.

Viloyatda Tolibonga muxolif qurolli guruhlar qarshiligi kuchaygan.

Ularning soni ham ortgan, yangilari paydo bo‘lgan.

Tolibonning o‘z ichidan ham norozilari bosh ko‘targan.

Viloyat yaqinda ham shiddatli to‘qnashuvlarga sahna bo‘lgan.

Tolibon o‘zining Badaxshondagi qudratli mahalliy qo‘mondoni va uning guruhiga qarshi yirik harbiy amaliyot o‘tkazishgacha borgan.

Toliblarning unga hatto tikucharlargacha jalb etganiga oid xabarlar olingan.

Vaziyat qisqa vaqtning o‘zida hatto chetdagi tahlilchilar e’tiborini tortgan.

Allaqachon buning nimani anglatishi va mintaqa uchun oqibatlari haqida tahlillar ham yozilgan.

Badaxshondagi ahvol bugun ham "mintaqaviy va ham xalqaro miqyosda jiddiyroq e’tiborga molik darajaga yetgan"i aytilgan.

Shunday ekan, Badaxshonda nimalar bo‘lmoqda?

Afg‘onistonning mintaqaga chegaradosh Badaxshonida esa so‘nggi oylarda vaziyat jiddiy yomonlashgan.

Viloyatda Tolibonga muxolif qurolli guruhlar qarshiligi kuchaygan.

Ularning soni ham ortgan, yangilari paydo bo‘lgan.

Tolibonning o‘z ichidan ham norozilari bosh ko‘targan.

Viloyat yaqinda ham shiddatli to‘qnashuvlarga sahna bo‘lgan.

Tolibon o‘zining Badaxshondagi qudratli mahalliy qo‘mondoni va uning guruhiga qarshi yirik harbiy amaliyot o‘tkazishgacha borgan.

Toliblarning unga hatto tikucharlargacha jalb etganiga oid xabarlar olingan.

Vaziyat qisqa vaqtning o‘zida hatto chetdagi tahlilchilar e’tiborini tortgan.

Allaqachon buning nimani anglatishi va mintaqa uchun oqibatlari haqida tahlillar ham yozilgan.

Badaxshondagi ahvol bugun ham "mintaqaviy va ham xalqaro miqyosda jiddiyroq e’tiborga molik darajaga yetgan"i aytilgan.

Shunday ekan, Badaxshonda nimalar bo‘lmoqda?

Vaziyat nega keskinlashdi?

Dovud A’zamiy

Xalqaro ekspert, BBC

Халқаро эксперт Довуд Аъзамий.
screenshot
Afg‘onistondagi Tolibon hukumati Badaxshondagi vaziyatni nazorat qilish – o‘zlari uchun ustivor vazifa ekanini yashirayotgani yo‘q.
Dovud A’zamiy
Xalqaro ekspert, BBC (batafsil: bbc.com/uzbek da).

Dovud A’zamiy: Menimcha, so‘nggi haftalarda Afg‘onistonning Badaxshon viloyatida kuzatilgan qator tartibsizliklar va hujumlar ortida to‘rtta asosiy sabab yotibdi.

Birinchi sabab

Dovud A’zamiy: Badaxshonning strategik joylashuvi muhim.

U Tojikiston, Xitoy va Pokistonga chegaradosh.

So‘nggi oylarda Tolibon hukumati va Pokiston o‘rtasida keskinlik kuchaydi.

Tomonlar bir-birlariga qarshi qator hujumlarni ham amalga oshirishdi.

Shu nuqtai nazardan, Tolibon hukumati Pokistonni ayblab chiqdi.

Qo‘shnisini Pokiston tomonidan chegarani kesib o‘tib, Badaxshonda hujumlar uyushtirishlari uchun qurolli raqiblariga boshpana berish va ularni qo‘llab-quvvatlashda aybladi.

Buni o‘zlariga bosim o‘tkazish strategiyasi doirasida qilingan ish, dedi.

Islomobod esa Tolibon hukumatini Pokiston Tolibon harakatini dastaklayotganlikda ayblaydi.

Biroq Tolibon hukumati ham, Pokiston hukumati ham bu ayblovlarni rad etadi.

Ammo ikki tomon o‘rtasida tanglik saqlanib qolmoqda.

Ayrim guruhlar Tolibon hukumati va Pokiston o‘rtasidagi keskinlik hamda hamkorlik yo‘qligidan foydalanib, Badaxshonda o‘rnashib olishga urinmoqda.

Tolibonga qarshi turli guruhlardan tashqari, IShID ham vaziyatdan foydalanib qolish harakatida.

Guruh Badaxshondagi Tolibon hukumati mulozimlariga qarshi uyushtirilgan ayrim hujumlarga mas’uliyatni ham o‘z zimmasiga oldi.

Ikkinchi sabab

Tolibon hukumatining ayrim siyosatlari aholining muayyan qatlamlari orasida g‘azab va norozilik uyg‘otgan.

Saflarida sobiq afg‘on hukumati vakillari bo‘lgan ba’zi Tolibonga qarshi qurolli guruhlar ana shu noroziliklardan foydalanmoqda va etnik ziddiyatlarni kuchaytirmoqda.

Ular shu yo‘l bilan Tolibon hukumatiga bo‘lgan jamoatchilik qo‘llovini zaiflashtirish ilinjida.

Uchinchi sabab

Badaxshon tabiiy ma’danlarga boy, oltini, yarim qimmatbaho toshlari bor.

So‘nggi yillarda mablag‘ taqchilligiga uchragan Tolibon hukumati konchilikdan tushadigan daromadlar ustidan nazoratni markazlashtirdi.

Buning ortidan, ushbu foydali qazilmalarni qazib olish ishlari jadallashdi.

Tabiiy zaxiralarni nazorat qilish va qazib olish bilan bog‘liq kelishmovchiliklar esa mahalliy aholi orasida ma’lum darajada norozilik uyg‘otdi.

Shuningdek, Tolibon qo‘mondonlari o‘rtasida raqobatni kuchaytirdi.

To‘rtinchi sabab

Badaxshon Afg‘onistonning afyun yetishtiriluvchi viloyati bo‘lib kelgan.

Tolibon hukumati 2022 yilda afyun yetishtirish va uning savdosini taqiqladi.

G‘ayriqonuniy giyohvand moddalarga qo‘yilgan taqiq qat’iy joriy etildi.

Ko‘knori dalalari yo‘q qilindi.

Va bu bir qator ko‘knori yetishtiruvchilar, giyohvand moddalar kontrabandachilari va uyushgan jinoiy guruhlarning g‘azabini keltirdi.

Ular ham Tolibon nazoratining zaiflashuvini o‘z manfaatlariga mos, deb bilishadi.

Chunki bu ularga yanada erkinroq harakat qilish imkonini beradi.

Afg‘oniston Badaxshoni

Afg‘oniston Badaxshoni xaritasi.
Surat tagso‘zi, Afg‘oniston Badaxshoni Markaziy Osiyo, Xitoy va Janubiy Osiyoni bog‘lovchi strategik tog‘li chorraha sifatida muhim ahamiyatga ega.

Afg‘oniston Badaxshonining strategik joylashuvi muhim.

U Markaziy Osiyo, Xitoy va Janubiy Osiyoni bog‘lovchi strategik tog‘li chorraha.

Tojikiston barobarida yana Pokiston va Xitoyga chegaradosh.

Geosiyosiy ahamiyatga ega Vohan yo‘lagi ham aynan Badaxshonda joylashgan.

Ma’danlarga boy. Ko‘plab oltini, qimmatbaho toshlari, alyuminiysi bor.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan ham ahamiyati katta.

Unga chegaradosh davlatlar uchun muhim xavfsizlik chizig‘i vazifasini o‘taydi.

Ochiq manbalarga tayanilsa, aholisining soni bir milliondan ortadi.

Ulardan aksariyatini asosan etnik tojiklar tashkil etishadi.

Tojikiston yaqin-yaqingacha Tolibon hukumati bilan ters yagona mintaqa davlati bo‘lib kelgan.

Avvalboshdan prezidenti Tolibon hukumatini inklyuziv emaslikda keskin tanqid qilgan.

Uni tan olmasliklarini rasman va oshkora bayon qilgan.

Ammo mintaqa davlatlari orasidan aynan Tojikiston Afg‘oniston bilan eng uzun chegaraga ega.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi chegaraning uzunligi 1300 chaqirimdan ortadi.

Tojikiston Afg‘oniston bilan chegarasi Badaxshon orqali o‘tgan yagona Markaziy Osiyo davlati.

Ammo, yillarki, chegarasi mustahkam emaslikda hatto G‘arbda ham xavotirlarga sabab bo‘lib keladi.

2024 yilda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining tojik-afg‘on chegasini mustahkamlashga qaratilgan maqsadli davlatlararo dasturi ham tasdiqlangan.

Tojikistonda Rossiyaning chetdagi eng yirik harbiy bazasi ham joylashgan.

Shu kunlarda olingan rasmiy xabarlarga ko‘ra, Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyatga Rossiya prezidenti ham o‘zining e’tiborini qaratgan.

Putin Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Bishkekdagi so‘nggi sammiti tegrasida Tojikiston prezidenti bilan yuzma-yuz uchrashuvi chog‘ida xavfsizlik masalasiga alohida to‘xtalib o‘tgan.

"Xavfsizlik sohasida, o‘z-o‘zidanki, ish olib borayotganliklari"ni aytgan.

"Qo‘shni Afg‘onistonda yuz berayotgan voqealar yuzasidan xavotirda ekaningizni bilamiz", derkan, Rossiya prezidenti Tojikiston tomoni bilan "ushbu hamda xavfsizlikni ta’minlashga oid boshqa masalalar yuzasidan yaqin aloqada ekanliklari"ni ham ma’lum qilgan.

Boshqa tomondan, aynan Rossiya Afg‘onistonda Tolibon hukumatini rasman tan olgan hozircha yagona davlat bo‘ladi.

Rossiya yaqinda Tolibon boshqaruvi ostidagi Afg‘oniston bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikka oid bitimni ham imzolagan.

Dunyodagi hech kim qilmagan ishni qilib, katta shov-shuv va xavotirlarga ham sabab bo‘lgan.

Антонио Жустоцци.
screenshot
Badaxshonni nazorat qilgan Tolibon Tojik qanotining yo‘qolishi turli kuchlarning o‘z ta’sirini kengaytirishi uchun imkoniyat yaratadi.
Antonio Justotssi
Xalqaro ekspert, London (batafsil: bbc.com/uzbek da).

Oxirgi yillarda aynan Tojikiston Afg‘onistondan eng ko‘p hujumga uchrayotgan, davlat chegarasi buzilayotgan yagona mintaqa davlati bo‘ladi.

Ayrimlariga IShID guruhining Afg‘onistondagi Xuroson qanoti mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan hujumlarda Tojikistonda ishlayotgan xitoyliklar ham halok bo‘lib, yaralangani xabar berilgan.

O‘shanda yangilik xalqaro miqyosda e’tibor tortgan, G‘arbning yetakchi nashrlarida ham sarlavhalarga chiqqan.

Bu kabi shov-shuvli hujumlar manzarasida Xitoy o‘z fuqarolariga Tojikiston-Afg‘oniston chegarasi hududini tark etishni tavsiya qilgan.

Tolibon hukumatidan esa ularni himoya qilishini talab etgan.

Londondan xalqaro ekspert Antonio Justotstsining BBC O‘zbek xizmati bilan suhbatida aytishicha, Badaxshondagi voqealarning bu kabi xavotirli rivoji hozircha "Markaziy Osiyoga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilayotgani yo‘q".

Ammo, unga ko‘ra, "Badaxshonni nazorat qilgan Tolibon Tojik qanotining yo‘qolishi turli kuchlarning o‘z ta’sirini kengaytirishi uchun imkoniyat yaratadi".

"Ularning ayrimlari, hech bo‘lmaganda, kelajakda Tojikiston uchun potentsial xavf tug‘dirishi mumkin."

Suhbatdoshimiz shunday derkan, bunga misol o‘laroq IShIDning Xuroson qanotini tilga oladi.

Unga ko‘ra, mazkur guruh "allaqachon, ya’ni so‘nggi bir necha yil ichida Tolibon ichidagi ziddiyatdan foydalanishga urinmoqda".

"Tolibonning norozi Tojik a’zolarini o‘z tomoniga og‘dirish harakatida".

Tolibon qudratga qaytishi ortidan, ikki Markaziy Osiyo davlati – O‘zbekiston va Tojikiston o‘z mustaqilliklari tarixida ilk bor Afg‘onistondan raketa hujumiga uchrashgan.

O‘shanda bu hujumlarga mas’uliyatni aynan IShIDning Xuroson qanoti o‘zining zimmasiga olib chiqqani xabar berilgan.

Orada ayrim xalqaro ekspertlar xuddi shu Badaxshonni O‘zbekiston Islomiy harakati omon qolgan a’zolari jon saqlab yurgan hudud sifatida ham tilga olishgan.

Harakat o‘z vaqtida harbiy tahlilchilar doirasida chetdagi eng yirik O‘zbek jangari guruhi sifatida ham tilga olingan.

Aksariyat mintaqa davlatlarining rasman tan olishmagan bo‘lsa-da, Afg‘onistondagi Tolibon hukumati bilan munosabatlari yaxshi.

Tolibon hukumati ham o‘zi qudratga qaytgan o‘tgan besh yil davomida "Afg‘onistondan biror bir tahdidga uchramasliklari"ga ishontirib keladi.

Harakat o‘z vaqtida mintaqadagi eng yirik jangari guruh sanalgan.

Yigirma yil davomida AQSh va NATO boshchiligidagi ittifoq kuchlari bilan urushgan.

2020 yilda Vashington bilan imzolagan bitim shartlariga muvofiq, ularning Afg‘onistonni butkul tark etishlariga ham erishgan.

Shunday ekan, Badaxshondagi vaziyatning beqarorlashishi O‘zbekiston, Markaziy Osiyo uchun nimani anglatadi?

Bu mintaqa uchun nima degani?

To‘rt Markaziy Osiyo davlati liderlari.

Surat manbasi, rasmiy

Surat tagso‘zi, Aynan Tojikiston istisno qolgan barcha Markaziy Osiyo davlatlari va hatto rasman neytral maqomda ekaniga qaramay, Turkmaniston ham Afg‘onistondagi Tolibon hukumati bilan yaxshi munosabatda va faol diplomatik aloqada.

Dovud A’zamiy: So‘nggi bir necha oyda Badaxshonda to‘satdan qilinib, tezda chekinish taktikasi qo‘llaniladigan hujumlar amalga oshirildi.

Tolibonning ayrim mulozimlariga suiqasdlar qilindi.

Ularga mas’uliyatni turli kichik qurolli guruhlar o‘z zimmasiga oldi.

Bu guruhlarda Afg‘onistonda bir hududni egallash yoki qaerdadir o‘rnashib olish uchun yetarlicha kuch va resurslar mavjud emas.

Ammo, ayniqsa, chetdan qo‘llov bo‘lganida, bu isyon va hujumlar Tolibon hukumati uchun jiddiy muammoga aylanishi ehtimoli katta.

Lekin joriy paytda toliblarga qarshi guruhlarning faoliyati Tolibonning Badaxshondagi boshqaruviga tahdid solayotgani yo‘q.

Turli Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, Tojikiston Badaxshon viloyatidagi notinchliklarning o‘z xavfsizligiga salbiy ta’siri yuzasidan xavotir bildirdi.

Agar, beqarorliklar davom etsa yoki kengaysa, bundan Pekin ham xavotirga tushadi.

Chunki Badaxshon viloyati Xitoy bilan ham chegaradosh.

Biroq Tolibon hukumati qo‘shni davlatlarni ishontirdi.

Vaziyatni nazorat etishi va biror bir guruhning ular manfaatlari xavfsizligiga tahdid solishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi.

Keyin bunga birgina Tolibon hukumatining o‘zi ko‘p e’tibor qaratib, resurs yo‘naltirayotgani yo‘q.

Mintaqa davlatlari ham Badaxshondagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishadi.

Chegaradagi vaziyat

Tojik-Afg‘on chegarasidagi Tojik chegarachisi.

Surat manbasi, screenshot

Surat tagso‘zi, Tojikiston Afg‘oniston bilan chegarasi Badaxshon orqali o‘tgan yagona Markaziy Osiyo davlati.

Tolibon hukumati vakili orada afg‘on-tojik chegarasida xavfsizlik to‘liq ta’minlanganini aytib chiqqan.

Zabihulloh Mujohiddan iqtiboc keltirilgan xabarlar ODKB ning xavotirlari ortidan bo‘y ko‘rsatgan.

Unga ko‘ra, ikki davlat xavfsizlik kuchlari faoliyatlarini muvofiqlashtirishgan.

O‘zaro chegarani nazorat etishmoqda. Hech qanday shubhali harakat yoki vaziyatni beqarorlashtiruvchi faoliyatga yo‘l qo‘yishmaydi.

Zabihulloh Mujohidga ko‘ra, "Afg‘oniston qo‘shni mamlakatlarga tahdid solmaydi va mintaqada yangrayotgan bayonotlar asosan asossiz."

BBC O‘zbek xizmati xuddi shu xabarlar manzarasida Tojik-Afg‘on chegarasidagi ahvolni bilish uchun Tojikistondan mustaqil jurnalist Iskandar Firuz bilan ham bog‘landi.

Мустақил журналист Искандар Фируз.
facebook
Tojikiston bir necha yildan buyon bu qo‘shni davlatdan ehtimoliy hujumlarga tizimli ravishda tayyorgarlik ko‘rib keladi.
Iskandar Firuz
Mustaqil jurnalist, Tojikiston (batafsil: bbc.com/uzbek da).

Iskandar Firuz: So‘nggi hodisadan keyin bu masala bilan shaxsan mamlakat prezidentining o‘zi shug‘ullandi. U barcha tegishli tuzilmalarga bunday holatlarning takrorlanishiga qarshi jangovar shay holatda turishni buyurdi. Buning uchun esa, bilishimcha, Afg‘oniston, Xitoy va Qirg‘iziston bilan chegaradosh Badaxshon avtonom viloyatining davlat chegarasi hududiga ko‘proq qo‘shin va shunga mos ravishda harbiy texnika kiritilgan. Tojikiston bir necha yildan buyon bu qo‘shni davlatdan ehtimoliy hujumlarga tizimli ravishda tayyorgarlik ko‘rib keladi. Harbiy rahbarlar bilan bo‘lgan suhbatlardan ma’lum bo‘lishicha, hozirda mamlakatdagi aksariyat harbiy qismlar 24 soatlik jangovar shay holatga keltirilgan. Bu, bir tomondan, Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan paradga tayyorgarlik bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tarafdan, Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyatga ham taalluqlidir. Men o‘zaro davlat chegarasi himoyasining qanchalik ko‘ngildagidek ekani xususida aynan Tojik chegarachilarining o‘zlari bilan ham gaplashdim. Ular haqiqatan ham xavfsizlikni ta’minlashmoqda. Tojikiston hukumatining o‘zi ham chegara xavfsizligini ta’minlashdan manfaatdor. Bu, shuningdek, so‘nggi paytlarda ortib borayotgan va ko‘pincha narkokurerlarning o‘limi bilan yakunlanayotgan giyohvand moddalar kontrabandasi bilan ham bog‘liq.

BBC: Chegara xavfsizligini ta’minlashda ODKB nima qilib beradi oladi?

Iskandar Firuz: Bilasizmi, bundan bir necha yil avval men Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining sammiti chog‘ida Qirg‘iziston elchisidan suhbat olganman. O‘shanda undan nega KXShT Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi mojaroga aralashmayotgani haqida ham so‘raganman. U o‘z fikrini odobga zid bir ravishda ifoda etdi. Ya’ni, KXShT umuman foydasiz ekanini aytdi. Hozirgi vaziyatda Ukraina inqirozini hisobga olsak, KXShT tojik-afg‘on chegarasini himoya qilish yoki uni yanada mustahkamlashdan ko‘ra, Ukraina inqirozini hal qilishdan ko‘proq manfaatdor. Menimcha, bu aynan Ukraina inqirozi bilan bog‘liq.

Yangi choralar

ODKB harbiylari va harbiy texnikasi.

Surat manbasi, Anadolu via Getty Images

Surat tagso‘zi, Rossiya shamsiyasi ostidagi Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti Tojikiston ilova olti sobiq Sovet davlatini o‘z ichiga oladi.

Shu kunlarda Tolibon hukumati Badaxshon viloyati hokimi va xavfsizlik kuchlari bosh qo‘mondonini almashtirganiga oid xabarlar olindi.

ODKB Bosh kotibi yana bir bayonot bilan chiqdi.

Unga ko‘ra, Afg‘oniston bilan chegarasini mustahkamlash uchun Tojikistonga ODKB dasturi doirasida qurol va jihozlar shu yil kuzida yetkazib berilishi mumkin.

Masadikov shuningdek, TASS axborot agentligiga Tojikistonni qurol-yarog‘ bilan ta’minlashda asosiy yuk Rossiya zimmasiga tushishi va bu masalada u hal qiluvchi rol o‘ynashini ham aytgan.

Rossiya esa, qariyb besh yildirki, Ukraina bilan urushib keladi.

ODKB rasmiy Dushanbening so‘roviga muvofiq xuddi shu maqsadda bundan avval ham Tojikistonni harbiy texnika bilan ta’minlagan.

Rossiya shamsiyasi ostidagi Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti olti sobiq Sovet davlatini o‘z ichiga oladi.

Ushbu harbiy blokka Rossiya va Tojikistondan tashqari yana Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus va Armaniston kiradi.

O‘zbekiston orada ODKBga a’zoligini rasman to‘xtatgan.

Ammo Qurolli Kuchlari xalqaro reytinglarda mintaqadagi eng jangovarlari sirasiga kiradi.

Bundan tashqari, Afg‘oniston bilan chegarasi qolgan mintaqa davlatlari bilan qiyoslanganda eng qisqasi.

Ayniqsa, so‘nggi yillarda o‘zining Qurolli kuchlarini modernizatsiya qilish, mudofaa salohiyatini kuchaytirish va harbiy hamkorlarini turfalashtirish harakatida bo‘lgan mintaqa davlati.

ODKBga a’zo mamlakatlarni tashqi qurolli tahdidlardan himoya qilish vazifasi yuklatilgan.

Masadikov chegarada xavfsizlikni ta’minlash nafaqat Tojikiston, balki tashkilotning barcha a’zolari uchun ham "o‘ta muhim masala" ekanligini aytgan.

Nega ekani sababini esa bu "o‘zlarining janubiy chegaralari" ekanligi bilan izohlagan.

Afg‘oniston mintaqaning eng ko‘pmillatli davlatlaridan biri bo‘ladi.

Ammo hozir yana Islomiy Amirlik.

Uni Tolibonning yakka o‘zi tomonidan tashkil etilgan hukumat boshqaradi.

Tolibon harakati va Vashington o‘rtasida imzolangan 2020 yilgi Doha bitimi shartlariga muvofiq, hozir Afg‘onistonda biror bir xorijiy askar yo‘q.

AQSh va NATO boshchiligidagi koalitsiya kuchlari 2021 yil avgustida Afg‘onistonni butkul tark etgan.

Ammo uzoq yillik afg‘on mojarosi hali-hanuz o‘zining siyosiy yechimini topmagan.

Tolibon xalqaro hamjamiyatning inklyuziv hukumat tuzish talabini bee’tibor qoldirgan.

Ammo, boshqa tomondan, so‘nggi oylarda Tolibon hukumatining aynan Badaxshon bilan chegaradosh Pokiston bilan o‘zaro munosabatlari keskinlashgan.

Tomonlar o‘rtasida ketma-ket qurolli to‘qnashuvlar, yer va havodan hujumlar kuzatilgan.

Pokiston Tolibonga "ochiq urush" e’lon qilgan va ularni "yakson etish" maqsadini izhor etgan.

Ayrim tahlilchilarga ko‘ra esa, Badaxshon Tolibonning Afg‘onistondagi turli etnik jamoalarni siyosiy kelishuv asosida boshqara olish-olmasligini ko‘rsatuvchi ilk jiddiy sinovga ham aylanishi mumkin.

BBC O‘zbek xizmati suhbatlashgan yana bir xalqaro ekspert Antonio Justotstsi fikricha, "bu Tolibon qabul qiladigan qarorlarga bog‘liq"

"Menimcha, mahalliy toliblarning hamkorligisiz Amirlik Badaxshonni nazorat qila olmaydi", - deydi u.

Shunday ekan, Tolibon Badaxshondagi vaziyatni to‘liq nazorat qila oladimi? Bu ham Afg‘oniston va ham mintaqa uchun qanchalik muhim?

Tolibon nima qiloladi?

Tolibon hukumati vakillari.

Surat manbasi, Anadolu Agency via Getty Images

Surat tagso‘zi, Afg‘oniston hozir yana Islomiy Amirlik. Uni, besh yildirki, Tolibonning yakka o‘zi tomonidan tashkil etilgan hukumat boshqaradi.

Dovud A’zamiy: Badaxshon iqtisodiy, siyosiy va xavfsizlik nuqtai nazaridan muhim.

Afg‘onistondagi Tolibon hukumati Badaxshondagi vaziyatni nazorat qilish – o‘zlari uchun ustivor vazifa ekanini yashirayotgani yo‘q.

Tolibon hukumati viloyatda o‘zining nazoratini mustahkamlash uchun yangi xavfsizlik choralariga qo‘l urdi.

U yerga qo‘shimcha kuch yubordi, ko‘proq nazorat punktlari va patrul guruhlarini tashkil etishga kirishdi.

Shu kunlarda Tolibon hukumati Ichki ishlar vaziri sobiq muovinini Badaxshonga yangi hokim etib tayinladi.

Viloyat xavfsizlik kuchlari Bosh qo‘mondonini ham almashtirdi.

Tolibon hukumati Badaxshonda Xitoy bilan yo‘l qurmoqchi.

Agar, u qurib bitkazilsa, Afg‘oniston ilk bor Xitoy bilan avtomobil yo‘li orqali bog‘lanadi.

Bu ikki davlat o‘rtasidagi savdoni yengillashtiradi va har ikki tomon uchun yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratadi.

Yangi yo‘l, shuningdek, mintaqaviy bog‘liqlikni ham yaxshilaydi.

Markaziy Osiyo va Eronni Xitoy bilan yana bir avtomobil yo‘li orqali bog‘lash imkonini beradi.

Siyosiy jihatdan Badaxshon Tolibon hukumati uchun ramziy ahamiyatga ham ega.

Tolibon o‘nlab yillar davom etgan urush va notinchliklardan so‘ng Afg‘onistonga tinchlik va barqarorlik olib kelgani bilan faxrlanadi.

Agar Badaxshon viloyatidagi vaziyat yomonlashsa, bu Tolibonga qarshi guruhlarga qo‘l keladi.

Tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda Tolibon hukumatining jiddiy muvaffaqiyatsizligi sifatida taqdim etiladi.

Strategik va xavfsizlik nuqtai nazaridan esa Tolibon o‘zini nazorat va kuchga egadek qilib ko‘rsatishni xohlaydi.

O‘tgan yili Pokiston va Tolibon hukumati o‘rtasida keskinlik kuchaydi.

Buning ortidan ayrim pokistonlik sharhlovchilar Pokiston Badaxshonni butunlay egallab olishi kerakligi haqidagi fikrlarni ham ilgari surishdi.

Bir tomondan, bu kabi gap-so‘zlar vahima uyg‘otdi.

Ammo, boshqa tarafdan, oddiy afg‘on aholisining g‘azabini keltirdi.

Tolibon hukumatining hushyorlikni oshirishga bo‘lgan qat’iyatini kuchaytirdi.

Demak, Badaxshon viloyatidagi vaziyat mahalliy yoki milliy masala emas.

U turli tomonlar va omillarni qamrab oluvchi mintaqaviy hamda xalqaro miqyosdagi ahamiyatga ega mavzu, masaladir.