Yozda erkaklar urug‘i tezlashadi: bu bola qilish uchun eng qulay paytmi?

Surat manbasi, GettyImages
Yozning qoq o‘rtasida erkaklar urug‘i harakati tezlashadi. Ammo bu amalda nimani anglatadi?
Buyuk Britaniya, Kanada va Daniya olimlari jinsiy faol yoshdagi minglab erkaklarning urug‘ini tekshirishgan.
Xususan, 18-45 yosh oralig‘idagi 15581 nafar erkakning urug‘i tahlil qilingan.
Tadqiqotlar urug‘ning suzuvchanligi aynan iyun va iyul oylarida juda kuchli bo‘lishini ko‘rsatgan.
Mavsumga qarab urug‘ning suzish qobiliyati oshishi yoki pasayishi - bepushtlikni davolash yo‘lida muhim qadam bo‘lishi mumkin.
Ya’ni shifokorlar shunga mos tarzda bepushtlikni tekshirish va davolashni mo‘ljallashadi.
Shu asno farzand ko‘rish istagidagi oilalarga kerakli maslahatlar berilib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatiladi.
Ayni tadqiqot xulosalari Reproductive Biology and Endocrinology jurnalida chop etilgan.
BBC News O‘zbek kontenti endi Sizning WhatsApp da
A’zo bo‘lish uchun bu erga bosing
End of podcast promotion
Unda erkak urug‘i suzuvchanligi darajasi turli iqlimlarda bir xil qolishi, ammo yil fasllariga qarab o‘zgarishi ta’kidlangan.
Masalan, dekabr va yanvar oylarida erkaklar urug‘i suzuvchanligi juda sust bo‘ladi.
Hatto iqlimi qishin-yozin issiq bo‘ladigan Floridada ham shunday natija qayd etilgan.
Lekin urug‘ zichligi va hajmi o‘zgarmagan. Ya’ni urug‘ miqdori yo zichligi o‘zgarmaydi va fasllarga bog‘liq bo‘lmaydi.
Ayni paytda, urug‘ning samarali harakatlanish qobiliyati fasllarga qarab o‘zgaradi.
Har qanday faslda ham bir xil sonda urug‘ chiqariladi, lekin ularning harakati yozda tez, qishda sust kechadi.
Ushbu ilmiy tadqiqot erkaklarning ota bo‘lish imkonlari fasllarga qarab turlicha bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Umumiy hisobda olganda, erkak urug‘i saqlanadigan moyaklarning eng yuqori harorati inson tanasining o‘rtacha harorati bo‘lgan 37 darajadan ikki-to‘rt daraja past bo‘lishi kerak.
Bundan yuqori yo past bo‘lgan har qanday harorat urug‘ning harakatiga salbiy ta’sir etishi mumkin.
Erkak urug‘i suzuvchanligi esa homila hosil bo‘lishi uchun muhim.
Spermatozoid sifatini baholaganda, fasllarni ham nazarda tutish muhim.
End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:
"Bir-biridan mutlaqo farqli ikki iqlimda ham fasllarga qarab o‘zgarish juda o‘xshash kechishi bizni hayratga soldi", deydi tadqiqotni olib borgan olimlardan biri, Manchester universiteti professori Allan Peysi.
"Hatto havo harorati iliq bo‘ladigan Floridada ham urug‘ suzuvchanligi yozda kuchayadi va qishda susayadi. Ya’ni bu o‘zgarishlarni atrof-muhit havo harorati bilan izohlash yetarli bo‘lmasligi mumkin".
"Bizning tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, spermatozoid sifatini baholaganda, fasllarni ham nazarda tutish muhim", deydi professor Peysi, "Ya’ni hatto issiq iqlimlarda ham urug‘lar suzuvchanligi fasllarga bog‘liq bo‘ladi".
"Ushbu xulosalar erkaklar salomatligi haqidagi tushunchalarimizni boyitadi va bola ko‘rish imkonlarini oshirishda yordam berishi mumkin".
BBC muxbiri Jo Makfadden maqolasi asosida tayyorlandi.





























