Dunyo Muhammad Ali bilan vidolashmoqda

Сурат манбаси, Reuters
AQShning Kentukki shtati Luisvill shahri - afsonaviy boks qiroli Muhammad Alining vatanida uni dafn qilish marosimlari boshlangan. Muhammad Ali bilan vidolashuv ikki kun davom etadi.
Avvaliga islom dini an‘analari bo‘yicha marosim o‘tkazilgan.
Muhammad Ali o‘zining dafn marosimini o‘tkazishni shaxsan ishlab chiqqan edi, deb aytgan uning oilasi vakili.
Marosim o‘tishiga bosh-qosh bo‘lgan imom Zaid Shokirning tushuntirishicha, Muhammad Ali musulmoncha dafn "ma‘rifiy voqea" bo‘lishini istagan.

Сурат манбаси, Getty
Muhammad Ali o‘tgan juma 74 yoshida olamdan o‘tdi.
Ochiq vidolashuv marosimi uchun 14 mingdan ortiq bepul chiptalar bir soatdan kamroq vaqt ichida tarqatib bo‘lingan.

Сурат манбаси, Getty
Dafn marosimi uchun Alining 1961 yilda Luisvilldagi oxirgi jangi o‘tgan KFC Yum arenasi tanlangan.
O‘zining shon-shuhratli karerasi davomida Ali ko‘plab mamlakatlarda bo‘lgan va dunyodagi eng mashhur musulmonlardan biriga aylangan.
Muhammad Ali O‘zbekistonga ham tashrif buyurgan, Toshkent, Samarqand kabi shaharlarda bo‘lganini o‘zbekistonliklar faxr bilan tilga oladilar.

Сурат манбаси, Getty
Muhammad Ali o‘zining e‘tiqodi va printsiplari uchun bor shuhrati, boyligini qurbon qilishga tayyor edi" deb aytgan imom Shokir marhumning tobuti yonida janoza namozini o‘qib bo‘lgach.
"Islomofobiya hukm surgan siyosiy muhitda bu dafn marosimi bir vaqtning o‘zida yaxshi musulmon va yaxshi amerikalik bo‘lish mumkin emas, degan g‘oyaga javob amali bo‘ladi, deb aytgan Amerika-Islom munosabatlari kengashidan Dovud Valid.
Dafn marosimida ko‘plab mamlakat rahbarlari, jumladan AQSh sobiq prezidenti Bill Klinton va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on ishtirok etishadi. Ilgari qatnashishi aytilgan Prezident Barak Obama katta qizining bitirish marosimida ishtirok etishi sababli Muhammad Ali bilan vidolashuvga kelmaydi.

Сурат манбаси, Thinkstock
Dafn marosimida so‘zga chiqqan islom ulamosi, doktor Sherman Jekson shunday degan: "Ali inson ham musulmon ham amerikalik bo‘lishi mumkinmi, degan savolni yopdi. U bu savolni nokaut qildi".
- BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02
- TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek
- Instagram - BBC UZBEK
- Twitter - BBC UZBEK
- Odnoklassniki - BBC UZBEK
- Facebook - BBC UZBEK
- Google+ - BBC UZBEK
- YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
- Skype - uzbekbbclondon
- bbcuzbek.comga to‘siq bo‘lsa, uzbekweb.netga kiring




























