Turkmaniston ham o‘z eshiklarini, ham "Do‘zax darvozasi"ni ochadimi?

Surat manbasi, AFP (videodan skrinshot)
Turkmaniston, Shimoliy Koreya yo Eritreyani birlashtiradigan jihatlardan biri – bu davlatlarning o‘ta yopiqligi. Ularning hech biri sayyohlik bilan nom qozonmagan.
Biroq, ayni shu yopiqlik ham ushbu mamlakatlarni yanada sirli ko‘rsatib, ularga bo‘lgan qiziqishlarni orttirishi mumkin.
Asadlar oilasi boshqaruvidagi Suriya, Saddam nazoratidagi Iroq yoki Karimov davridagi O‘zbekiston ham chet elliklar kam boradigan, nafaqat qo‘rqinchli, balki sirli tuyuladigan davlatlar edi.
"Men bu yerga kelib, Turkmaniston qanday joy ekanligini bilishni juda ham istadim" – deydi Amerikalik sayyoh Nik Frey - "Uning sirli jihati nimada ekanligini ko‘rmoqchi bo‘ldim".
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post
Turkmanlar o‘ziga xos ekanligiga, o‘z go‘zalliklariga egaligiga ishonardim" – deydi Ashxobodga kelgan AQShlik shifokor – "Va buni o‘z ko‘zim bilan ko‘rishni istadim".
Markaziy Osiyoning eng yopiq mamlakati sekin-asta sayyohlarga ochilish yo‘lini tanlagandek. Turistlarga ochilish esa qaysidir ma’noda dunyoga ochilishni ham anglatadi.
Nik Frey bugun Ashxoboddagi yagona sayyoh emas.
"Turkmanistonda to‘qqiz kun bo‘ldim va hali ko‘p narsani ko‘rishga ulgurmadim" – deydi Germaniydan jelgan Liza Zorn - "Bu yurtda ko‘radigan joylar ko‘p va mamlakat juda-juda go‘zal. Odamlar juda yaxshi".
Germaniyalik sayyoh o‘tovda qolganini, uni milliy taomlar bilan mehmon qilishganini alohida urg‘ulaydi.
Kimlar kelmoqda?

Surat manbasi, AFP (videodan skrinshot)
Turkmaniston mustaqil bo‘lishi ortidan dunyodagi aksar mamlakat bilan viza tizimini yo‘lga qo‘ygan.
Hatto shundoq chegaradosh va tarixiy jihatdan doimo yaqin va chegara hududlaridagi fuqarolari orasida qarindoshlik rishtalari kuchli bo‘lgan O‘zbekiston bilan ham kirdi-chiqdi cheklangan va viza tizimi amal qiladi.
Mamlakat fuqarolarining chetga chiqishlari ham oson emas.
O‘tgan 2022 yilda esa Turkmaniston Turkiyaga murojaat qilib, o‘z fuqarolari uchun vizasiz tizimni bekor qilib, viza joriy etishni so‘ragan.
Xuddi shunday mamlakatga keladigan chet elliklar ham viza berishdan oldin qattiq tekshirilishi aytilardi.
Men bu yerga kelib, Turkmaniston qanday joy ekanligini bilishni istadim. Uning sirli jihati nimada ekanini ko‘rmoqchi bo‘ldim.
Viza talabi bekor bo‘lmagan esa-da, sayyohlik shirkatlari ning bildirishicha, hozir kelayotgan xorijliklarning viza so‘rovini rad etish bir qadar kamaygan.
Bugunda Turkmanistonda sayyohlik sohasida ishlayotgan chet elliklar ham bor. Amerikalik Effi Frank mahalliy ekskursiyachi gid sifatida ishlaydi.
"Hozir Yevropaning deyarli barcha davlatlaridan, Buyuk Britaniya, AQSh, Avstraliyda, Yangi Zelandiya, Singapur, Hindiston, Urugvay va Argentinadan odamlar bor" - deydi Effi Frank.
"Hozir Turkmanistonga kelish biroz osonlashdi, oxirgi bir-ikki yilda biron taklifnoma talabimiz rad etilmadi".
Qadimiy va zamonaviy obidalar

Surat manbasi, AFP (videodan skrinshot)
Turkmanistonning o‘tmishi ham aslida buguni kabi sirli va boy.
Turkman gilamlari, kumush taqinchoqlari mintaqada mashhur, otlari esa dunyodagi eng qadimiy va go‘zallaridan sanaladi.
Turkmanistonda tarixiy inshootlar Marv va Ko‘hna Urganch kabi shaharlarda yaxshi saqlangan.
Shu qatorda Niso kabi o‘ta qadimiy shaharlar qoldiqlari bor.
Biroq mamlakatdagi qator zamonaviy bino va qurilmalar ham chet elliklarni rom etishi mumkin.
Xorijliklar Ashxobodni gohida oppoq tortga o‘xshatishsa, ba’zan oq marmar qoplamali shahar, deb atashadi.
End of Markaziy Osiyoga oid maqolalar:
To‘g‘ri, mamlakatning birinchi prezidenti Saparmurat Turkmanboshi o‘ziga o‘rnatgan aylanuvchi haykal endi yo‘q.
Ammo Olabay itiga o‘rnatilgan ulkan haykal ham ko‘plarni hayratga solishi mumkin.
Turkmanistonda jahannam yo do‘zax darvozasi, deb nom qozongan va doimo gaz yonib turadigan ulkar krater ham ko‘plab chet elliklarni o‘ziga rom etadi.
Ammo bir necha yil oldin mamlakat rahbariyati Qoraqumdagi olovni o‘chirishni buyurgandi.
Bugunda mamlakatga sayyohlarni jalb etish sa’y-harakatlari jonlanarkan, Do‘zax darvozasini yopmasdan, uni sayyohlar uchun ochishadimi degan savol o‘rtaga chiqishi mumkin.
Biroq bu boradagi so‘nggi uzil-kesil qaror aniq emas.
Do‘zax darvozasi
Markaziy Osiyoda o‘z hududi kattaligi bo‘yicha ikkinchi bo‘lgan Turkmaniston mintaqadagi eng aholisi kam mamlakat hamdir.
Tubi gazga boy Qoraqum sahrosi ustida joylashgan bu yurtda tabiiy mo‘jizalar ham bor. Bulardan eng mashhuri - Do‘zax darvozasi.
Sahro qa’ridan olov purkab turadigan ulkan choh ko‘plab xorijliklarni o‘ziga rom etadi.
Biroq bir necha yil oldin Ashxobod bu gaz krateri olovini o‘chirishini bildirgandi.
Bugunda mamlakatga sayyohlarni jalb etish sa’y-harakatlari jonlanarkan, Do‘zax darvozasini yopmasdan, uni sayyohlar uchun ochishadimi, degan savol o‘rtaga chiqishi mumkin.
Biroq bu boradagi so‘nggi uzil-kesil qaror aniq emas.
End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Mamlakat gaz zaxiralari bo‘yicha dunyodagi ilk beshlikka kiradi.
Turkmaniston Kaspiy bo‘yida yirik sayyohlik majmualari barpo etgan, Ashxobodda ulkan havo qo‘nalg‘asi qurgan. Lekin sayyohlarni chorlash yo‘lida boshqa biron yirik qadamlar qo‘ymagan.
Hatto qo‘shni O‘zbekistonning yaqinlashish umididagi tinimsiz sa’y-harakatlariga qaramay, o‘rtada hamon viza tizimi mavjud.
Hozirgi voqelik ham Turkmaniston sekin-asta ochilmoqdami, degan umidli savolni o‘rtaga qo‘yadi, xolos.
Va bu savolga halicha aniq javob berish imkonsiz.





























