Prezident maqtagan tadbirkor nega Interpol qidiruviga berildi? U bilan Londonda suhbat - video

Mo‘’minjon Yo‘ldoshev o‘ziga qarshi tergovlar noqonuniy olib borilayotganini aytadi.
Surat tagso‘zi, Mo‘’minjon Yo‘ldoshev o‘ziga qarshi tergovlar noqonuniy olib borilayotganini aytadi.
Published
O'qilish vaqti: 2 daq

Farg‘onalik tadbirkor va viloyat kengashi deputati Mo‘’minjon Yo‘ldoshev Londonda Buyuk Britaniya hukumatidan siyosiy boshpana so‘radi. Bunga, uning Bi-bi-siga aytishicha, O‘zbekistonda uning o‘zi va unga aloqador deb ko‘rilgan kompaniyalarga qilinayotgan ta’qiblar sabab bo‘ldi.

Yo‘ldoshev O‘zbekistonda Jinoyat kodeksining 163-moddasi 3 qismi, ya’ni o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilishda ayblanib, Interpol qidiruviga berilgan.

Tadbirkor qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik sohasidagi faoliyati uchun bir necha bor Prezident Shavkat Mirziyoyevning olqishlariga sazovor bo‘lgan.

2023 yil martida prezident Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi aks etgan videoda u qishloq xo‘jaligi mutasaddilari bilan uchrashar ekan, unda Yo‘ldoshevni alohida maqtab "boshqalar ham qani endi bizda ham bitta Mo‘’min bo‘lsa deyishyapti ekan", deganini ko‘rish mumkin.

Quyida to‘liq lavhani tomosha qiling:

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

"Hurmatli prezident, men necha yildan beri vatanimga xizmat qilib yuribman. O‘zimni shaxsan prezident komandasidaman deb bilib, O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishiga o‘z hissamni qo‘shib kelyapman. Ming afsus bo‘lsin, bugun Britaniyadan murojaat qilishga majbur bo‘lyapman. May oyidan beri ta’qiblar, har xil bosimlar... Bu oldindan ham bo‘lib kelayotgandi, lekin oxirgi vaqt juda kuchayib ketdi", - deydi u Bi-bi-si orqali prezidentga qilgan murojaatida.

Uning aytishicha, unga qarshi tergov ochish topshirig‘i O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasidan kelgan. Bi-bi-si bu da’voga munosabatini bilish uchun Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning elektron pochtasiga xat yo‘lladi, ammo hozircha javob olmadi.

Yo‘ldoshevning da’vo qilishicha, unga tergovchilar ikki yil avval Komil Allamjonovning hayotiga suiqasd harakatiga bog‘liqlikda lavozimidan olingan DXX raisi Aziz Abdusalomov va DXX Ichki xavfsizlik xizmati boshlig‘i Alijon Ashurovlarga qarshi ko‘rsatma berishni taklif qilganlar.

Alijon Ashurov bugunda quvg‘inda bo‘lgan tadbirkor Mo‘’minjon Yo‘ldoshevning qudasidir. Ashurov joriy yilning may oyida hibsga olingandi.

"Men DXXda ishlamaganman, qudam ishlagan. Qudamni 9 may kuni qamashyapti, 10 may kuni mening uyimga kelib tintuv o‘tkazishmayapti", - deydi Yo‘ldoshev.

Yo'ldoshev
BBC
Mening mol-mulkimni musodara qilishmoqchidir, nimalarnidir tortib olishmoqchidir - men bilmayman ularning maqsadini.
Mo'minjon Yo'ldoshev
Quvg'undagi tadbirkor (bbc.com/uzbek)
Skip podcast promotion and continue reading
BBC News O'zbek Obuna bo'ling!
Bizni WhatsApp da ham kuzating

BBC News O‘zbek kontenti endi Sizning WhatsApp da

A’zo bo‘lish uchun bu erga bosing

End of podcast promotion

Unga ko‘ra, Bosh prokuraturaning Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tergovchilari Yo‘ldoshevga aloqador deb ko‘rilgan boshqa kompaniyaning direktorining qurilish maydonidan olib ketib, unga qarshi ko‘rsatma berishga majburlagan.

Bi-bi-si bu da’volar bo‘yicha Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovga Telegram orqali bog‘landi. U xatni ko‘rdi, lekin javob bermadi.

"Mening mol-mulkimni musodara qilishmoqchidir, nimalarnidir tortib olishmoqchidir – men bilmayman bularning haqiqiy maqsadini", - deydi tadbirkor.

Ayni damda, u o‘tmishda egalik qilganini aytayotgan "Bahodir Log‘on Tekstil" klasteri xodimlari ham ishsiz qolayotganlarini aytib, prezidentga murojaat qilishdi.

Unda qator ayollar bu klaster kompaniyalaridagi ishlaridan ayrilsalar, boshqa ish topish imkonsiz ekanini aytishadi.

"Mendan jinoyatchi yasab, Interpolga berib, qiziliga qo‘yib qo‘yishibdi. Eng xavfli jinoyatchilar ro‘yxatiga. Men shuncha ish joylarini yaratib, men dushmanmanmi endi?"

Suhbatni to‘liq BBC Uzbek YouTube kanalida ko‘ring.