Sun’iy intellekt insoniyat boshiga balo bo‘lish ehtimoli aslida qanchalik?

SI robotlar

Surat manbasi, GettyImages

Published
O'qilish vaqti: 4 daq

Sun’iy intellekt rivojlanishi odamlarda kelajakdan qo‘rquv hissini ham kuchaytirmoqda. So‘rovlarga muvofiq, insoniyatning yarmidan ko‘pi nazdida SI qo‘rqinchli.

Shu o‘rinda ayni xavotirlar nimaga tayanadi, degan savol o‘rtaga chiqadi.

SI bilan bog‘liq holda Anthropic va OpenAI bilan kechgan holatlar xavfsizlik masalasini oldinga qatorga olib qo‘yadi.

Tahlilchilarga ko‘ra, sun’iy intellektdan nazoratsiz foydalanishning vayronagarchilikka eltuvchi xususiyatlari asosiy tahdidlardan biridir.

Ayni ehtimol har qanday holda ham 10% atrofida, deb ko‘riladi.

Ammo agar hech narsani cheklamasdan, boshqarmasdan davom etilsa, SI oxirzamoni ehtimoli 20% atrofida bo‘lishi aytilmoqda.

Bunday xulosalar esa SI bo‘yicha maxsus ekspertlar bilan o‘tkazilgan so‘rov asosida ishlab chiqilgan.

So‘rovni dunyodagi eng yetakchi texnika oliy o‘quv yurtlaridan sanaladigan Massachusets Texnologiya instituti olib borgan.

Qo‘rquvlar ro‘yxati

Tadqiqotchilar 24 xil ehtimoliy holat ro‘yxatini tuzishgan va ushbu hollarning har biri 2030 yilga qadar qanchalik "halokatli" tarzda rivojlanishi mumkinligini aniqlaganlar.

Halokatli oqibat deganda, masalan, 1 milliondan ko‘proq odamning halok bo‘lishi yoki 100 milliard dollardan ortiq iqtisodiy zarar yetishi ko‘zda tutiladi.

Shuningdek, demokratik me’yorlarning qulashi yoki shaxsiy hayot huquqining barbod bo‘lishi ehtimollari ham bor.

Eng katta qo‘rquvlardan biri bo‘lmish ommaviy ishsizlik esa SI zararlari ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda keladi.

Odamlar va shafaq
GettyImages
Ekspertlarning qo‘rqishicha, eng xavflisi - nazoratdan chiqib ketgan sun’iy intellektdir. Bunday holatda SI mustaqil tarzda insoniyatga katta zarar etkazishi mumkin.
BBC
Maqoladan iqtibos

Ekspertlarning qo‘rqishicha, eng xavflisi - nazoratdan chiqib ketgan sun’iy intellektdir.

Bunday holatda SI mustaqil tarzda insoniyatga katta zarar yetkazishi mumkin.

Deylik, texnik muammolar sababli, yovuz niyatli odamlar harakati oqibatida yoki SI maqsadi odamzodning manfaatlariga mos kelmay qolgan holatlarda bu yuz berishi mumkin, deyilmoqda.

Aynan qanday zarar? Bu o‘rinda, masalan, aldov, qurol-aslaha yaratish, odamlarni manipulyatsiya qilish, siyosatga aralashish, kiberhujumlar va yoki anchayin mukammal SI tizimini yaratish sanab o‘tilgan.

Hatto, o‘zining qanday ishlashini va ko‘payishi mumkinligini anglash ham qayd etiladi.

Skip Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating: and continue readingBizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:

Keyingi xavflar ham birinchisiga bog‘liq.

Xususan, SI yordamida qurol-yarog‘ yaratish bo‘lib, bu ham kiberhujum uchun, ham odamlarni ommaviy qirg‘in qilish maqsadida yaratiladigan qurollarni nazarda tutadi.

Shu qatorda, "SI hokimiyat vertikali" ham xavf sifatida ko‘riladi.

Bular - zaxiralarning o‘ta kam sonli odamlar qo‘lida to‘planishi va ularning eng ilg‘or texnologiyalarni ishlata olish imkoniyati hamda ijtimoiy va iqtisodiy tengsizlikning kuchayishi, deyilayotir.

SI jilovi kimning qo‘lida?

SI va odamlar kollaji.

Surat manbasi, GettyImages

Masalan, Stanford AI Index o‘tkazgan so‘nggi global so‘rovga binoan, sun’iy intellektni "xavotirli" deb biluvchilar ulushi 2022 yilda 39 foiz bo‘lsa, 2025 yilga kelib 52 foizga ko‘tarilgan.

Shu bilan birga, SI rivojlanishidan qo‘rqmasdan, aksincha undan ruhlanganlar ulushi deyarli o‘zgarmasdan, 53–54 foiz darajasida qolgan.

Biroq, tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, jamoatchilik orasida ortib borayotgan bu xavotir sun’iy intellektga nisbatan hech qanday cheklovlar joriy etilishiga olib kelmayapti.

Buning sababi nimada? Qaror qabul qilish vakolatiga ega shaxslar sun’iy intellekt rivojlanishidan manfaatdor va jarayonni nazorat qiluvchilardir.

Holbuki, hayoti ushbu texnologiya tufayli eng ko‘p xavf ostida qolishi mumkin bo‘lgan insonlarning bu jarayonni o‘zgaritirsh uchun biron kuchga ega emaslar.

"Zaiflik va javobgarlik o‘rtasidagi bunday tafovut yangilik emas. Masalan, aviatsiya halokatlari, sanoatdagi ofatlar yoki sifatsiz dori vositalari oqibatlaridan oddiy odamlar jabr ko‘rishadi, bularning oldini olish uchun esa ishlab chiqaruvchilar va tartibga soluvchi idoralar mas’uldir" - deb yozishadi tahlilchilar.

"Biroq, bu sohalar qat’iy andazalar, nazorat mexanizmlari va huquqiy javobgarlik tizimlari asosida faoliyat yuritadi" - davom etishadi ular.

"Sun’iy intellekt sohasida esa shunga o‘xshash mexanizmlar yo endi shakllanish bosqichida, yo umuman mavjud emas. Natijada, eng zaif guruhlar amalda himoyasiz qolmoqda, ularning xavfsizligi uchun mas’ul bo‘lganlarda esa xavflarni kamaytirish uchun yetarli istak-iroda etishmaydi".

Qayerda ishlash kerak?

Ofitsiantlar

Surat manbasi, EPA

Skip podcast promotion and continue reading
Bizni WhatsApp da ham kuzating

BBC News O‘zbek kontenti endi Sizning WhatsApp da

A’zo bo‘lish uchun bu erga bosing

End of podcast promotion

Ekspertlar iqtisodiyotning 14 tarmog‘ida yigirma to‘rt xil aniq xavfga nisbatan zaiflik darajasini baholashgan.

Eng yomon ko‘rsatkichlar axborot texnologiyalari va milliy xavfsizlik sohalarida qayd etilgan.

Axborot sohasi dezinformatsiya, jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilish va shaxsiy hayot daxlsizligini buzish kabi tahdidlarga yuz tutishi mumkin.

Milliy xavfsizlik tizimi esa kiberhujumlar va qurollanishning yangi turlari qarshisida qoladi.

Moliya sohasi ham shunga o‘xshash holatga yaqin.

Bu jabhada, bir tomondan, sun’iy intellekt firibgarlik va bozor manipulyatsiyasiga qarshi kurashishni qiyinlashtirsa, ikkinchi tarafdan, uning barcha darajalarda keng joriy etilishi tizimdagi nosozliklarning ehtimoliy oqibatlarini kuchaytiradi.

Ammo sun’iy intellekt barcha sohalarga bir xilda xavf solmaydi.

Xavf-xatar tahlilining ko‘rsatishicha, sun’iy intellekt hali SI kam ishlatiladigan sohalarga katta zarar yetkaza olmaydi.

Masalan, mehmonxona va restoran bizneslari, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish hamda madaniyat va ko‘ngilochar sohalar hozircha SI xavfidan anchayin himoyalangan, deb ko‘riladi.