"Tushdim, sakrab tushdim tilla tobutdan!.."

Muhammad Solih 1949 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan.Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi Milliy Universitet)ning jurnalistika fakultetini, Moskvadagi Oliy Adabiyot kursini tugatgan.
Afu et meni
Taqlid qilolmadim, kechir, Vatanim-
Tosh kabi bardoshli bo‘lolmadim hech.
Sapchib turgan esam, aybsitma meni,
Afu et, axir, men o‘lolmadim hech.
Kechir, sapchib turdim og‘ir uyatdan –
Tarixidan judo bo‘lgan xalq kabi
Kelajagi qaro insoniyatday –
Eng so‘nggi lahzada turdim men qalqib!
Turdim, sapchib turdim, o‘zimga keldim,
Shakkok farzandingni afu et, vatan –
Go‘zal kafanlarni egnimdan yuldim,
Tushdim, sakrab tushdim tilla tobutdan!..
1985
BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.
TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - bbcuzbekradio





























