Qozog‘iston postsovet osmonida barchani ortda qoldirmoqchimi? Video

Postsovet davlatlari liderlari.
Surat tagso‘zi, Qozog‘iston mintaqaning eng yirik iqtisodi bo‘ladi. Tabiiy energiya zaxiralari, ayniqsa, neftga boy.
Published
O'qilish vaqti: 3 daq

Mintaqadan shov-shuvli xabarlar olindi. Qozog‘iston nima qilayapti?

Bunaqasi bo‘lmagan

Qozog‘istonning uchar taksisi.
Surat tagso‘zi, Aytilishicha, Qozog‘iston butun postsovet hududida hech kim qilmagan ishni qilmoqchi.

Qozog‘iston ilk bor uchar taksilarini yo‘lovchisi bilan birga sinab ko‘rdi.

Butun mintaqada birinchi bo‘lib bu ishga qo‘l urdi.

Uchar taksining ilk yo‘lovchisi Qozog‘iston Naqliyot vazirining shaxsan o‘zi bo‘ldi.

Nurlan Sauranbaev uchar taksiga chiqib, unda uchib ko‘rdi.

Imkonli bo‘lgan videotasvirlardan vazir parvozdan mamnun qolgandek ko‘rindi.

Bu haqda tayyorlangan videomizni ko‘rish uchun quyida ilova qilingan linkni bosing:

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Olamshumul qadam

Қозоғистон президентининг маслаҳатчиси.
screenshot
Qozog‘iston bunday uchish vositalari uchun bir platforma - maydonga aylandi. Ushbu poydevor asosida ilg‘or texnologiyalar faol rivojlantirilmoqda.
Quanishbek Yesekeyev
Qozog‘iston prezidentining maslahatchisi (batafsil: bbc.com/uzbek da).

Qozog‘istonning uchar taksilari dastlab shu yilning may oyida ommaga namoyish etilgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qozog‘iston butun postsovet hududida hech kim qilmagan ishni qilmoqchi.

Uchar taksilar tarmog‘ini yaratib, bu turdagi naqliyotni muntazam yo‘nalishlarda joriy etmoqchi.

"Qozog‘iston bunday uchish vositalari uchun bir platforma - maydonga aylandi. Ushbu poydevor asosida ilg‘or texnologiyalar faol rivojlantirilmoqda", - deb aytgan Qozog‘iston prezidentining maslahatchisi Quanishbek Yesekeev.

Yangi uchar taksilar

Qozog‘istonning uchar taksisi.
Surat tagso‘zi, Rasmiylarga ko‘ra, uchar taksilar uchun maxsus vertiportlar ham tashkil etiladi.

Xabarlarga ko‘ra, bu uchar taksilar o‘zini o‘zi boshqaradi.

An’anaviy yonilg‘i emas, elektr quvvati yordamida harakatlanadi.

Ikki o‘rinli, yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan.

Aytilishicha, bu turdagi taksi 35 kilometrgacha ucha oladi.

Tezligi esa soatiga 130 chaqirimga yetishi mumkin.

Xuddi oddiy taksi xizmatidek mobil ilova yordamida ishlaydi.

Rasmiylarga ko‘ra, uchar taksilar uchun maxsus vertiportlar ham tashkil etiladi.

Ularni Olma-ota hamda Qozog‘iston yaratish harakatida bo‘lgan raqamli va smart shahar - Alatauda barpo etish ko‘zda tutilayotir.

Alatau Advance Air Group лойиҳаси раҳбари Данияр Утеулин.
screenshot
Biz Alatauda to‘rtta vertiport barpo etishni rejalashtirmoqdamiz. Shuningdek, Olma-otada vertiport tashkil etish bo‘yicha shahar xalqaro aeroporti bilan muzokaralar olib boryapmiz.
Daniyar Uteulin
Alatau Advance Air Group loyihasi rahbari (batafsil: bbc.com/uzbek da).
Skip podcast promotion and continue reading
BBC News O'zbek Obuna bo'ling!
Bizni WhatsApp da ham kuzating

BBC News O‘zbek kontenti endi Sizning WhatsApp da

A’zo bo‘lish uchun bu erga bosing

End of podcast promotion

"Jahon tajribasi ushbu turdagi transportni rivojlantirishning ikkita asosiy yo‘nalishini ko‘rsatmoqda. Birinchisi — aeroportlar o‘rtasida hamda shahar hududida, turli tumanlar o‘rtasida qatnovni yo‘lga qo‘yishdir. Biz Alatauda to‘rtta vertiport barpo etishni rejalashtirmoqdamiz. Shuningdek, Olma-ota shahrida vertiport tashkil etish bo‘yicha Olma-ota xalqaro aeroporti bilan muzokaralar olib boryapmiz", - deydi Alatau Advance Air Group loyihasi rahbari Daniyar Uteulin.

Xabarlarga ko‘ra, yo‘lovchilar jo‘nash va yetib borish manzillarini o‘zlari tanlashadi.

Parvozlar esa yo‘lovchilar uchun zarur sharoitlar va quvvatlash infratuzilmasi bilan jihozlangan maxsus vertiportlardan amalga oshiriladi.

Ammo, aytilishicha, dastlabki yo‘nalishlar sayyohlik va ko‘rgazmaviy parvozlarni ko‘zda tutadi.

Parvozlar 5 dan 30 daqiqagacha davom etadi.

Keyinchalik esa uchar taksilar tarmog‘i shahar naqliyot tizimiga qo‘shiladi.

Ammo uzoq muddatli bu rejaning aniq qachon amalga oshishi hozircha ma’lum emas.

Xabarlarga ko‘ra, Qozog‘iston hukumati endi shoshilinch tibbiy yordam, dori-darmon yetkazib berish, yong‘inga qarshi va yuk tashishga mo‘ljallangan ilovalarni ham ko‘rib chiqmoqda.

Qozog‘iston mintaqaning eng yirik iqtisodi bo‘ladi. Tabiiy energiya zaxiralari, ayniqsa, neftga boy.

Qozog‘iston yaratish harakati bo‘lgan Alatauning mintaqada qiyosi yo‘q bo‘lishi aytiladi.

Agar, internetda imkonli bo‘lgan ayrim ma’lumotlarga tayanilsa, uchar taksilarni ishga tushirgan, ularni ishlab chiqish ustida faol ishlayotgan davlat yoki shaharlarning o‘zi dunyoda barmoq bilan sanarli.

Bu kabi xabarlarda ularning sirasida Xitoy, AQSh, Yangi Zelandiya, Singapur, Dubay, Seul va Los-Anjeles tilga olinadi.

Uchar taksining nimasi yaxshi?

Qozog‘istonning uchar taksisi
Surat tagso‘zi, Qozog‘istonning hududi ulkan. Yirik shaharlari ko‘p. Aholisi esa mintaqada O‘zbekistondan keyin eng yirigi.

Agar, imkonli bo‘lgan ma’lumot va xulosalarga tayanilsa, uchar taksilarning foydasi oz emas.

Aytilishicha, uchar taksilar shaharlardagi tirbandlikni yengillashtirib, tez va samarali muqobil yechimni taklif qila oladi.

Bu kabi naqliyot vositalarining yana bir afzalligi - ulardan aksariyati elektr quvvati yordamida harakatlanadi. Kam zararli chiqindi chiqaradi va havoning sifatini yaxshilashga yordam beradi.

Bundan tashqari, ular borish qiyin bo‘lgan hududlarni o‘zaro bog‘lab, harakatlanishni osonlashtirishi ham mumkin.

Qozog‘istonning hududi ulkan. Yirik shaharlari ko‘p. Aholisi esa mintaqada O‘zbekistondan keyin eng yirigi.

Agar, yaqinda e’lon qilingan ayrim ma’lumotlarga tayanilsa, hududining kattaligi bo‘yicha Qozog‘iston hatto dunyoda yuqori o‘ntalikka ham kiradi.

Tirbandlik va havosining sifati esa bugun mintaqadagi ayrim yirik shaharlar ham yuz tutib turgan eng og‘riqli muammolardir.

Ammo, ma’lum bo‘lishicha, uchar taksilarni yaratish va ishlab chiqarish qimmat.

Shu bois, ularning keng iste’molga kirib kelishi oson bo‘lmaydi.