Rossiya Latviya, Litva yoki Estoniyaga hujum qilsa, oqibati yomon bo‘ladimi?

Surat manbasi, EPA
Xabarlarga ko‘ra, AQSh Rossiyani ogohlantirgan. NATOga kiruvchi bu uch postsovet davlatiga ham hujum qila ko‘rmasligini aytgan. Har uch davlat – Latviya, Litva va Estoniya ham Rossiyaga chegaradosh.
Kutilmagan tashrif
Shu kunlarda kutilmaganda AQSh Markaziy Razvedka boshqarmasi rahbari Moskvaga kelib ketdi.
Jon Retkliffning Rossiyaga kelishi hali uchog‘ining osmondaligi chog‘idayoq chetdagi ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga tortdi.
AQSh Markaziy Razvedka boshqarmasi rahbari nega Moskvaga kelgani turli taxminu farazlarga yo‘l ochdi.
Rasmiy izohlarning turlicha ekani esa bu gap-so‘zlarni kuchaytirdi.
Rossiyaning Ukrainaga bosqini esa hali ancha avval uning keyingi nishoni kim bo‘lajagiga oid savollar va xavotirlarni paydo qilib bo‘lgan.
Ehtimoliy nishon sifatida Markaziy Osiyodan Qozog‘istonning nomi ham tilga olingan.
NATOga kirmasa-da, Rossiyaga chegaradosh yagona Markaziy Osiyo davlati.
Xuddi shu bosqin manzarasida Rossiyaga chegaradosh aksariyat NATOga a’zo davlatlar o‘z chegaralarini mustahkamlash harakatiga tushib qolishgan.
Rossiyaga chegaradosh Finlandiyadan tashqari yana Shvetsiya ham tezlikda NATOga kirgan.
Rossiya dunyoning 14 ta davlatiga chegaradosh.
Ulardan oltitasi – Estoniya, Latviya, Litva, Finlandiya, Norvegiya va Polsha NATOga kiradi.
Matbuotda gap

Surat manbasi, Kent NISHIMURA/AFP via Getty Images
BBC News O‘zbek kontenti endi Sizning WhatsApp da
A’zo bo‘lish uchun bu erga bosing
End of podcast promotion
AQSh Razvedka boshqarmasining Rossiyaga tashrifi manzarasida The Wall Street Journal yoki Politico'ning o‘z manbalariga tayanib bergan xabari xos e’tibor topgan.
G‘arbning ayrim yetakchi nashrlarida sarlavhalarga ham chiqqan.
Har ikki nashrning ham yozishicha, Jon Retkliffning Moskvaga kelishidan maqsad Kremlni NATOga a’zo davlatlar – xususan, Rossiya bilan chegaradosh Estoniya, Latviya va Litvaga hujum qilishdan ogohlantirish bo‘lgan.
Ammo Moskva Retkliff tashrifining maqsadini "razvedka idoralari o‘rtasidagi aloqalar" bilan izohlagan.
AQSh Razvedka boshqarmasi rahbarining Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashmaganligini aytgan.
Donald Tramp esa Retkliffning Rossiyaga safarini "odatiy", deb ta’riflagan.
Uni AQShning Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga barham berish istagi bilan bog‘lagan.
The Wall Street Journal ushbu mavzuga bundan avval ham to‘xtalib o‘tgan.
Nashr, "Putin yangi, bu gal NATOga a’zo davlatga qarshi hujum bilan "alyans"ning mustahkamligini sinab ko‘rishga borishi mumkin"ligi haqida yozgan.
The Wall Street Journal o‘shanda o‘z xabarida AQSh Razvedkasi ma’lumotlariga tayanganligini aytgan.
Retkliffning Moskvaga tashrifi oldindan e’lon qilinmadi; na Vashington, na Moskva uning kun tartibi yoki natijalari haqida xabar berdi.
Kremlni Ukrainaga hujum qilmaslik bilan ogohlantirish uchun 2021 yilning noyabrida AQSh Markaziy Razvedka boshqarmasining avvalgi rahbari ham Moskvaga kelgan.
Ammo, Politico'ning eslatishicha, o‘sha tashrifdan to‘rt oy ham o‘tmasdan, Rossiya Ukrainaga kirgan.
End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:
NATO bilan "o‘ynashib" bo‘lmaydimi?
Biz o‘z turmush tarzimizni, demokratiyamizni va hududimizni himoya qilamiz. Shu bois, bizga tegishga urinmang, biz bilan o‘yin o‘ynashmang.
NATO Bosh kotibi so‘nggi yillarda Rossiya o‘zlariga yaqin besh yil ichida hujum qilishi bilan ogohlantirishga o‘tgan.
Mark Ryutte o‘tgan oy hatto Rossiya prezidentini ittifoq bilan "o‘ynashmaslik"ka ham chaqirgan.
NATO dunyodagi eng yirik harbiy ittifoq bo‘ladi.
Mark Ryutte bu haqda NATOning Anqaradagi so‘nggi sammiti fonida gapirgan.
U matbuot anjumanida finlandiyalik jurnalistning "Rossiya va Putinga tilagingiz", degan savoliga shu tariqa javob qaytargan.
Mark Ryutte NATO "o‘zining demokratiyasi va hududini himoya qilishi"ni aytgan.
U NATOni "engib bo‘lmasligi"ni bayon qilgan.
"Yevropa, Kanada va Qo‘shma Shtatlarda yashovchi bir milliard kishini birlashtirgan ushbu ittifoq hududimizning har bir qarichini himoya qiladi. NATOni yengib bo‘lmaydi. Biz mudofaa ittifoqimiz; hech qachon hech kimga hujum qilmaymiz. [Ammo] biz o‘z turmush tarzimizni, demokratiyamizni va hududimizni himoya qilamiz. Shu bois, bizga tegishga urinmang, biz bilan o‘yin o‘ynashmang", — deb aytgan Ryutte.
NATO Bosh kotibi o‘shanda BBC Rus xizmatiga, "Anqara sammiti deklaratsiyasida Rossiya NATO uchun uzoq muddatli tahdid sifatida belgilanishi kutilayotganligi"ni ham ma’lum qilgan.
Xuddi shu sammit manzarasida NATOning umumiy qiymati qariyb $50 milliard dollarlik yangi raketa dasturiga qo‘l urish niyatida ekani ham ochiqlangan.
Buyuk Britaniya ilova o‘ndan ortiq davlat yangi dastur yordamida Yevropani himoya qilmoqchi bo‘layotgani aytilgan.
Uzoq masofaga mo‘ljallangan raketalar NATOning eng ilg‘or qurollaridan biri sifatida e’tirof etiladi.
Ular taxminan 300 chaqirim uzoqlikdagi nishonlarga aniqlik bilan zarba berishga mo‘ljallangan va kuchi bundan bir necha bor olislikdagi nishonlarga ham yetishi mumkin.
Rossiya dunyoning global yadroviy qudratlaridan biri bo‘ladi.
Rossiya Ukraina urushi manzarasida G‘arbga o‘zining yadroviy qurollari bilan bir necha bor po‘pisa qilgan.
Qonunchiligi davlatchiligiga tahdid tug‘ilgan taqdirda, Rossiyaga bunday qilishiga izn beradi.
Putin qo‘shnisi va joriy paytda postsovet hududidagi eng yaqin ittifoqchisi bo‘lgan Belarusda taktik yadroviy qurollarini joylashtirgan.
Bir nechta yadroviy kallaklarni olib uchishga qodir ilg‘or qit’alararo ballistik raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganligini ham aytgan.
Turli manbalarda Rossiya hozir dunyoda eng ko‘p yadroviy kallakka ega davlat sifatida tilga olinadi.






























