Saratonga chalingan ayolning kasali tushida ayon bo‘ldi yo tush o‘ngidan keladimi?

Boshida bulut turgan odam.

Surat manbasi, GettyImages

Published
O'qilish vaqti: 4 daq

Ayni voqea 2011 yili Hongkongda sodir bo‘lgan. Adelina o‘shanda hayotini o‘zgartirib yuboradigan tush ko‘radi. Bu qanday tush edi? Keyt Boui maqolasi asosida tayyorlangan hikoya shu haqida:

Adelina uch yil oldin vafot etgan onasini xotirlab, siqilib yurgan kezlar...

Bir tun tushiga onasi kiradi.

"Senga bir narsa aytaman, tezlik bilan borib, o‘zingni tekshirtir" - deydi tushida ko‘ringan marhuma onasi.

U tushiga kirgan onasining gapiga amal qilib, shifokorga uchraydi. Shifokorlar unda saraton topishadi. Ammo qiz tuzaladi, chunki saraton hali ilk bosqichda bo‘lgan ekan.

Adelina agar onasi tushiga kirmasa, kasalxonaga borib, o‘zini saratonga tekshirtirmagan bo‘lishini aytadi.

Tush yo vahiy?

Ming yillarki, dunyo bo‘ylab turli jamiyatlarda yashaydigan odamlar o‘z tushlarini turlicha ta’birlab kelishadi.

Qadimiy Misr, Yunoniston va Bobilda tushlarga ishonishgan.

Ibrohimiy dinlar (Yahudiylik, Nasroniylik va Islom) esa tushlarni Xudo yuborgan "vahiy" deb ham sanashgan.

Ba’zi xalqlarda esa tushda arvohlar ko‘rinish beradi, deb ishonishadi.

Adelina ham o‘tib ketgan ajdodlar tush orqali xabarlar berishadi va muloqot qilishadi, degan an’anaviy Xitoy inonchlari haqida bilardi.

Ammo buni o‘zi ham boshidan o‘tkazishi mumkinligini hech qachon tasavvur qilmagan.

Tushlarni ta’birlash endi internetga ham ko‘chgan. Hongkongdagi DISCUSS forumida ishtirokchilar tushni qanday ta’birlashni tushuntirishadi, yuzlab odamlar ChatGPT yordamida tushlarini tahlil qilishga urinadilar.

Nega tush ko‘ramiz?

Skip podcast promotion and continue reading
Bizni WhatsApp da ham kuzating

BBC News O‘zbek kontenti endi Sizning WhatsApp da

A’zo bo‘lish uchun bu erga bosing

End of podcast promotion

Miyamiz tush ko‘rishni sevadi.

"Ko‘zimiz tez harakatlanganda yoki REM uyquci holatida ham tush ko‘rayotgan bo‘lamiz" – deydi Londondan olim Abidemi Otaiku.

(O‘zbek tilida bunday uyquni "ko‘zim ilinibdi" yoki "bir lahzaga ko‘zim yumilibdi" deb ham ta’riflashadi - tahr.)

Ya’ni uyqumizning uchdan bir qismi davomida tush ko‘ramiz.

Hatto agar uyqusizlik tufayli tush ko‘rolmasak, kelasi tunda buning "xumoridan chiqish" uchun yanda jonli tush ko‘ramiz.

"Tanamiz uni istaydi va imkon bo‘lishi bilan yo‘qotish o‘rnini qoplashga intiladi" – izohlaydi olim.

Aslida, nega uxlashimiz ham hamon ilmiy jumboq.

Olimlarning ishonishicha, uxlaganda, miyamiz o‘zini tiklaydi, kun bo‘yi xotiramizda muhrlangan hodisalarni saralaydi.

Skanlash natijasida aniqlanishicha, uxlagan paytimizda miyamiz "sozlamalari" o‘zgaradi.

Uxlagan vaqtimizda old peshona qismimiz harakatsiz holatga keladi. Miyaning ayni shu qismi esa ratsional fikrlash uchun muhim.

Ayni paytda, hissiyotlar uchun mas’ul bo‘lgan limbik tizim o‘ta faollashadi.

"Shu bois ham tushlarimiz juda g‘alati bo‘ladi va mantiq doirasiga sig‘maydi" – deydi Otaiku.

Uxlayotgan ayol
BBC
Tushlarimiz mazmuni o‘zimizni yaxshiroq tushunishimizga yordam berishi mumkin.
Dilan Selterman
Olim

Tush va tanlov

Nimani tush ko‘rishimiz bizning uyg‘oq paytimizda nima qilishimizni ham belgilab berishi mumkin. Bu – ilmiy tadqiqot natijasi.

Bir tadqiqotda, masalan, tushida sigareta chekkan sobiq kashandalar uyg‘ongandan keyin chekishni istashmagan.

Ajrashgan odamlar ham tushida sobiq yostiqdoshini ko‘rsa, oradan bir yil o‘tgach, o‘zlarini ruhan sog‘lomroq his qilishgan.

"Muhimi, tushingiz yaxshimi yoki yomonmi – ahamiyatiz" – deydi AQShlik olim Dilan Selterman – "Siz uning ustida ishlaysiz va konstruktiv hal qilasiz".

Ayni tadqiqotlarga ko‘ra, ba’zida yomon tush ko‘rgan odamlar hayotdagi muammolarini ancha samarali yechishadi.

Tushlar muammolarni ham hal etishi mumkin.

Harvarddagi bir tadqiqotda labirint jumbog‘ini aynan tushida labirintni ko‘rgan odamlar yaxshiroq hal qilganlar.

Kundalik hayotda esa bu ancha vaqt o‘ylab yurgan biron ishga qo‘l urishimiz uchun kutilmagan shavq va tashabbus sifatida yuz ko‘rsatishi mumkin.

"Tush esa bu yo‘lda ularda turtki beradi" – deydi olim Selterman.

Skip Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: and continue readingBizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Tush o‘ng keladimi?

Uxlayotgan ayol.

Tushlarimizda kelajak bashorat qilinsa yoki ular haqiqiy hayotga mos tushsa, miyamiz bunday holatlarni yaxshi ilg‘aydi va eslab qoladi.

"Tushingiz hayotga mos kelmaganda, ularni unutib yuboramiz" – deydi Otaiku.

O‘ng keladigan tushlarni esa miyaning interoseptsiya (ichki holatni sezish) qobiliyatiga bog‘lashadi.

"Ba’zilar uni oltinchi sezgi deb atashadi" – deydi Otaiku – "Aslida, bu miyaning tana ichki holatini idrok etish qobiliyatidir.

Miyaning mazkur jarayonda ishtirok etuvchi qismlari ko‘p hollarda tush ko‘rishga mas’ul bo‘lgan qismlar bilan ustma-ust tushadi.

Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, tushlarimiz nega kasalliklar borasida bizni oldindan ogoh etayotgandek tuyulishini ayni shu holat bilan izohlashi mumkin.

Tush ta’biri kerakmi?

Olimlarga ko‘ra, tushlarimiz ayrim miya kasalliklari darakchisi ham bo‘lishi mumkin.

"Qancha ko‘p yomon tush ko‘rsangiz, dementsiya yoki Parkinson kasalligi boshlanayotgani ehtimoli shuncha baland bo‘ladi – deydi Otaiku.

Yomon tushlar va ularning salomatlik hamda irsiy xusuiyatlarga bog‘liqligi masalasi hali o‘rganilishi lozim, deyiladi.

Tadqiqotchilar fikricha, tushlarni ta’birlash yoki ulardan ma’no izlash muammoli bo‘lishi mumkin, chunki bunday holatlarda har bir insonga xos alohida shaxsiy holatlar e’tiborga olinmaydi.

Tushga nima yo kim kirishi turli kasb yo turfa madaniyatlarda turlicha talqin etilishi ehtimoli ham bildiriladi.

"Nahang baliq nima ma’no anglatishi ummonni o‘rganuvchi olim uchun boshqacha, tish shifokori uchun boshqacha bo‘lishi mumkin" – deydi doktor Selterman.

"Lekin tushlarimiz mazmuni o‘zimizni yaxshiroq tushunishimizga yordam berishi mumkin".

"Balki vaft etgan sevgan odamingiz tushingizga ko‘p kirar, balki kelajakda orzu qilgan ishingizni tushda ko‘rarsiz yoki do‘stlaringiz, yaqinlaringiz tushingizga kirishar".

Ammo bir narsa aniq: Tushni anglash ishtiyoqi odamzodda hali hamon so‘nmagan.