O‘zbekistonda yirik afv – Karimov davridan qancha qamoqxona va mahkum qoldi?

Surat manbasi, Getty Images
Yangilik so‘nggi soatlarda O‘zbekistonda sarlavhalarga chiqdi.
Karimov, Mirziyoyev va afvlar
O‘zbekiston fuqarolari hamisha o‘z davlati va Konstitutsiyasi himoyasida bo‘ladi va biz bu tamoyilni bundan buyon ham qat’iy amalga oshiramiz.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning eng ko‘p mahkum afv etayotgan prezidenti bo‘ladi.
Islom Karimov davrida O‘zbekistondagi qamoqxonalar, mahkumlar soni va ularga munosabat chetda eng ko‘p tashvish uyg‘otgan, tanqidga tutilgan mavzulardan biri bo‘lib kelgan.
Ularning aniq soni rasman e’lon qilinmagan, mahalliy faollar talqinida, "yopiq mavzular" sirasiga kirgan.
O‘zbekiston hukumati mamlakatda diniy va siyosiy mahkumlar borligini hamisha inkor qilib kelgan.
Islom Karimov O‘zbekistonni amalda 1989 yildan to o‘limiga – 2016 yilga qadar boshqargan.
Xalqaro maydonda uning qariyb 30 yillik boshqaruv davri avtoritarizm, repressiv boshqaruv va keng miqyosli inson huquqlari cheklovlari bilan eslanadi.
Aynan Mirziyoyev Islom Karimov davrida mahkumlar tomonidan fashist kontslageriga qiyoslangan Jasliq qamoqxonasini yopgan, qilgan ishi katta shov-shuvga sabab bo‘lgan.
BBC News O‘zbek kontenti endi Sizning WhatsApp da
A’zo bo‘lish uchun bu erga bosing
End of podcast promotion
Qisqa vaqtning o‘zida, yillarki, chetda O‘zbekiston bilan bog‘liq jiddiy xavotirlarga sabab bo‘lib kelgan "minglab" diniy-siyosiy mahkumlar masalasi ham kun tartibidan tushgan.
O‘zbekistonda chorak asrdan ortiqroq vaqt davomida shakllangan mavjud vaziyat ham anchayin jadallik bilan o‘zgarishlarga yuz tuta boshlagan.
Shavkat Mirziyoyev orada mustaqil O‘zbekiston tarixidagi eng yirik afvga ham qo‘l urgan.
O‘zbekistonning Islom Karimovdan keyingi ikkinchi prezidenti qudratga kelishidan hech qancha o‘tmayoq, 2017 yilda birvarakayiga 3 mingga yaqin mahkumni afv etgan.
Diniy-siyosiy va faoliyati taqiqlangan tashkilotlarga a’zolikda ko‘rilgan mahkumlarni afv etayotgani ham chetda alohida e’tiborga molik voqeaga aylangan.
O‘shanda qilgan chiqishida Mirziyoyev "ko‘p-ko‘p odamlarning adolatsiz qamalgani" va hanuz qamoqda o‘tirganini aytgan.
"Adolatsiz o‘tirgani uchun adolatsiz xalqqa ham, jamiyatga ham dushman bo‘lgani"ni aytgan.
U 10 ming nafar mahkumni ozod etishni rejalagani, ammo mahkumlarning aksari "qilmishidan pushaymon bo‘lmagan"ini aytgan
Aynan sud-huquq, adliya, milliy xavfsizlik va kuch ishlatar tizimlarining faoliyatini isloh qilish Mirziyoyev prezidentlik faoliyatining ilk bosqichlaridanoq e’tibor qaratgan sohalardan eng muhimlari bo‘lgan.
Ta’bir joiz, ayniqsa, poytaxt Toshkentdan dindorlarni "qora ro‘yxat"dan chiqarish ishlariga kirishilganiga oid xabarlar ham olingan.
Bu - yangi prezident Shavkat Mirziyoyevni "mashhur qilgan qadam" sifatida ham baholangan.
O‘zbekistonning yangi prezidenti qiynoqlarga qarshi maxsus farmon ham qabul qilgan.
Tergov jarayonida qiynoq qo‘llagan shaxslar, "kim bo‘lishidan qat’inazar, muqarrar javobgarlikka tortilishini aytgan.
O‘zbekistonda qamoqxonalar va mahkumlar soniga oid rasmiy ma’lumotlar e’lon qilina boshlangan.
Bu ham O‘zbekistonda Shavkat Mirziyoyev boshqaruvi bilan bog‘liq yana bir ijobiy voqe’lik o‘laroq baho topgan.
Yangi afv

Surat manbasi, Getty Images
Poytaxt Toshkentdan olingan xabarlarga ko‘ra, O‘zbekistonning amaldagi prezidenti yana bir yirik afvga qo‘l urgan.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yuzlab mahkumni afv etgan.
Prezident afviga jami 852 nafar mahkum tushgan.
Bu O‘zbekistonda mamlakat Mustaqilligi sanasi sabab e’lon qilinayotgan eng yirik afvlardan biri bo‘ladi.
Xabarlarga ko‘ra, prezident farmoniga muvofiq, 852 nafar mahkumdan 604 tasi to‘liq, 115 nafari esa shartli ravishda ozod qilingan.
Ellikdan ortig‘ining jazosi yengilrog‘iga almashtirilgan, yana yuzga yaqinining qamoq muddati qisqartirilgan.
Ammo imkonli bo‘lgan xabarlarda hozircha bundan ortiq tafsilotlar keltirilmagan.
Prezident afviga tushganlarning aynan kimlar ekani, O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining aniq qaysi modda va bandlari bo‘yicha jazo muddatini o‘tayotgan bo‘lishganiga oid ma’lumotlar ham imkonli emas.
Faqat ularning orasida yettita chet ellik, ellikka yaqin ayol, 60 yoshdan oshgan 37 nafar erkak va to‘rt yuzga yaqin yoshning borligi aytilgan.
Yana taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan oltmishdan ortiq shaxsning borligi ham tilga olingan.
Lekin xabarlarda so‘z aynan qay bir taqiqlangan tashkilot haqida ketayotgani halicha ochiqlanmagan.
Faollar Islom Karimov davrida O‘zbekistonda faoliyati taqiqlangan, deb aytilgan bu kabi tashkilot va oqimlardan eng asosiylari sifatida "Hizbut Tahrir" va "Vahobiylik"ni tilga olishgan.
O‘zbekistonda bu kabi tashkilot va oqimlarga aloqadorlik aybi o‘sha paytda kamida 7 yildan 20 yilgacha bo‘lgan qamoq jazosini ko‘zda tutishi aytilgan.
Karimov davrida O‘zbekistonda aynan qay bir tashkilotlarning rasman taqiqlanganiga oid aniq ma’lumotlar keng matbuotga imkonli bo‘lmay kelgani ham faollar o‘sha paytda o‘z e’tiborlarini qaratgan mavzulardan biri bo‘lib kelgan.
Mahalliy faollar Karimov davrida diniy-siyosiy mahkumlarga qo‘yilgan ayblarning qanchalik asosli ekani, ularni qamoqxonalarda saqlash uchun davlat byudjetidan ketadigan sarf-xarajatlarning qanchalik katta ekani va yangidan yangi xorijiy sarmoyalar ilinjida bo‘lgan O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi imiji masalasi nazarda tutilsa, O‘zbekistonda katta afvlarga, so‘zsiz, ehtiyoj borligi, ularning kerakligini ta’kidlashgan.
End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:
Bugungi qamoqxonalar va mahkumlar

Surat manbasi, Yasin Baturhan Ergin/Anadolu via Getty Images
Agar, yaqinda e’lon qilingan rasmiy ma’lumotlarga tayanilsa, hozir O‘zbekistonda 49 ta jazoni ijro etish muassasi mavjud.
Bu muassasalarda jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar soni esa bugungi kunda 50 mingga yaqin.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistondagi jazoni ijro etish muassasalari asosan ikki turga bo‘linadi.
Ular yopiq turdagi va manzil-koloniyalardan iborat.
O‘zbekistonlik mas’ullarga ko‘ra, hozir yopiq turdagi koloniyalarda 26 ming nafar mahkum bor.
Manzil-koloniyalaridagilarning soni esa 11 ming nafardan ortiqni tashkil etadi.
Agar, qiyosan olinadigan bo‘lsa, 2021 yilda O‘zbekistonda 54 ta jazoni ijro etish muassasasi bo‘lgan.
O‘zbekiston qamoqxonalarida jazo muhlatini o‘tayotganlar sonining esa 22 mingdan ortiq ekani aytilgan.
Ammo imkonli bo‘lgan ayni mazmundagi xabarlarda ulardan eng ko‘pini qay bir turdagi jinoyat sodir etganlikda aybdor, deb topilganlar tashkil etishi aytilmagan.
2020 yilda O‘zbekistonda 25 ta manzil-koloniya bosqichma-bosqich qisqartirilishi aytilgan.
2024 yilda esa O‘zbekistondagi mahkumlar soni MDH bo‘yicha eng kam ekaniga oid xabarlar ham olingan.
O‘zbekistonda har 100 ming aholiga 68 nafar mahkum to‘g‘ri kelishi aytilgan.
Rasmiylarning o‘shanda bildirishlaricha, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda zamon talablariga javob bermaydigan 4 ta koloniya tugatilgan.






























