AQSh va Markaziy Osiyo: Samarqand sammiti nima beradi? Video

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio
Published
O'qilish vaqti: 3 daq

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio aytishicha, Qo‘shma Shtatlar Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan munosabatlarni muhim deb hisoblaydi va bu munosabatlarni rivojlantirishni istaydi.

U Samarqandga parvoz qilishidan oldin jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Marko Rubio Ukrainaga Starlink signallari sekinlashtirilgani, G‘arbiy Sohilda amerikalik jurnalist yahudiy kelgindilar hujumiga uchragani, Rossiyaga qarshi AQSh sanksiyasi haqidagi savollarga ham javob qaytardi.

Samarqandga safari maqsadi haqida so‘ralganda, janob Rubio shunday dedi:

"Bu - o‘sha rahbarlar bilan birga ishlash fursati yetgan vaqt. Gap faqat O‘zbekiston haqida emas. Markaziy Osiyoning qolgan to‘rt davlati ham bor. Bu yerda muhim munosabatlar mavjud. Bilasizmi, ba’zan strategik tashriflarimiz diqqatdan chetda qolib ketadi. Chunki doim qaerdadir inqiroz yoki muammo bo‘ladi yoki biror konferentsiya sababli safarga chiqasiz. Ammo shunday mamlakatlar ham borki, biz ular bilan munosabatlarimizni mustahkamlashni istaymiz va u yerga borishni xohlaymiz.

Bir necha hafta oldin Gretsiya va boshqa joylarga tashriflarimizda aynan shuni qildik. Undan bir necha hafta avval esa Lotin Amerikasiga borgandik. Endi esa Markaziy Osiyoga yo‘l olayapmiz.

Bu barcha besh davlat rahbarini va besh mamlakat tashqi ishlar vazirlarini bir joyga jamlash imkonini beradigan vaqt".

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Omonulla Fayziev xabar berishicha, 19 oktyabr kuni Samarqand shahrida Markaziy Osiyo va AQSh tashqi siyosiy idoralari rahbarlarining "C5+1" shaklidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari va AQSh Davlat kotibi ishtirok etadi.

Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va AQSh Davlat kotibi Marko Rubio ishtirokida O‘zbekiston-AQSh Kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining birinchi davrasi ham bo‘lib o‘tadi.

Muloqot davomida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, AQSh va Markaziy Osiyo ishbilarmon doiralari ishtirokida uchrashuvlar ham o‘tkaziladi.

Iqtibos
Skip podcast promotion and continue reading
BBC News O'zbek Obuna bo'ling!
Bizni WhatsApp da ham kuzating

BBC News O‘zbek kontenti endi Sizning WhatsApp da

A’zo bo‘lish uchun bu erga bosing

End of podcast promotion

Matbuot xabarlariga ko‘ra, AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan birga Samarqandga Amerika yirik biznesining 200 dan ortiq vakili ham borganlar.

Ular orasida dunyoning eng boy odami, Tesla, X(sobiq Tvitter) va SpaceX shirkatlari rahbari Elon Mask ham bo‘lishi kutilayotgani xabar qilingan.

C5+1 - AQSh bilan besh Markaziy Osiyo davlati - O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston bilan hamkorlik formatidir.

Bu shakldagi hamkorlik 2015 yildan buyon davom etib keladi.

O‘tgan yil noyabrida Vashingtonda, Oq Uyda C5+1 prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi.

AQSh Davlat kotibi Rubioning Markaziy Osiyo rahbarlari bilan muloqoti Prezident Tramp Rossiya bilan biznesni yana qayta tiklash istagini namoyon etgan vaqtga to‘g‘ri kelmoqda.

2022 yilda Rossiya Ukrainaga qarshi to‘laqonli bosqin boshlagani sababli Yevropa va AQShning prezident Bayden rahbarligidagi oldingi ma’muriyati Rossiyaga qarshi jazo choralari kiritgan, savdo-sotiq ta’qiqlangan.

Shu yil sentyabrida AQShning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalari e’lon qilingan, bu haqdagi qonunni Prezident Trampning o‘zi imzolagan edi.

Qonun kuchga kirishiga ikki kun qolganda Prezident Tramp uning ijrosini to‘xtatdi.

Bundan oldin Rossiyadan dizel yoqilg‘isi sotib olish qarorini ma’qulladi.

Buni Prezident jahon bozorida yoqilg‘i narxi ko‘tarilib ketgani bilan tushuntirdi.

Ukrainani Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga zarba bermaslikka chaqirdi.

Prezident Trampning Rossiyaga sanksiya kiritishni to‘xtatish qarorini Amerikadagi Demokrat siyosatchilar tanqid qildilar.

Ular Trampni Moskvaga yon berishda hamda Kiev va Zelenskiydan yuz o‘girishda aybladilar.

Tramp Eronga qarshi boshlagan urush neft va gaz narxlarini ko‘tarib yubordi, jahon nefti va gazi o‘tadigan muhim Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilishiga olib keldi.

AQShdagi noyabrdagi oraliq saylovlari arafasida yoqilg‘i narxlari keskin oshgan.

Inflyatsiya o‘sgani Trampning amerikaliklar orasidagi obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Amerikaning o‘zi Rossiya bilan biznesni qayta tiklashga urinayotgan bir vaqtda Markaziy Osiyo rahbarlaridan Sovuq Urush zamonidagi raqibi bilan savdo-sotiq va importni cheklashni talab qiladimi, deya savol qo‘ymoqdalar tahlilchilar.