"Aql bovar qilmas hay’at": Rubio milliardlab dollar AQSh sarmoyasini va’da qilmoqda - Video

Surat manbasi, Telegram/Saida Mirziyoyeva
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio aytishicha, Qo‘shma Shtatlar mamlakati bilan biznes va savdo-sotiq qilishni istayotgan Markaziy Osiyo davlatlari uchun kuchli sherik bo‘lishni xohlaydi.
U 19 oktyabr kuni qadimiy Samarqandning e’tiborga sazovor obidalarini tomosha qilganidan keyin shunday dedi.
Marko Rubioga O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamrohlik qildi.
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Markaziy Osiyo davlatlari siyosatchilari bilan o‘tkazgan muzokaralarda amerikalik kompaniyalar uchun kengroq imkoniyatlar yaratishga chaqirdi, deya xabar qildilar janob Rubioga AQShdan samolyotda birga parvoz qilib kelgan xorijiy muxbirlar.
Diplomatiya va tijoratni uyg‘unlashtirgan ushbu safar doirasida so‘ng u Hindistonga yo‘l oladi.
Ko‘plab AQSh kompaniyalarii rahbarlarini o‘z ichiga olgan delegatsiya boshchiligidagi Rubio ikki tomonlama uchrashuvlarni boshlashdan oldin Samarqandning qadimiy shahar qismiga tashrif buyurdi.
«Qo‘shma Shtatlar Markaziy Osiyoda kuchli hamkor bo‘lishni istaydi. Bu, albatta, ushbu mamlakatga taalluqli, biroq biz bilan ko‘proq biznes qilish va savdo aloqalarini kengaytirishni xohlaydigan qo‘shni davlatlarga ham tegishli», dedi u jurnalistlarga.
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post, 1
«Bizda aql bovar qilmas delegatsiya bor. Biz bilan deyarli 300 ta amerikalik kompaniya kelgan. Bu yerda milliardlab dollarlik kelishuvlarni imzolash imkoniyati mavjud. Bunday kelishuvlar mintaqadagi mamlakatlarni boyitishi bilan birga, AQSh iqtisodiyotiga ham foyda keltiradi», dedi Marko Rubio.
"AQSh Eron urushiga o‘ralashib qolgan va Rossiyaning Ukrainaga bosqinini to‘xtata olmayotgan bir paytda, Rubio tashqi safarlarini faollashtirdi. U so‘nggi vaqtlarda Yevropa va Lotin Amerikasiga tashrif buyurdi, nizolar va AQShdagi oraliq saylovlar bilan esa Trampning o‘zi shug‘ullanmoqda", deb yozdi "Frans Press" agentligi muxbiri.
Biroq Rubio ushbu tashrif strategik jihatdan muhim ekanini ta’kidladi.
«Bu muhim munosabatlardir», dedi u jo‘nab ketishidan oldin. «Biz munosabatlarimizni rivojlantirishni xohlaydigan davlatlar bor va biz ular bilan yaqinroq hamkorlik qilishni istaymiz».
Davlat departamentining yuqori lavozimli amaldorlaridan birining jurnalistlarga aytishicha, Rubioning tashrifi Markaziy Osiyo bilan tobora chuqurlashayotgan hamkorlikka, ayniqsa energetika sohasidagi sheriklikka nisbatan AQShning xayrixoh munosabatini namoyon etadi.
Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.
Oxiri YouTube post, 2
BBC News O‘zbek kontenti endi Sizning WhatsApp da
A’zo bo‘lish uchun bu erga bosing
End of podcast promotion
19 oktyabr kuni Marko Rubioning Samarqand ziyoratidan so‘ng C5+1 formatiga kirgan mamlakatlar tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda AQSh Davlat kotibi Marko Rubio, mezbon O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tileuberdi, Tojikiston Tashqi ishlar vazirii Sirojiddin Muhriddin, Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubaev va Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov qatnashdilar.
Tashqi ishlar vazirlari muloqotida janob Rubio, "Markaziy Osiyo sarmoya, ta’minot zanjirida muhim sherik", dedi.
«Markaziy Osiyo investitsiyalar uchun yangi manzil bo‘lib xizmat qilmoqda. Shuningdek, u eksport uchun ham yangi markazga aylanmoqda. Bu yer orqali barcha mamlakatlar kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan materiallar yetkazib berilmoqda. Biz, Qo‘shma Shtatlarda, muhim sanoat tarmoqlarimiz va ularni qo‘llab-quvvatlovchi ta’minot zanjirlarini mustahkamlashga intilamiz, toki suveren va mustaqil davlat hamda iqtisodiyot sifatida xavfli xorijiy sheriklar yoki hatto raqiblarga qaram bo‘lib qolmaylik.
Ushbu C5+1 formati nafaqat Amerikaning Markaziy Osiyoga bo‘lgan qiziqishini, balki Amerika Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yaqinroq va tinch hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga sodiqligini ham namoyon etadi", dedi Marko Rubio.

Surat manbasi, Telegram\TIV matbuot kotibi
Shu kuni Samarqandda Amerika-O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yig‘ilishi rejalangan.
Bu kengashga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva, Amerika tomonidan AQShning Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus elchisi Serjio Gor hamrais hisoblanadilar.
Shu kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va AQSh Davlat kotibi Marko Rubio ishtirokida O‘zbekiston-AQSh Kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining birinchi davrasi bo‘lib o‘tdi.

Siyosiy tadbirlar bilan bir qatorda, Samarqandda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) tomonidan tayyorlangan ishbilarmonlik dasturi ham bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
19 oktyabrda oltita tarmoq sessiyasi belgilangani xabar qilindi. Bular - raqamli texnologiyalar, ta’lim va sog‘liqni saqlash, mineral resurslar, energetika va transport, qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik, moliya va investitsiyalar.
Samarqandda kompaniyalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar, biznes vakillari va davlat organlari o‘rtasida loyihalar muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuvlar rejalangan.
Panel sessiyalari bilan bir qatorda to‘g‘ridan-to‘g‘ri B2B va B2G muzokaralari ham bo‘lib o‘tmoqda, ularning davomida investitsion tashabbuslar, ularni amalga oshirish shartlari va moliyalashtirish mexanizmlari muhokama qilinmoqda, deb xabar berdi O‘zbekistonning Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi.
S5+ faqat AQSh bilan muloqot shakli emas
Samarqanddagi so‘nggi tadbir Markaziy Osiyo mamlakatlari diplomatiyasi va biznesi uyg‘unlashtirilgan ilk tadbir emas.
Ko‘plab siyosiy tahlilchilar mintaqa mamlakatlari jahon siyosiy sahnasiga bir kuch bo‘lib chiqishlari muhimligini urg‘ulaydilar, ana o‘shanda tashqaridan Markaziy Osiyo bilan hisoblashishlari eslatiladi.
Chindan ham Prezident Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan buyon mintaqa mamlakatlarining "boshini qovushtirish" tashabbuslarini boshlagan, bu tashabbuslar qo‘shnilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani mintaqa xalqlarini ham quvontiradi.
O‘zbekistonlik siyosiy tahlilchi Hamid Sodiq bugunga kelib S5+ formati faqat Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan yo‘lga qo‘yilmaganini eslatadi.
Hozirda bunday muloqotlar Yevropa Ittifoqi bilan, Yaponiya bilan ham davom etayapti.
"Bunga Markaziy Osiyo davlatlarining ilk institutsionallashuvi ko‘rinishida ham qarash mumkin", deydi Hamid Sodiq.
"Bugungi kunda Markaziy Osiyoga qiziqishni haqiqiy ma’noda resurslarga qiziqish deyish mumkin", deydi siyosatshunos.
Registon oldida AQSh Davlat kotibi Marko Rubiodan mintaqa, xususan, O‘zbekistonga Xitoy ham katta qiziqish bildiriayotgani, bunga Amerikaning munosabati qanday ekani haqida so‘radi jurnalistlardan biri.
"Bunga salbiy qaramaymiz, bu sog‘lom raqobat", deb javob berdi Marko Rubio.





























