O‘ta qayta ishlangan oziq-ovqatlar hayotni qisqartiradimi?

Rangli sepilgan shokoladli ponchik yeyayotgan odam og‘zining yaqindan olingan tasviri

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Dietologlarga ko‘ra, buvingiz ovqat deb tan olmaydigan har qanday narsa o‘ta qayta ishlangan bo‘lishi mumkin
    • Author, Anjela Xenshall
    • Role, Bi-bi-si Jahon xizmati
  • Published
  • O'qilish vaqti: 4 daq

Sakkiz mamlakat bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar sharhiga ko‘ra, ko‘p miqdorda tort, pechene, tayyor ovqat yoki shunga o‘xshash mahsulotlarni iste’mol qilish erta o‘lim xavfini oshirishi mumkin.

Kolumbiya, Chili, Meksika, Braziliya, Avstraliya, Kanada, Buyuk Britaniya va AQShning o‘ta ishlov berilgan oziq-ovqat mahsulotlari (O‘IO) haqidagi ma’lumotlar Braziliyadagi Osvaldo Kruz jamg‘armasida (FIOCRUZ) doktor Eduardo Nilson jamoasi tomonidan tahlil qilindi.

"American Journal of Preventive Medicine" jurnalida chop etilgan tadqiqotda ekspertlar hukumatlarga O‘IO iste’molini kamaytirishga qaratilgan tavsiyalar berishni taklif qilishdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) 2022-yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, Braziliyadagi kattalarning yarmi ortiqcha vaznli va ularning har to‘rtinchisi klinik semizlikdan aziyat chekmoqda. FIOCRUZ mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining o‘sib borayotgan sog‘liq inqiroziga qarshi kurashish bo‘yicha ishlariga rahbarlik qilmoqda.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, O‘IO bilan bog‘liq erta o‘lim holatlari Kolumbiya kabi iste’mol darajasi past bo‘lgan mamlakatlarda erta o‘limning 4 foizini, Buyuk Britaniya va AQShda esa matematik modellashtirishga ko‘ra, 14 foizini tashkil etadi.

Getty Images
Diyetologlarga ko‘ra, buvingiz ovqat deb tan olmaydigan har qanday narsa o‘ta qayta ishlangan bo‘lishi mumkin
Batafsil:
BBC.COM/UZBEK da o‘qing

Ular buni Buyuk Britaniyada kattalar iste’mol qiladigan energiyaning 53 foizini tashkil etuvchi O‘IO asosida hisoblab chiqishdi – bu ko‘rsatkich AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Tadqiqotchilar o‘z modellariga ko‘ra, 2018-19 yillarda Buyuk Britaniyadagi 17 781 ta erta o‘lim O‘IO bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

"Raqamlar to‘planib bormoqda. O‘IO bilan bog‘liq o‘lim xavfi oshishi men uchun unchalik kutilmagan emas", deydi Londondagi Qirollik universitetining dietologiya bo‘limi ilmiy xodimi doktor Megan Rossi.

"Biz tarkibida fitokimyoviy moddalar va tolalar bo‘lgan ba’zi oziq-ovqatlar hujayralarimizni oksidlanish va yallig‘lanishdan himoya qilishini anchadan beri bilamiz. Bu oziq-ovqatlar muhim va kasalliklardan kuchli himoyalovchi hisoblanadi. Agar biz ularni iste’moldan chiqarsak, bu himoyani yo‘qotamiz", deydi u Bi-bi-si bilan suhbatda.

Uning tushuntirishicha, bu ikki tomonlama salbiy ta’sirga ega: agar siz O‘IO bilan qorin to‘ydirsangiz, meva va sabzavotlar kabi barcha antioksidant oziq-ovqatlarni olmaysiz.

Ikkinchidan, O‘IO "oldindan hazm bo‘lgan"ligi sababli, qayta ishlash ularni juda mazali qilgan, lekin ular sizni uzoq vaqt to‘q tutmaydi, natijada siz ularni tobora ko‘proq iste’mol qilasiz.

Semiz ayol peshtaxta qarshisidagi kursida o‘tyapti

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, Qayta ishlangan mahsulotlar uzoqroq saqlanishi yoki ta’mi yaxshiroq bo‘lishi uchun o‘zgartirilgan, odatda tuz, yog‘, shakar qo‘shilgan yoki fermentatsiya qo‘llangan

Umumiy tendentsiya

Olimlar O‘IO sog‘liq uchun zararli ekanligi to‘g‘risidagi dalillar to‘planib borayotganiga qo‘shilishsa-da, buni 100 foiz isbotlash hali qiyin.

Ko‘plab tadqiqotlar O‘IO va yomon sog‘liq o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlagan, ammo biri ikkinchisini keltirib chiqarishini isbotlay olmaydi, chunki hali aniq dalillar yo‘q.

Biroq, tadqiqotchilar O‘IO va ko‘plab sog‘liq muammolari o‘rtasida izchil bog‘liqliklarni aniqlaganlari haqiqat.

O‘tgan yili "British Medical Journal" jurnalida chop etilgan, O‘IO iste’mol qiladigan deyarli 10 million kishi o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ularda yurak-qon tomir kasalliklari, semizlik, 2-tur qandli diabet, xalovatsizlik va depressiya sababli o‘lim xavfi yuqori.

Biroq, hatto ushbu tadqiqot bilan ham kasalliklarni keltirib chiqargan omil oziq-ovqat qayta ishlanganligimi yoki ularning aksariyatida yog‘, shakar va tuz ko‘pligimi, aniqlab bo‘lmaydi. Bular vazn ortishi va ba’zi saraton kasalliklarining ma’lum sabablaridir.

Skip Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz and continue readingIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Biroq, bir qator dietologlar doktor Nilson boshchiligidagi tadqiqotlardagi cheklovlarni ta’kidlaydilar.

Kembrij universitetining Biostatistika bo‘limi statistika mutaxassisi Stiven Bergessning aytishicha, tadqiqot kuzatuvga asoslangan va sababni isbotlay olmaydi.

"Bu turdagi tadqiqotlar o‘ta ishlov berilgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish zararli ekanligini isbotlay olmaydi, ammo iste’mol qilish salomatlik uchun yomonroq natijalar bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi", deydi u.

"Ehtimol, haqiqiy sababiy xavf omili o‘ta ishlov berilgan oziq-ovqatlar emas, balki yaxshiroq jismoniy tayyorgarlik yo‘qligi bilan bog‘liq xavfdir va o‘ta ishlov berilgan oziq-ovqatlar shunchaki begunoh "tomoshabin"".

"Ammo bu bog‘liqliklar ko‘plab mamlakatlar va madaniyatlarda takrorlanishini ko‘rganimizda, o‘ta ishlov berilgan oziq-ovqatlar shunchaki "tomoshabin" emas, degan shubha paydo bo‘ladi".

O‘ta ishlov berilgan taom iste’mol qilayotganingizni qanday bilasiz?

Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish so‘nggi 50 yil ichida keskin o‘zgardi.

O‘IO ularning qancha sanoat jarayonidan o‘tganligi va qadoq qog‘ozidagi ko‘pincha talaffuz qilib bo‘lmaydigan ingredientlar soni bilan belgilanadi. Ko‘pchiligida yog‘, shakar yoki tuz miqdori yuqori; ularning aksariyatini tez tayyorlanadigan ovqat deb atash mumkin.

Ushbu reytingdagi eng past toifaga meva va sabzavotlar kabi umuman qayta ishlanmagan oziq-ovqatlar kiradi. Qayta ishlangan oziq-ovqatlar esa uzoqroq saqlanishi yoki mazasi yaxshilanishi uchun odatda tuz, yog‘, shakar yoki fermentatsiya yordamida o‘zgartiriladi.

O‘IOga muzqaymoq, qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari, chipslar, ommaviy ishlab chiqarilgan non, ayrim nonushta yormalari, pechenьe va gazli ichimliklarni misol qilish mumkin.

Biz bu mahsulotlarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilamiz, chunki ularning ko‘pchiligi mazali, arzon, qulay va ayniqsa bolalarga ko‘p reklama qilinadi.

Doktor Rossining ta’kidlashicha, buning sabablaridan biri shuki, eng ko‘p o‘ta qayta ishlangan oziq-ovqat iste’mol qiluvchilar chekish va kamroq jismoniy mashq qilish kabi boshqa nosog‘lom odatlarga ham ko‘proq moyil bo‘lishadi.

Erkak burger yemoqda

Surat manbasi, Getty Images

Surat tagso‘zi, O‘ta qayta ishlangan mahsulotlarda ko‘pincha shakar va tuz miqdori ancha yuqori bo‘ladi

Ogohlantiruvchi belgilarga quyidagilar kiradi:

• nomini talaffuz qilish qiyin ingredientlar

• qadoqda beshtadan ortiq tarkibiy qism ko‘rsatilgani

• buvingiz ovqat deb tan olmaydigan har qanday narsa

Quyidagi tarkibiy qismlar oziq-ovqat yoki ichimlikning o‘ta qayta ishlanganini ko‘rsatishi mumkin:

• modifikatsiyalangan kraxmal kabi quyuqlashtiruvchilar

• yelimlar (ksantan yelimi, guar yelimi)

• emulgatorlar (soya letsitini va karragenan kabi)

• shakar o‘rnini bosuvchilar (aspartam va steviya kabi)

• o‘simliklardan olinmagan sintetik oziq-ovqat bo‘yoqlari

• uyda yoki hatto do‘konlarda ham topilmaydigan sun’iy ta’m beruvchi va boshqa tarkibiy qismlar