Ronalduni O‘zbek qizlari 'qarg‘ishi urdi'mi yoki 'O‘zbeklarning ko‘nglini qoldirish shunaqa bo‘ladi'?... – Ijtimoiy tarmoqlarda gap

Krishtianu Ronaldu

Surat manbasi, Richard Sellers/Sportsphoto/Allstar via Getty Images

Surat tagso‘zi, Portugaliyaning Ispaniyadan mag‘lubiyati Krishtianu Ronalduning ilk va so‘nggi bor jahon chempioni bo‘lish orzusini ham chippakka chiqardi, yulduz futbolchini stadionning o‘zida yig‘latdi.
Published
O'qilish vaqti: 5 daq

O‘zbekistonni futbol bo‘yicha jahon chempionatining guruh bosqichidan pastga qulatgan biror bir milliy terma jamoa chorak finalga chiqa olmadi. Yulduz Ronaldu sardorlik qilgan Portugaliyaning birinchilik bilan bunchalik erta xayrlashishi esa o‘zbekistonliklar orasida rosa gap bo‘ldi, ijtimoiy tarmoqlarni qizitdi.

Nima bo‘ldi?

O‘zbekistonning jahon chempionatidagi har uch raqibi: Kongo pley-off, Portugaliya va Kolumbiya esa nimchorak finalidan pastga quladi, allaqachon birinchilik bilan xayrlashdi.

Milliy terma jamoaning Ispaniyadan mag‘lubiyati esa Krishtianu Ronalduning ilk va so‘nggi bor jahon chempioni bo‘lish orzusini ham chippakka chiqardi, yulduz futbolchini stadionning o‘zida yig‘latdi.

Yulduz Ronaldu sardorlik qilgan Portugaliyaning birinchilik bilan bunchalik erta xayrlashishi esa o‘zbekistonliklar orasida rosa gap bo‘ldi, yana ijtimoiy tarmoqlarni qizitgan mavzulardan biriga aylandi, ammo ularning qarama-qarshi munosabatlariga turtki berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Portugaliya 0-1 Ispaniya o‘yini sharhlangan o‘zbek tilidagi videolar ular tomonidan minglab marotaba yoqtirildi.

Videolar ostida qoldirilgan komentlarning soni esa yuzlab ekani, hatto mingdan ortgani ko‘rildi.

Aks-sadolar

Ижтимоий тармоқлар.
AFP via Getty Images
...sal kengroq o‘ylanglar, hamma o‘z Vatani uchun kurashadi, nima qilsin edi, yutqizib bersinmi...
O‘zbekistonlik internet foydalanuvchisi
Batafsil: bbc.com/uzbek da.

Bunga o‘xshash komentlardan birida yozilishicha, "O‘zbeklarning ko‘nglini qoldirish shunaqa bo‘ladi".

Boshqasiga ko‘ra, "Ronalduning ashaddiy muxlisi bo‘lgan".

"Ammo o‘sha o‘yindan keyin uni "yomon ko‘rib qolgan...".

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘z munosabatlari, his-tuyg‘ulari bilan bo‘lishganlar orasida xotin-qizlar ham ko‘pchilikni tashkil etgan.

Ulardan biri o‘zining "O‘zbek qizlarining qarg‘ishi urdiyuyuyuyuyuyuyu", degan komentiga qah-qah urib turgan bir emas, oltita emojini ham tirkab qo‘ygan.

Orada, "O‘zbekistonning alamlari chiqdi, xafa bo‘lma, Ronaldu, bu qaytar dunyo", - degan komentlarning ham borligi ko‘rilgan.

Ayrimlar esa, "Bizning kunimiz boshlariga tushdi", - deb yozgan.

Yana bir komentda "Avval qirq yilda qaytsa, hozir 40 kunga ham bormay qaytadi, qaytar dunyo", boshqasida "O‘zbekistonga gol urishning oqibati bu, battar bo‘l", - deyilgan.

Ammo bunga o‘xshagan komentlarga o‘z munosabatlarini bildirgan o‘zbekistonliklarning ham borliklari ko‘rilgan.

Ular ayni mazmundagi sharhlarga javoban, "...sal kengroq o‘ylanglar, hamma o‘z Vatani uchun kurashadi, nima qilsin edi, yutqizib bersinmi", - deya o‘z fikru mulohazalarini yozib qoldirishgan.

Bularning barchasiga ilova, "Ronaldu, sen afsonasan, yoshlikdagi tarix uchun senga rahmat, to‘g‘risi yig‘ladim!", deganlarining ham borliklari ko‘rilgan.

"Yig‘lama, yig‘lama, Ronaldu. Sen Jahon Chempionati kubogini olmagan bo‘lsang ham, futbol qirolisan", degan komentlar ham uchragan.

Ronalduni "futbol qiroli"ga qiyos berilgan ayrim postlarda, "Biz uchun sen eng zo‘risan", ham deb yozilgan.

Shavkat Mirziyoyev va’dasi, O‘zbekistonning kuchi va O‘zbek xalqi boshqachami?

Videoni ko‘rish uchun ilova qilingan linkni bosing:

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Gap nimada?

Portugaliya milliy terma jamoasi sardori O‘zbekistonga qarshi o‘yin paytida.

Surat manbasi, Omar Vega/Getty Images

Surat tagso‘zi, Xuddi ana shu Ronalduning Portugaliyasi O‘zbekistonni guruh bosqich bellashuvlarida eng yirik – 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan terma jamoaga aylangan.

Portugaliya O‘zbekiston bilan birga "K" guruhiga tushgan. Guruh favoriti va bu yilgi jahon chempionligiga da’vogarlardan biri sifatida ham ko‘rilgan.

Portugaliya Yevropa va jahonning eng ko‘zga ko‘ringan jamoalari sirasiga kiradi.

Joriy paytda FIFA reytingida yuqori o‘nlikdan joy olib turibdi.

Futbol bo‘yicha jahon chempionatining uzoq yillik ishtirokchilaridan biri.

Bu galgisi jamoaning birinchilikdagi to‘qqizinchi ishtiroki bo‘lgan.

Krishtianu Ronaldu kabi saflarida yulduz futbolchilari kam emas.

Yevropaning top klublarida to‘p surayotgan o‘yinchilari ko‘p.

Ammo Portugaliya halicha biror marta jahon chempionligini qo‘lga kirita olmagan.

Portugaliya va O‘zbekiston shu paytgacha hech qachon bir-biriga qarshi to‘p surmagan.

Bu uchrashuvni qanday his-tuyg‘ular bilan kutayotganligini O‘zbekiston prezidentining shaxsan o‘zi ham yashirmagan.

Portugaliya bilan o‘yin kuni Namanganda safarda ekaniga qaramay, Shavkat Mirziyov, "nima bo‘ladi, deb bugun ham uyqusi kelmayotgani"ni oshkora e’tirof etishgacha borgan.

Ammo xuddi ana shu Ronalduning Portugaliyasi O‘zbekistonni guruh bosqich bellashuvlarida eng yirik – 0:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan terma jamoaga aylangan.

Beshta to‘pdan ikkitasiga esa aynan sardori Krishtianu Ronaldu mualliflik qilgan.

Krishtianu Ronaldu hatto O‘zbekistonga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalargacha Messiga tenglashib, hatto xet-trik qilishga ham uringan.

Aynan O‘zbekistonga qarshi to‘plari bilan Krishtianu Ronaldu olti jahon chempionatida gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylangan.

O‘zbekistonning o‘zining tarixida ilk bor Portugaliyaning darvozasini zabt etgan to‘pi esa inobatga olinmagan, hakam to‘pni uzatgan futbolchisini o‘yin qoidasini buzdi, deb topgan.

VAR yordamida kelingan bu qaror o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari tomonidan bir xilda qarshi olinmagan, bu ularning taajjub va e’tirozlariga sabab bo‘lgani ham ko‘rilgan.

Portugaliya-O‘zbekiston uchrashuvi O‘zbekiston qolib, butun mintaqada katta qiziqishga sabab bo‘lgan, bu o‘yinni tomosha qilish uchun ayrimlarining poytaxtlarida hatto katta ekranlar ham o‘rnatilgan.

Mintaqadagi ayrim xalqaro sport jurnalistlari O‘zbekistonning Portugaliya bilan bir guruhda o‘ynashini "katta yutuq"qa baho berishgan.

Ular aynan Portugaliya safaida Krishtianu Ronaldu borligi sabab, u o‘ynagan o‘yinlarni butun dunyo tomosha qilishini aytishgan.

Agar O‘zbekiston terma jamoasi Portugaliyani mag‘lub etsa ham, yengilsa ham, demak o‘zbek futbolchilari jahon skautlari, menejerlari va futbol mutaxassislari nazarini o‘ziga qaratishi, bu esa nafaqat o‘zbek futbolchilariga, balki butun Markaziy Osiyo futbolchilariga ham foyda keltirishini ta’kidlashgandi.

O‘zbekistonliklar va Krishtianu

Krishtianu Ronaldu

Surat manbasi, Charlotte Wilson/Getty Images

Surat tagso‘zi, Krishtianu Ronaldu Angliyaning "Manchester Yunayted", Ispaniyaning "Real"ida to‘p surgan paytlarida ham O‘zbekistonda o‘ziga ozmuncha muxlis orttirmagan.

Dunyoning eng nomdor va sovrindor futbolchilaridan biri bo‘lgan Portugaliya milliy terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu esa o‘zbekistonlik futbol ishqibozlariga bevosita tanish.

Yulduz futbolchi 2000 yilda Toshkentga kelgan, uning o‘shanda O‘zbekiston poytaxtida bergan mahorat darslari o‘ziga minglab odamni jalb qilgani, 8 ming kishilik "JAR" stadioni odamlar bilan "to‘lib-toshib" ketgani ham xabar berilgan.

Krishtianu Ronaldu Angliyaning "Manchester Yunayted", Ispaniyaning "Real"ida to‘p surgan paytlarida ham O‘zbekistonda o‘ziga ozmuncha muxlis orttirmagan.

Yulduz futbol o‘zbekistonlik orasida o‘zining xayriya ishlari bilan ham yaxshi nom qozongan.

Portugaliyaga qarshi ilk o‘yini esa shunisi bilan ham O‘zbekistonda uzoq kutilgan va tarixiylaridan biri sifatida baho topgan.

Aksariyat o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari bu uchrashuvda g‘alaba yoki kamida durangga umid qilishgan.

Birlari buning sababini Portugaliya Konga bilan "zo‘rg‘a" durang qayd etgani, boshqalari esa, O‘zbekiston Bosh murabbiysi Fabio Kannavaroning hali futbolchi ekanida Italiya milliy terma jamoasi bilan birga Portugaliyani uch bor mag‘lub etgani omili bilan izohlashgan.

Ammo to‘rt karra jahon chempioni Italiyaning o‘zi esa bu galgi birinchilikka chiqa olmagan.

Bularning barchasiga ilova o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari yana ijtimoiy tarmoqlar orqali shaxsan Krishtianu Ronalduning o‘zidan ham O‘zbekistonga gol urmaslikni iltimos qilishgan. O‘z so‘rovlarini futbolchining ijtimoiy tarmoqlardagi akauntlarida yozib qoldirishgan.

O‘shanda ularning ayni mazmundagi komentlaridan nusxa olingan videolar ham ijtimoiy tarmoqlarda aylangan.

Ammo bu iltimoslariga portugaliyalik yulduz futbolchining javobi noayon qolgan.

O‘zbekiston esa yakunida Portugaliyadan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchragan.

Bu ham o‘shanda o‘zbekistonliklar uchun Krishtianu Ronaldu akauntlarini "qizitgan" mavzuga aylangan.

Ular o‘z taajjub, tushunmovchilik va alamlarini yulduz futbolchi bilan yana ijtimoiy tarmoqlar orqali bo‘lishishgandi.

Birvarakayiga AQSh, Meksika va Shimoliy Amerika mezbonlik qilgan bu galgi jahon chempionati esa Krishtianu Ronaldu uchun eng so‘nggisi bo‘lishi, u birinchilikdan keyin katta futbolni tark etishi kutilmoqda.

Ilk bor keng formatda o‘tkazilayotgan jahon chempionatining chorak finaliga chiqish va jahon chempionligi uchun o‘z kurashlarini davom ettirish huquqini esa:

Frantsiya - Marokash

Ispaniya - Belgiya

Norvegiya - Angliya

Argentina - Shveytsariya

qo‘lga kiritishgan.

Yarim finalchilarning taqdiri 10, 11 va 12 iyul kunlari ma’lum bo‘ladi.

BBC O‘zbek xizmatiga o‘z taxminlari bilan bo‘lishgan o‘zbekistonlik ayrim taniqli sport sharhlovchilari bu galgi birinchilikda Ispaniya, Argentina va Frantsiyada chempion bo‘lish imkoniyati yuqori ekanini aytishmoqda.

Futbol bo‘yicha yangi jahon chempionining nomi esa 20 iyul kuni ma’lum bo‘ladi.