Qozog‘iston: Toqaev konstitutsiyani nega o‘zgartirdi? - (Video)

Published
O'qilish vaqti: 11 daq

Nega Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev mintaqani larzaga keltirgan qonli tartibsizliklardan so‘ng konstitutsiyani tubdan o‘zgartirishga qaratilgan islohotlarni boshladi?

Nima uchun u sobiq hukmron elita Nursultan Nazarbaev bilan bog‘liq guruhlarning ta’sirini chekladi? Bu islohotlar haqiqatan ham demokratiyaga yo‘l ochadimi yoki Toqaevning o‘z hokimiyatini mustahkamlash usulimi?

Qozog‘istonda mart oyida o‘tkazilgan referendumda konstitutsiyaga o‘zgarishlar mutlaq ko‘pchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Bu o‘zgarishlar: ikki palatali parlament bir palatali parlamentga aylanishini, prezidentlik muddati esa bir marta yetti yillik davr bilan cheklanishi va vitse-prezident lavozimining qaytarilishini nazarda tutadi. Rus tilining maqomi o‘zgartiriladi va nikoh faqat erkak va ayolning ittifoqi deb ataladi.

BBC Qozog‘iston va uning qo‘shnilari uchun nima o‘zgarganini Karnegining Berlindagi Rossiya va Yevrosiyo tadqiqot markazi ilmiy xodimi Timur Umarov bilan muhokama qildi. Shu o‘rinda, Rossiyada Karnegi fondi xorijiy agent sifatida tan olinganligni aytib o‘tish joiz. Timur Umarov bilan suhbatni BBC Rus xizmatidan Oleg Antonenko olib brogan.

Oleg Antonenko:

Keling, prezidentlik muddatidan boshlaylik. Ko‘rinishidan bir marta yetti yillik muddat avtoritarizm yoki diktaturaga emas, balki demokratiya tomonga harakatdek. Qozog‘iston misolida bu nimani anglatadi?

Timur Umarov:

Aslida, bir marta yetti yillik muddat – prezident cheksiz vaqt davomida o‘z o‘rinda o‘tirmasligini oldini oladi deb tushuniladi. 2022-yildagi konstitutsiyaga ushbu o‘zgarish qabul qilingan. Shundan beri Qozog‘istonning amaldagi prezidenti Qosim-Jomart Toqaev prezidentlikni tugatishi va keyin boshqa lavozimga ketishi yoki umuman siyosiy maydondan chiqishi uchun 2029-yilgacha vaqti bor deb hisoblanadi.

Bu o‘zgarish konstitutsiyaga 2022-yil yanvar oyidagi siyosiy inqiroz davrida kiritilgan. U payti Qozog‘iston zamonaviy tarixida eng katta siyosiy inqirozlardan birini boshdan kechirganligini eslatib o‘taman. Bu inqirozdan prezident Qosim-Jomart Toqaev g‘alaba bilan chiqqan, albatta ODKB tinchlikparvarlari yoki, ochiqg‘ini aytganda, Vladimir Putin va Kreml yordami bilan. Shunday bo‘lsada, u tizimni yengishga, Qozog‘istonning yangi siyosiy maydonida mag‘lub bo‘lgan deb hisoblangan odamlarga qarshi kurashishga muvaffaq bo‘ldi. Hozirgi kunda ular siyosiy maydonda tobora kuchsizlangan, birinchi prezident Nursulton Nazarboevning atrofidagilar bo‘lgan deb ishoniladi.

Jamoatchilikning Toqaevga taqdim etgan asosiy talabi kuchli prezident hokimiyatiga, shaxsan Nazarboevga, shuningdek, potentsial ravishda hokimiyatni egallashi mumkin bo‘lgan har qanday shaxsga qarshi edi. Eslatib o‘taman, u payti Qozog‘iston ko‘chalariga qariyb 2 million namoyishchilar chiqqan edi. Shuning uchun bir martalik yetti yillik muddat cheklovi mantiqiy va, ehtimol, o‘sha paytda Toqaev prezident sifatida amalga oshirishi mumkin bo‘lgan yagona variant edi. Ushbu cheklov shu yilning 15-mart kuni qabul qilingan joriy konstitutsiyada ham saqlanib qolindi. Shu bilan biz hozirgi siyosiy rejim Qozog‘istonda prezident bir muddatga cheklanishini hisobga oladi deb xulosa qilishimiz mumkin. Ya’ni Qozog‘istonda hokimiyat o‘zgaruvchan bo‘lishi va prezident lavozimida bo‘lgan shaxs bir umr hokimiyat boshqaruvida bo‘lmasligi uchun asosiy kafolat bo‘ladi. Qisqasi, hozirgi prezident shunday deb hisoblaydi. Haqiqatda qanday bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.

Oleg Antonenko:

Bu o‘zgarish, Vladimir Putin holatidagi kabi, aslida prezident oldingi lavozimini tugatib, yana "qayta saylanishini" anglatadimi? Ya’ni, Toqaev yana bir bor yetti yillik muddatga qayta saylanishi mumkinmi? Yoki 2029 yil – u lavozimni buntunlay tark etadigan vaqtmi?

Timur Umarov:

Bu asosiy savol. Aslida, konstitutsiyani o‘zgartirish orqali Toqaev o‘z tomonida turli variantlarni qoldiradi, masalan u prezidentlikdan keyin qanday yashashini o‘zi belgilaydi. Va uning qanday qaror qabul qilishi o‘sha vaqtdagi vaziyatga bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga stsenariylardan biri, aslida "qayta saylanish" ga imkoniyat yaratish bo‘lib, bu uslubdan dunyo bo‘ylab ko‘plab avtoritar rejimlar, Lotin Amerikasi va Afrikadan tortib post-sovet davlatlarigacha, foydalanib keladi.

Bu yangilik yoki hayratlanarli holat emas. Bu eng ko‘p bashorat qilinadigan stsenariylardan biri bo‘ladi, ammo Qozog‘istonda jamoatchilik fikriga zid bo‘lgan stsenariy bo‘ladi. Chunki Qozog‘iston jamiyati boshqa Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan ancha faol va norozilikni faol namoyish qilgan. Ayniqsa, oldingi rahbariyatning xatti-harakatlariga qarshi chiqishlari bilan, Qozog‘iston jamiyati uchun yakka hokimlik qabul qilinmasligini bildirishgan. Tabiiyki, hokimiyatda qolish uchun hech narsaga o‘zgartirish kiritmasdan faoliyat olib borish, eng oson yo‘l hisoblanadi.

Boshqa stsenariylar konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlarni o‘rganish orqali Qosim-Jomart Toqaev o‘z xavfsizlik kafolatlarini qanday saqlashga harakat qilishini taxmin qilishingiz mumkin. Chunki hokimiyatni topshirish va tranzit masalasi, avtoritar rejimlarda, xususan Qozog‘iston kabi avtoritar rejimda, lavozimdan ketayotgan shaxs uchun xavfsizlik kafolati hisoblanadi.

Toqaev holatida prerzidentlikka qayta saylanishga yo‘l ochishdan tashqari, boshqa stsenariylar ham mavjud. Birinchi stsenariy – uning yangi maslahat organiga rahbar etib tayinlanishi, ya’ni Xalq-Kenesi rahbari vakolatida, ammo bu organ vakolatlari konstitutsiya matnida aniq ifodalanmagan. Biz amalda bu organ qanday ishlashini va qaysi vakolatlarni amalga oshirishini ko‘rishimiz kerak, konstitutsiyada yozilganlarni emas. Shu bilan, prezident lavozimidan ketib, Toqaev ushbu organ rahbari bo‘lish orqali o‘z xavfsizlik kafolatlarini saqlab qolishi va tizimdagi siyosiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ikkinchi variant – vitse-prezident lavozimida, siyosiy maydonga qaytadi. Toqaev bu lavozimga o‘ziga sodiq bo‘lgan shaxsini tayinlab, hokimiyatni o‘zidan unga o‘tkazishi mumkin. Shu bilan u mamlakatdagi voqealarga ta’sir qilish huquqini qoldiradi.

Qozog‘iston siyosiy doiralarida faol muhokama qilinayotgan ammo konstitutsiyada yozilmagan boshqa variantlar ham bor. Masalan, kelajakda Qosim-Jomart Toqaev BMT Bosh kotibi lavozimiga tayinlanishni xohlaydi degan tahminlar bor va bu holat uning uchun asosiy xavfsizlik kafolati bo‘lishi mumkin. Ya’ni bu varinatda u Qozog‘iston siyosiy maydonidan chiqib, BMT rahbari bo‘lishi ko‘zda tutiladi. Shu bilan u xalqaro xavfsizlik kafolatlariga ega bo‘ladi, ichki Qozog‘istonda emas, shuningdek, siyosiy maydondan xavfsiz chiqadi.

Oleg Antonenko:

Qozog‘iston tajribasi shuni ko‘rsatdi-ki, u Elbasi lavozimiga o‘tdi, milliy liderlik, hukumat Toqaevga topshirildi, shunday emasmi? Shundan so‘ng, 2022-yilda Qozog‘istondagi namoyishlar va tartibsizliklar bo‘lib o‘tdi va keyin konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritildi, shundan keyin Elbasining lavozimi ham olib tashlandi. Nazarbaevning ta’siri ham to‘xtatildi. Agar vitse-prezident lavozimi ham shunga o‘xshash variant bo‘lsa, Toqaev o‘zining xavfsizligini kafolatlaydi, yoki masalan BMT Bosh kotibi bo‘lishi mumkin. Shu bilan u xalqaro xavfsizlik kafolatlariga ega bo‘ladi, ichki Qozog‘istonda emas albatta, shuningdek, siyosiy maydondan xavfsiz chiqadi. Ammo Qozog‘istonda bunday narsalarni oldindan aytish juda qiyin. Shunday emas-mi?

Timur Umarov:

Ha huddi shunday, siyosiy maydonda har qanday burilish bo‘lishi mumkin, Toqaev buni tushunadi, shuning uchun u siyosat sahnasida obro‘yini saqlash maqsadida o‘zida turli stsenariylarni qoldiradi. U o‘zining sobiq rahbari Nazarbaev kabi, qonunda qat’iy ko‘zda tutilgan xafsizlik kafolatiga ega bo‘lmaydi. Haqiqatan ham, Nazarboev davrida hokimiyatni topshirish o‘ta oddiy stsenariy bo‘lgan, u Xavfsizlik kengashiga rahbar bo‘lgan, Toqaevni prezident qilgan va ma’muriy resurslar orqali uning saylanishiga yordam bergan.

Ammo Toqaev faol prezident, Nazarboev esa tupikka kirib qolgan edi, unda boshqa variantlar qolmagan edi. Ana shular bevosita 22-yanvar voqealariga olib keldi, Nazarboev atrofidagi odamlar ta’sir yo‘qolishini tushundilar, chunki Nazarboev tizimni tark etishi ko‘zda tutilgan edi. Ular Toqaevni xush ko‘rmas edilar. Nazarbaev esa, asta sekin barcha faoliyatini Toqaevga topshira boshlagan edi. Ular rejalarimiz hali amalga oshmadi deya kuch ishlatib o‘z rejalarini amalga oshirishga harakat qildilar, ammo muvaffaqiyatga erishmadilar. Ular kutmagandek, Toqaev o‘zini tinchlikparvar qilib ko‘rsatdi. Shundan kelib chiqib, Toqaev o‘ziga turli imkoniyatlarni qoldiradi, faqat bir stsenariy bilan hukumatni topshirmaydi, ya’ni hozir voris nomi bizga malum emas, u lavozimni tark etadimi yoki qoladimi, hali-hamon mavhum qolmoqda.

Shu noma’lumlik Toqaevga bir tomondan siyosiy ijod uchun keng maydon yaratib beradi, ikkinchi tomondan esa Tokaev 22-yanvar voqealariga olib kelgan xatolarga yo‘l qo‘ymasligiga imkoniyat beradi. Ya’ni Toqaevning tizimdagi norasmiy aloqalari, yuqori lavozimda uning qarindoshlari borligi, ularning ta’siri ostida tizimga sodiqlik hamda xavfsizlik kafolatini ilgari surishi mumkinligi haqida ma’lumot yo‘q.

Albatta ko‘zga ko‘ringan lavozimdagi qarindoshlari bor, ammo ularni Nazarboev davridagi tanish-blishichilik va urug‘chilikka tenglab bo‘lmaydi, shuning uchun tom ma’noda Toqaev uchun potentsial mojaro oldi olinadi. Shunday ekan, Toqaev atrofidagi texnokratlar Toqaev ularga qanday variant taklif etsa, shuni qabul qilishadi. Ya’ni tushunilishicha, sobiq prezident holatidagi mojaroga olib kelgan muammolar Toqaev boshqaruvida bo‘lmaganligi potentsial mojaroning oldini oladi.

Oleg Antonenko:

Sizning aytganingizdan kelib chiqqan holda, bu mavhumlik, siyosiy jihatdan, Toqaev qaysi yo‘lni tanlashini aniq ko‘rsatmaydi. U haqiqiy reformator bo‘lishi mumkin, qarindoshlarni tayinlamaslik, yetti yildan keyin ketadigan, va demoktratik bo‘lmasada, demokratiyaga intiladigan siyosiy tizim yaratishi mumkin, yoki qat’iy avtoritar yoki diktatura yo‘lni ham tanlashi mumkin. Masalan Turkmanistondagi kabi, Markaziy Osiyo davlatlarida har hil misollar bor, Kirg‘izistondagi yoki Tojikistondagi kabi. Hozir unda manyovr qilishga maydon mavjud. Biz uning qanday qadam tashlashini bilmaymiz. Lekin barcha o‘zgarishlar ikki palatali parlamentdan voz kechib, bir palatali parlamentga o‘tish bo‘ldi. Senat yo‘qotilib, uning o‘rniga yangi organ shakllantiriladi. Bu organ a’zolari esa prezident tomonidan tayinlanadi. Bu demokratiyaga o‘xshamaydi. Chunki bu organ faqat maslahat berish emas, balki qonun qabul qilish vakolatiga ham ega bo‘ladi deb tushuniladi.

Timur Umarov:

Ha, aslida, men reformator yoki reformator emas degan terminologiyani ishlatmaslikni istardim, chunki bu voqealarni ancha soddalashtiradi. Toqaev boshqa Markaziy Osiyo prezidentlariga o‘xshamaydi, u hokimiyatga faqat sodiq texnokrat sifatida kelgan. 2019-yildan beri Qozog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar butun sobiq ittifoq davlatlarida, avtoritar davlatlar fuqarolari uchun muhim deya tushunishadi.

Chunki bu misolda tranzitni qanday amalga oshirish mumkinligini ko‘rish mumkin. Doimo hokimiyatda bo‘lgan odam ham muhim bir qarorni qanday qabul qilishi mukinligi , buning uchun u nima to‘lashini va undan nima yutib olishi mumkinligini yaqqol ko‘rish mumkin. Shu nuqtai nazardan, agar biz, Qozog‘istonda sodir bo‘lgan tranzitga qarasak, umumiy holda, bu ish berdi deb aytish mumkin. Tranzit sodir bo‘ldi, Nursultan Nazarbaev ko‘rinish beryapti, konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish uchun ozov beryapti, Vladimir Putin bilan uchrashyapti. Bu haqda ochiqdan-ochiq Kreml veb saytlari yozyapti. Bu o‘z navbatida unda ma’lum bir darajada ta’sir qilish kafolati saqlanib qolgan deyish mumkin. Shuning uchun nazarimda bu tranzitni mutlaqo muvaffaqiyatsiz deb bo‘lmaydi. Shu sababli, Toqaev bu vaziyatda aniq bir ambitsiyalarsiz, 2022-yildagi siyosiy inqirozdan foydalanib, oddiy texnokrat va ijrochidan haqiqiy siyosiy aktyorga aylanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Biz hozir Toqaening ichki transformatsiyasini va siyosatini kuzatyapmiz, uning harakatlarini, nutqi qanday o‘zgaryapti, u boshchilik qilgan tizimda o‘zini qanday saqlayapti va shu tizimni kelajakda shakllantirishga urinishi qanday bo‘lishini ham kuzatyapmiz. Bu jarayon yanada institutsional bo‘ladi. Ehtimol, aytayotganlarim Toqaevning obro‘sini kamaytirishga intilayoganimdek tuyilar, lekin men shunchaki Toqaevning o‘zi joylashgan pozitsiyani tushuntirishga harakat qilyapman.

Uning qo‘lida nafaqat ko‘p resurslar bor, balki Toqaev bu tizimning garovi bo‘lib qolgan. Ya’ni Toqaev o‘yin qoidalarini belgilashda ma’lum bir rol o‘ynaydi. Birinchidan, u bir tomondan qonunlarni o‘zgartirishga harakat qiladi, shunda bu qonunlar unga kelajakda xavfsizlik kafolatini beradi va tizimni barqaror rivojlantirishni ta’minlaydi. Masalan, qonunlarni kuchsizlantiruvchi harakatlarni amalga oshiradi, deylik Qozog‘istonning asosiy qonuni, Konstitutsiyani, juda oson o‘zgartiriladigan qonun qiladi, bu esa jamoatchilik oldida uning obro‘yiga putur yetkazadi. Shu bilan birga, Toqaev prezidentligi bizga, institutlar faqat rasmiyatchilik uchun bo‘lgan, va real hukumatni namoyon etmay, unga haqiqiy kuch bermaydigan davlatda aylanma jarayon mumkinligini ko‘rsatadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkin-ki, Toqaevning qabul qilgan qarorlari shunchaki islohot emas, balki siyosiy maydonda omon qolishga harakat, shaxsan o‘zi uchun, va ham tizim uchun.

Siz aytgan xalq kengashi, Xaliq-Kinesi, aslida jamoat kengashi bo‘lib, qonun tashabbusiga ega va kelajakda parlament qabul qilishi mumkin bo‘lgan qonunlarni taklif qiladi. Shu sababli, u ma’lum vakolatlarga ega. Bundan tashqari, Xaliq-Kinesiga kiradigan odamlarni Toqaev shaxsan saylaydi. Texnik nuqtai nazardan, bu Senatning almashtirilishi hisoblanadi, chunki Senat Konstitutsiyadagi to‘liq vakolatga ega emas edi, lekin texnik jihatdan rol o‘ynadi.

Qozog‘istonda yuqori lavozimli rasmiylar nafaqaga chiqqanda u yerga o‘tib ishlaydi, ya’ni nafaqaga butunlay chiqmaydi va tizimga ta’sir qilib, ba’zi resurslarga ega bo‘lishi mumkin, o‘z manfaatlarini, masalan shaxsiy biznesini oldga surish maqsadida. Bunday organ Qozog‘iston uchun kerak edi, chunki siyosiy maydondagi odamlar qariydi va nafaqaga chiqishi kerak. Boshqa avtoritar davlatlardagi kabi Qozog‘istonda rotatsiya tizimi mavjud bo‘lmagani uchun, bunday institut davlat uchun muhim. Texnik nuqtai nazardan, bu Senatning almashtirilishi, huquqiy nuqtai nazardan, bu Toqaevning kelajakda barcha institutlarni prezidentga javobgar qilib ushlab turish uchun "B" rejasi hisoblanadi. Lekin ular orasida ham raqobat bo‘lishi zarur, bu organdagi institutlararo raqobat bo‘lsagina Toqaev turli institutlarga turli bosim vositalarini qo‘llay oladi.

Oleg Antonenko:

Konstitutsiyaning yangi tahriri Qozog‘iston qo‘shnilari – Rossiya va Xitoy, shuningdek Markaziy Osiyo davlatlariga qanday signal beradi? Bu faqat ichki siyosatmi yoki tashqi siyosat ham-mi?

Timur Umarov:

Menimcha, Konstitutsiya o‘zgartirilganda, Qozog‘iston rahbariyati qo‘shnilarning manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘ymagan. Bundan til masalasi istisno, chunki Rossiya til siyosatiga aralashishni yoqtiradi. Qolgan o‘zgarishlar ichki siyosiy haqiqatlar asosida qabul qilingan. Shu bilan birga, Qozog‘iston mintaqaviy va xalqaro maydonda faol, shuning uchun qabul qilingan Konstitutsiya bu tendentsiyalarga mos keladi. Birinchidan, an’anaviylik kuchayganini ko‘ramiz. Konstitutsiyaning kirish qismida ming yillik tarix va turmush an’analari haqida aytilgan. Shu tendentsiya boshqa konstitutsiyalarda ham kuzatiladi. Masalan, O‘zbekistonda ikki yil oldin katta o‘zgarishlar bilan Konstitutsiya qayta yozilgan. Rossiya ham 2020-yilda Konstitutsiyasini qayta yozib, an’anaviy qadriyatlarni kiritgan. Bu tendentsiya dunyo bo‘ylab, shu jumladan AQSh va Yevropada ham kuzatiladi. Markaziy Osiyo va Qozog‘istonda ham shunday tendentsiya bor. Shu bilan birga, ichki qonunlar xalqaro qonunlardan ustun qo‘yiladi, bu barcha sobiq ittifoq davlatlarida kuzatiladi. Shuning uchun, Qozog‘iston qo‘shnilarga signal yuborishga urinayotgani yo‘q, bu boshqa davlatlardagi tendentsiyalarga moslashishdir.

Turmush erkak va ayol birligi sifatida Konstitutsiyada belgilangan, Qozog‘iston qonunlari xalqaro qonundan ustun, partiyalar va siyosiy harakatlar xorijiy mablag‘ bilan moliyalashtirilishi noqonuniy deya belgilangan. Bu boshqa sobiq sovet respublikalarida ham sodir bo‘lmoqda. Toqaev yangi Konstitutsiya loyihasini muhokama qilishni va 2026-yil davomida o‘zgarishlar qilishni rejalashtirgan. Avtokrat davlatlar rahbarlari tezkor va kutilmagan o‘zgarishlar bilan harakat qilishni afzal ko‘radi, shunda tanqidchilar o‘zini tayyorlay olmaydi. Shu sababli, Konstitutsiya matni 22 kunda tayyorlangan va 15-martda qabul qilingan. Aksar holda yana norozilik namoyishlari kuzatilishi mumkin edi. Bunday tezlik jamiyatning tanqidiy qarashini oldini olish uchun amalga oshirilgan.

Hukumat odamlar va boshqa institutlar konstitutsiyadagi o‘zgarishlarini anglab yetib, unga qarshi fikr bildirishini xohlamagani aniq. Bu konstitutsiyaga islohotlar bunday tezlikda kiritilishining asosiy sababi. Balki boshqa sabablar ham bordir, masalan siyosatchilarning kalendarida qandaydir sanalar belgilangan bo‘lishi mumkin, lekin bu kabi ma’lumot bizga ma’lum emas. Muhimi, Konstitutsiya qisqa muddatli muammolarni hal qilish vositasi sifatida ishlatiladi, asosiy qonun sifatida emas. U yuz yillab o‘zgarishsiz saqlab turilmaydi. Lekin bunday yondashuv Qozog‘istondagi siyosiy tizimning barqarorligiga zarar beradi va yangi prezident kelib, siyosiy qoidalarni osonlik bilan o‘z manfaatida o‘zgartirishi mumkin. Bu degani hech qanday qoidalar saqlanmaydi, va yangi kelgan shaxs ularni qayta yozishi mumkin.

Oleg Antonenko:

Ko‘rinishidan, agar u norozilik namoyishlari muammosini hal etsa, unda butun jarayon u uchun oson bo‘ladi. Shunday masmi?

Timur Umarov:

Xuddi shunday, biz buni Qozog‘istonda ham, va boshqa avtoritar siyosiy rejim hukmronlik qilgan boshqa davlatlarda ham kuzatyapmiz. Masalan, Belorusiyada 20-yillardagi ommaviy noroziliklar oqibatida davlat jar yoqasida turgan edi. Undan buyon juda ko‘p voqealar sodir bo‘ldi, lekin u davlat nafaqat o‘z hukumronligini saqlab qoldi, balki uni kuchlantirdi. Konstitutsiyani qayta yozishdi, bu bilan davlat naqafat ichki siyosatini qattiq ramkaga soldi, balki o‘z o‘rnida Rossiya va Yevropa orasidagi siyosiy o‘yinlar kabi, xalqaro sahnada ham rol o‘ynashga harakat qilmoqda. AQSh bilan yaqinlashishga ham intilmoqda. Shunday ekan, Belorusiyada sodir bo‘layotgan voqealarni yaqin kelajakda Qozog‘istonda ham kuztish mumkin bo‘ladi.

Shunday ekan bu o‘zgarishlar haqida qator savollar paydo bo‘ladi.

Qozog‘istondagi konstitutsiyaviy o‘zgarishlar haqiqatan ham siyosiy tizimni ochiqroq va raqobatbardosh qiladi-mi, yoki bu faqat hokimiyat tizimini yangicha shaklda mustahkamlashmi?

Qozog‘istondagi siyosiy islohotlar Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar, jumladan O‘zbekiston uchun ham namuna bo‘la oladimi - yoki har bir davlat o‘z yo‘lidan ketishi kerakmi?