You’re viewing a text-only version of this website that uses less data. View the main version of the website including all images and videos.
Futbol bo‘yicha jahon chempionatini VVS bilan kuzating
Futbol bo‘yicha jahon chempionatlari tarixida ilk bor turnir bir vaqtning o‘zida uch mamlakatda — AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi.
Yana bir muhim o‘zgarish — ishtirokchi jamoalar soni 32 tadan 48 taga oshirildi.
Jahon chempionati 11 iyun kuni Mexikoda boshlanadi, final esa 2026 yil 19 iyul kuni AQShning Nyu-Jersi shahrida bo‘lib o‘tadi.
O‘yinlar 16 ta shaharda o‘tkaziladi.
AQShda bellashuvlar Atlanta, Boston, Dallas, Hyuston, Kanzas-Siti, Los-Anjeles, Mayami, Nyu-York, Filadelfiya, San-Frantsisko va Sietl shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
Meksikada o‘yinlar Gvadalaxara, Mexiko va Monterreyda, Kanadada esa Toronto va Vankuverda o‘tkaziladi.
Bu yerda siz JCh–2026 o‘yinlari natijalarini ular o‘tkazilishi davomida kuzatib borishingiz mumkin: jadval real vaqt rejimida yangilanadi.