Afg‘on ayol "xorijlik terrorist" sudi orqali AQShdan deportatsiya qilindi

Surat manbasi, Getty Images
- Author, Maks Matza
- Published
- O'qilish vaqti: 3 daq
Texasda istiqomat qilib, AQShda doimiy yashash huquqiga ega bo‘lgan afg‘onistonlik ayol mamlakatdan deportatsiya qilindi. Bu maxfiy suddan foydalanilgan ilk holat bo‘ldi.
47 yoshli Nazira Hoji Zoda AQSh Adliya vazirligi va uning advokatlari ma’lumotiga ko‘ra, Chet ellik terroristlarni mamalakatdan chiqarib yuborish sudida o‘z ishini himoya qilishni davom ettirish o‘rniga mamlakatni tark etishni tanlagan.
End of Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzating:
Xorijlik terroristlarni mamalakatdan chiqarib yuborish sudi 1996 yilda tashkil etilgan bo‘lsa-da, iyul oyidagi muhokamalarga qadar biror ishni ko‘rib chiqmagan edi. U milliy xavfsizlikka oid maxfiy dalillar mavjud bo‘lgan terrorizm bilan bog‘liq ishlarda AQSh fuqarosi bo‘lmagan shaxslar uchun mo‘ljallangan.
Nazira Hoji Zodaning advokatlari mazkur ish AQSh Konstitutsiyasida kafolatlangan adolatli sud jarayoni huquqini buzganini ta’kidladi.

Surat manbasi, Getty Images
Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan Nazira Hoji Zoda hech qachon jinoyatda ayblanmagan. Biroq prokurorlar uning o‘g‘li va kuyoviga qarshi ish ochib, ularni terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarda aybdor deb topishgan. Uning o‘g‘li Abdulloh Hoji Zoda va kuyovi Nosir Ahmad Tavhed 2024 yilgi saylov kuni o‘zini "Islom davlati" deb ataydigan guruhdan ilhomlanib ommaviy otishma uyushtirish rejasini tuzganlikda aybdor deb topilgan.
Texasning Fort-Uert shahrida yashab kelgan Nazira Hoji Zoda prokurorlar tomonidan oilani "radikallashtirish" uchun ish olib borgan guruhning "matriarxi" sifatida ta’riflangan.
Juma kuni e’lon qilingan bayonotda Adliya vazirligi Nazira Hoji Zoda "xorijlik terrorchi ekanini tan olgani va mamlakatdan chiqarib yuborish qarori bo‘yicha shikoyat qilish huquqidan voz kechgani, shu bilan uning avvalgi immigratsiya maqomi tugatilgani"ni ma’lum qildi.
Mijozimizning deportatsiyaga rozilik berishi ushbu sudning qonuniyligini ma’qullash sifatida qabul qilinmasligi kerak.
"Asosiy ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur ish, ushbu chet ellik terrorchining o‘z vataniga tezkor tarzda chiqarib yuborilishi bilan yakunlanib, milliy xavfsizlik va qonun ustuvorligi uchun g‘alaba bo‘ldi", dedi AQSh bosh prokurori Todd Blansh.
"Terrorizmni qo‘llab-quvvatlaydigan va uni oqlaydiganlar AQShda yashamasligi kerak. Chet ellik terroristlarni mamalakatdan chiqarib yuborish sudidagi ushbu ilk ish vazirlik mamlakatimizni himoya qilish uchun ixtiyoridagi barcha vositalardan qanday foydalanishini ko‘rsatadi".
Sud tomonidan tayinlangan advokatlar ularga mazkur ish bo‘yicha dalillar bilan tanishish imkoni berilmaganini aytdi.
"Mijozimizning deportatsiyaga rozilik berishi ushbu sudning qonuniyligini ma’qullash sifatida qabul qilinmasligi kerak", dedi davlat himoyachilari Mettyu Farli va Meri Menning Petras The Washington Post nashriga bergan bayonotida.
"Qonuniy doimiy yashash maqomiga ega shaxslarni sudga tortib, keyin esa ularga yoki ularning advokatlariga qarshi qo‘llaniladigan dalillarni ko‘rsatmaslik adolatli sud jarayonining ochiqdan-ochiq buzilishidir. Sudya ushbu masalani ko‘rib chiqishi bilanoq, Chet ellik terroristlarni mamalakatdan chiqarib yuborish sudi Konstitutsiyaga zid deb topilishiga ishonamiz", dedi ular.





























