Eronda oliy rahbar Ali Xomanaiy uchun ommaviy motam boshlandi

Ayollar Eronning marhum oliy rahbari Ali Xomanaiy hamda uning oila a’zolari tobutlari yonida yig‘lamoqda.

Surat manbasi, Reuters

    • Author, Tabbi Uilson
  • Published
  • O'qilish vaqti: 2 daq

Eron AQSh va Isroil fevralda uyushtirgan hujumlarda halok bo‘lgan sobiq oliy rahbari Oyatullo Ali Xomanaiy uchun bir necha kunlik ommaviy motam va dafn marosimlarini boshladi.

Marhum oyatulloning jasadi juma kunidan boshlab Tehrondagi Katta Musalloda (ommaviy namoz o‘qiladigan va davlat marosimlari o‘tkaziladigan yirik diniy majmuada) jamoatchilik bilan xayrlashuv uchun qo‘yiladi.

Frans Press agentligi ma’lumotiga ko‘ra, rasmiylar dafn marosimiga Eronning turli hududlaridan 20 milliongacha kishi kelishi mumkinligini bildirgan.

Marosim Eron va AQSh iyunь oyida mojaroni to‘xtatish bo‘yicha dastlabki kelishuvni imzolagandan keyin amal qilayotgan, ammo hali ham mustahkamlanmagan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi davrida o‘tmoqda.

Skip Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz and continue readingIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

Uning jasadi AQSh va Isroilning fevraldagi zarbalarida halok bo‘lgan oila a’zolari jasadlari bilan birga uch kun davomida Tehrondagi Katta Musalloda saqlanadi.

Shanba kuni Tehronda rasmiy dafn marosimi o‘tkaziladi.

Frans Press agentligi xabar qilishicha, hukumat Tehrondagi davlat va xususiy idoralarni shanbadan dushanbagacha yopishni buyurgan. Shuningdek, harakat cheklovlari sababli shahar markazining katta qismida xususiy avtomobillar harakati taqiqlanadi.

Tehron havo hududi juma kunidan qisman, dushanba kuni esa to‘liq yopiladi.

Shundan so‘ng tobutlar Mashhadga olib ketilishidan avval Iroqning muqaddas shaharlari - Najaf va Karbaloga ham olib boriladi.

Xomanaiyning o‘rniga oliy rahbar etib uning o‘g‘li Mujtabo tayinlangan. Biroq u bu lavozimni egallaganidan buyon hali jamoatchilik oldida ko‘rinish bermagan.

Dafn marosimiga kimlar borishi kutilmoqda

Marosimlarda bir qator mamlakatlar rahbarlari va rasmiy vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ular orasida Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bor.

Markaziy Osiyodan Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Tehronga yetib borgan.

O‘zbekistondan esa parlament Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi rasmiy delegatsiya Eronga yo‘l olishi xabar qilingandi.