O'zbekiston: O'zbeklar marhum va hozirgi prezidentini xafa qilishni istashmayotgandek...

Площади Регистан - жемчужина Самарканда.
    • Author, Ben Tavener
    • Role, Bi-bi-si, O'zbekiston
  • Published
  • Ўқилиш вақти: 10 дақ

"Kelishimiz haqida ularni ogohlantirishgandek tuyildi menga."

Jurnalist-hamkasblarimdan biri Toshkent aeroportining pasport nazorati boʻlimida bizni kutib turgan qator telekameralar tomon ishora qiladi.

Mahalliy jurnalistlar yuzimizga mikrofon keltirib, savol beradilar: "Sizningcha, Oʻzbekiston ommaviy sayyohlikning yangi manziliga aylana oladimi?"

Javob qaytarmay, chetroqqa oʻtib ketishga muvaffaq boʻldim.

Tasvirchimiz Maksim va men britan jurnalistlari uchun tashkil etilgan Oʻzbekiston boʻylab rasmiy sayohatga taklif qilingan edik.

Olti kunlik sayohat davomida Oʻzbekistonning afsonaviy tarixi va madaniyatidan hikoya qiluvchi qadimiy obidalar hamda mahalliy hunarmandchilik ustaxonalarni borib koʻrishimiz rejalangan edi.

Biz Maksim bilan hech ikkilanmay, ushbu moʻjizakor mamlakatga taklifni qabul qildik: soʻnggi 10 yil davomida Bi-bi-sida Oʻzbekistondan koʻra Shimoliy Koreya ichidan turib, reportajlar tayyorlash imkoni koʻproq boʻldi.

Ўтказиб юборинг YouTube пост
Google YouTube контентига рухсат бериш

Айни мақолада Google YouTube томонидан тақдим қилинган контент мавжуд. Биз бу контент юкланмасидан аввал сизнинг розилигингизни сўраймиз, чунки улар куки ва бошқа технологиялардан фойдаланган бўлиши мумкин. Сиз Google YouTube ҳаволасида кукиларга доир ва шахсий маълумотларга оид қоидалар ҳақида аввал ўқиб, кейин қабул қилишга рози бўлишингиз мумкин. Кўриш учун “қабул қилиш ва давом этиш”ни танланг.

Огоҳлантириш:Учинчи манба материалида реклама бўлиши мумкин

Охири YouTube пост

Ehtimol, hozirga kelib, nimadir oʻzgargan boʻlsa, ajab emas.

"Toshkentga xush kelibsiz! Marhamat, istagan savolingizni beravering. Faqat, agar iloji boʻlsa, provokatsion savollarni emas."

Xmmm, men biroz shoshilgan koʻrinaman? Jurnalistlar bir koʻz urishtirib oladilar.

Kelishimiz hamon muloyim tushuntirishlaricha, bizning vazifamiz - Oʻzbekistonning sayyohlik imkoniyatlari haqida hikoya qilish.

Buyuk Ipak Yoʻli kimga manfaat keltiradi?

Islom Karimov oʻlimidan soʻng ikki yil muqaddam qudratga kelgan amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonni butun dunyo uchun ochishni istashini aytadi. Shu yerda mamlakatning xalqaro sayyohlik bozorida ulkan salohiyatga ega ekani yodga tushadi.

Rasmiy statistik maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yili Oʻzbekistonga 2,5 million sayyoh tashrif buyurgan.

Ammo - bu aynan katta "ammo" - agar sobiq SSSR davlatlaridan kelgan sayyohlar soni ayirib tashlansa, bu raqam u qadar jozibador koʻrinmaydi.

Misol uchun, 2018-yilning birinchi oʻn oyi ichida Shimoliy va Janubiy Amerikadagi barcha davlatlardan Oʻzbekistonga atigi 10 mingga yaqin sayyoh kelgan. Shunga qaramay, bu raqam oʻtgan yildagiga nisbatan 50 foizga oshgan.

"Uzoq xorij"dan kelayotgan sayyohlar oqimining ortishi xalqaro matbuotda mamlakat toʻgʻrisidagi ijobiy fikrlar koʻpaygani bilan bogʻliq.

Oʻzbekistonni xavfsiz, tarixiy va dam olish uchun ekzotik maskan, deb ataydilar. 2019-yilda eng zoʻr sayyohlik manzillari boʻlishi kutilayotgan davlatlar ichida, Lonely Planet onlayn yoʻlkoʻrsatkichi versiyasiga koʻra, Oʻzbekiston faxrli ikkinchi oʻrinni egallagan.

Buxoro

Oʻzbekiston hukumati, shubhasiz, turizm sanoatini rivojlantirish masalasiga jiddiy eʼtibor qaratmoqda - yangi tezyurar poyezdlar va aviareyslar qatnovi yoʻlga qoʻyilmoqda, oʻnlab davlat fuqarolari uchun onlayn rejimda viza olishning yengillashtirilgan tartibi joriy qilinmoqda, 300 ta yangi mehmonxona bunyod etilmoqda.

Prezident Mirziyoyev turizmni rivojlantirishga shuncha mablagʻ sarflash orqali Oʻzbekiston va Buyuk Ipak Yoʻli oʻrtasidagi tarixiy aloqadan imkon qadar koʻproq manfaat koʻrish va "Oʻrta Osiyo Shimoliy Koreyasi" obrazini oʻtmishda qoldirishni istayotganini anglash qiyin emas.

Madrasa, metro va 400 kilo osh

Toshkent Oʻzbekistondagi turizmning asosiy markazi emasligiga qaramay, menga shaharning islom va sovet uslubi uygʻunligidagi arxitekturasi, ayniqsa, Chorsu bozori va muhtasham metro bekatlari manzur boʻldi.

Aytishlaricha, Bi-bi-si jamoasi Toshkent metrosida tasvirga olish uchun izn olgan ilk xorijiy guruh bo'lgan.
Сурат тагсўзи, Aytishlaricha, Bi-bi-si jamoasi Toshkent metrosida tasvirga olish uchun izn olgan ilk xorijiy guruh bo'lgan.

Yana Qurʼonning qadimiy nusxasi saqlanadigan Xasti Imom diniy kompleksi ham bor. Oʻzbekistonda ziyorat turizmini rivojlantirish haqida muhokamalar allaqachon boshlangan.

Biroq sayyohlarning baʼzi noqulayliklarga koʻnikishiga toʻgʻri keladi: ular hamma yerda ham Wi-Fi topa olmaydilar va kredit kartalarini ishlatolmaydilar.

Muomaladagi eng yirik kupyura - 50 ming soʻm - qisqa vaqt oʻzingiz boy his qilishingizga yetadi, xolos. Bu kupyuraning qiymati atigi 6 dollar yoki 400 rublga teng.

Ammo bu yerda mayda qiymatdagi kupyuralar keng tarqalgan va qaytim oʻrnida sizga bir dunyo pul berishlari ham mumkin.

Aytishlaricha, yaqin vaqtlarga qadar muomaladagi eng yirik kupyura 5 ming soʻm boʻlgan va siz yaxshi tushlikka haq toʻlash uchun oʻzingiz bilan bir qop pul koʻtarib yurishingizga toʻgʻri kelgan.

Uch tonna palov

Toshkent bizni 32 daraja issiq bilan qarshi oldi. Biroq harorat ertasi kuni 10 daraja issiqqacha tushib ketdi va yomgʻir quya boshladi. Biroq biz otlanayotgan manzil iliq, quruq va, tom maʼnoda, qaynab turgan edi. Oʻzbekistonning milliy gʻururi bilan tanishish vaqti keldi - palov.

Oshpaz Mirkomil Mahmudov 21 yildan beri Toshkentdagi "Osh markazi"da palov tayyorlaydi.

Bizning bugungi vazifamiz - u bilan birga 400 kilogram toʻy oshini tayyorlash. Qozonning kattaligi eniga 2,6 metrni tashkil qiladi.

Mirkomil qozonga katta qilib boʻlaklangan qoʻy goʻshtini tashlay boshladi. Ortidan shirin sariq sabzi, noʻxat, mayiz, ziravorlar va… bir necha togʻora guruch tashlandi.

Oshpaz Mirkomil Mahmudov Toshkentdagi "Osh markazi"da 400 kilolik bayram palovini suzmoqda.
Сурат тагсўзи, Oshpaz Mirkomil Mahmudov Toshkentdagi "Osh markazi"da 400 kilolik bayram palovini suzmoqda.

"Uyda palov pishirmaymiz - bu yerdagi bemalol yetadi," hazillashadi bizning oshpaz. Bir vaqtning oʻzida u goʻsht boʻlaklarini epchillik bilan aylantiradi, ularning har biri yaxshilab qovurilishiga ishonch hosil qiladi. Ot goʻshtidan tayyorlangan kolbasa va bedana tuxumlari xuddi simfoniyaning yakuniy ohanglari kabi eng oxirida taomga qoʻshiladi.

Men ot goʻshtidan tayyorlangan kolbasa boʻlagini ehtiyotkorlik bilan laganning chetiga suraman: britaniyaliklar buni nimaligini aniq tushunmaydi, oʻylayman men.

400 kilo oshni tayyorlash uchun toʻrt soat vaqt sarflandi va taom mijozlarga atigi bir soat ichida sotib boʻlindi. Markaz mahalliy odamlar va Qozogʻiston hamda Rossiyadan kelgan mehmonlar bilan toʻla. Olis yurtlardan kelgan bir necha sayyohni koʻrdim, xolos - fransuz er-xotin.

Palov ajib is taratar va uning taʼrifga til ojiz taʼmidan totganimdan soʻng boʻlsa, har kuni oʻylab oʻtirmasdan yerdim, degan fikr oʻtadi хayolimdan.

Lekin shu vaqtda bizga hamrohlik qilayotgan yoʻl boshlovchining oʻzbek taomini har kuni ham bizga berishmasligi, chunki u "goʻsht, goʻsht va yana goʻsht" ekani haqida aytganlari yodimga tushadi.

Bu yoʻl boshlovchi birga ishlagan soʻnggi gʻarblik sayyohlar guruhi har kuni oʻzbek milliy taomlarini soʻrayvergan va, natijada, uchinchi kuni hammasining oshqozoni ogʻrib qolgan ekan.

Biz yoʻl boshlovchimizning maslahatiga quloq solib, vaqti-vaqti bilan Sezar salatini buyurtirib turdik.

Qazilma ishlari maydonidagi bolalar oʻyini

Poytaxtdan uchib ketayotgan paytimiz Toshkent aeroportini quyuq tuman qoplab oldi, ammo baribir tuman orasidan uchish yoʻlagi yonida turgan qoʻriqchini koʻrib qoldim. Uning qoʻlida… avtomat bor edi. Ular bu bilan kimni qoʻrqitishmoqchi? Balki gʻarblik jurnalistlarnidir?

Qisqa vaqtga choʻzilgan parvozdan soʻng biz Buyuk Ipak Yoʻlining qoq markaziga qoʻndik.

Buxoroning butun tarixiy markazi UNESCO tomonidan jahon merosi hisoblanadi - va bir zumda nega bunday ekani oydinlashadi.

"Nihoyat sayyohlik qoʻllanmasida tasvirlangan Oʻzbekiston koʻrindi," xitob qiladi hamkasblarimdan biri.

Masijidi Kalon minorasidan Buxoroning tarixiy markazi ko'rinishi
Сурат тагсўзи, Masijidi Kalon minorasidan Buxoroning tarixiy markazi ko'rinishi
Abdulaziz xon madrasasi Buxoro tarixiy markazidagi yuzlab diniy va me'moriy obidalardan biri.
Сурат тагсўзи, Abdulaziz xon madrasasi Buxoro tarixiy markazidagi yuzlab diniy va me'moriy obidalardan biri.

Kun tartibimiz juda tigʻiz: choyxonalar, toʻqimachilik va qoʻgʻirchoq tayyorlash ustaxonalarini borib koʻrishimiz kerak.

Tabiiyki, Buxoroda sayyohlar ancha koʻp - biz Germaniya, Meksika va Britaniyadan kelgan sayyohlar bilan toʻqnash keldik.

Buxoro markazi kishini hayratga soladi. Biroq tarixiy meʼmoriy obidalarga boʻlgan munosabat taassurotni buzadi.

Magʻoki Attori nafaqat Buxoro yoki O'zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda eng qadimiy masjid bo'lishi mumkin.
Сурат тагсўзи, Magʻoki Attori nafaqat Buxoro yoki O'zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda eng qadimiy masjid bo'lishi mumkin.

Masalan, Buxoro va butun Oʻzbekiston, ehtimol, Markaziy Osiyodagi eng koʻhna masjidlardan biri - Magʻoki Attorini olaylik. Bu Islom dunyosi va, qisman, zardushtiylik va yahudiylik diniga taalluqli omon qolgan eng noyob yodgorliklardan biridir. Hozirda masjid gilamlar muzeyiga aylantirilgan va bu biror ijobiy taassurot uygʻotmaydi.

Masjid yonida bolalar XVI va XVIII asrlarga oid qazilma maydonida oʻynab yuribdi.

Yaqin atrofda sovet davriga xos boshqa binolar joylashgan. Ularni ham esdalik sovgʻalar savdosi bilan shugʻullanuvchi doʻkonlar egallab olgan.

Sayyohlar nazarida Buxoro oʻzgarmoqda: 10 yilcha oldin bu yerda 50 ga yaqin mehmonxona boʻlgan boʻlsa, hozir ularning soni 150 ga yetgan.

Qiziq, agar sayyohlar toʻdasining bu tomon oshiqishi ortsa, Oʻzbekiston Kubaning yoʻlini tanlarmikan? Ommaviy turizm shaharni qay darajada oʻzgartirishi mumkin?

Бухара
Buxorodagi mahalliy musiqachi Jalol turli asboblarda musiqa chalib berdi.
Сурат тагсўзи, Buxorodagi mahalliy musiqachi Jalol turli asboblarda musiqa chalib berdi.

Oʻzbeklar qanday yashashi va tinmay koʻz-koʻz qilinayotgan iqtisodiy islohotlar "oddiy fuqaro Aziz"gacha yetib borish-bormasligini bilish men uchun juda qiziq.

Mahalliy odamlardan ertaklarda takrorlanadigan faqat bir javob olaman: "Bu yerda hammasi yaxshilanmoqda - iqtisodiyot gullab yashnamoqda. Ammo hayot yanada yaxshiroq boʻlishi uchun koʻproq sayyohlar kelishini xohlaymiz… Oldingidek sharoit qiyin boʻlishini istamaymiz!"

Goʻyo ular amaldagi - yoki marhum - prezidentni xafa qilib qoʻymaslikka intilayotgandek tuyiladi va oʻsha mashhur "rasmiy" jumlalarni takrorlashdan charchamaydi.

Kayfiyat rangi - koʻk-yashil

Narzullayevlar oilasi - kulollar va ipakchilar sulolasining oltinchi avlodi. Ularning Gʻijduvondagi markazida bizga oʻsmadan olingan boʻyoq bilan ipakni qanday boʻyashni namoyish etadilar: aytishlaricha, mahalliy ayollar bu oʻsimlik bilan qoshlarini boʻyar ekanlar.

"Natijada havorang yoki yashil rang paydo boʻladi," tushuntiradi usta Abdulla Narzullayev. "Lekin qanday rangning paydo boʻlishi ayolning kayfiyatiga bogʻliq!" Xayolga bir zumda Filipp Kirkorovning mashhur qoʻshigʻi keladi.

"Bu haqiqat, hatto, olimlar shunday fikrda!" deydi u guruhimizning hayratga tushishini kutgandek qarab. Biroq biz unga jim boqamiz.

O'sma bilan ham ipakni, hamda qoshni bo'yashadi
Сурат тагсўзи, O'sma bilan ham ipakni, hamda qoshni bo'yashadi

Men oʻzimni kulolchilikda sinab koʻrishga urinaman.

Kulolchilik mahsulotlarini tayyorlashdagi eng muhim jarayonlardan biri - bu ularni sir bilan qoplashdir. Mazkur vazifaga "dunyodagi eng baxtli eshak" masʼul - eshakni oldimizga olib chiqib, katta gʻildirakka bogʻlaydilar.

"U oyda atigi bir kun ishlaydi," tushuntiradi egasi.

Eshakni harakatlanishga majburlashganda, u hangray boshlaydi va tepsinadi.

"Bir kun ham ishlamaydigan eshak koʻrinadi," oʻzimcha oʻylayman.

Birozdan soʻng bu joy shunchaki oddiygina kulolchilik ustaxonasi emasligi ayon boʻladi. Ustaxona devorlariga bu yerga tashrif buyurgan yuqori martabali mehmonlar surati osib qoʻyilgan. Ular orasida shahzoda Charlz, Hillari Klinton, Leonid Kuchma va Islom Karimovni koʻrish mumkin.

Ochigʻini aytsam, men mamlakatni deyarli oʻttiz yil boshqargan prezident yuzini - xuddi Turkmanboshi yoki Shimoliy Koreya yetakchisi singari - hammayoqda koʻrsam kerak, deb oʻylagandim. Biroq birgina rasmiy suratni koʻrdim, xolos.

"Oq oltin"

"Qara, boʻsh qolgan joy borki, paxta ekilgan," deydi Maksim pichirlab.

Ehtimol, Oʻzbekistondagi eng mubohasali mavzu - bu hozirgacha "oq oltin"ni yigʻishtirib olishda qoʻllaniladigan majburiy mehnat masalasi boʻlsa kerak.

Human Rights Watchning ma'lum qilishicha, 2017 yili milliondan ortiq byudjet ishchilarini dalada ishlashga majburlashgan. Jurnalist Timur Karpovning 2018 yil oktyabrda olgan surati.

Human Rights Watchning ma'lum qilishicha, 2017 yili milliondan ortiq byudjet ishchilarini dalada ishlashga majburlashgan. Jurnalist Timur Karpovning 2018 yil oktyabrda olgan surati.
Сурат тагсўзи, Human Rights Watch faollariga koʻra, 2017-yili Oʻzbekistonda milliondan ortiq odam paxta dalalarida ishlashga majburlangan. Jurnalist Timur Karpovning 2018 yil oktyabrda olgan surati.

Biz bu mamlakatga ayni paxta yigʻim-terimi mavsumi avjiga chiqqan paytda keldik. Men yoʻl boshlovchimizdan dalada mehnat qilayotgan odamlarni tasvirga olish uchun toʻxtashni soʻrayman. Menga muloyimlik bilan "toʻxtash uchun qulay joy qidirayotganlari"ni maʼlum qiladilar. Oxir-oqibat, "qulay joy" baribir topilmadi.

Huquq faollarining soʻzlashicha, prezident majburiy mehnatga chek qoʻyishga bir necha bor omma oldida vaʼda berganiga qaramay, mamlakatning koʻplab qismlarida bu amaliyot davom etib kelmoqda. Aytishlariga qaraganda, hukumat majburiy mehnatda byudjet ishchilari, xususan, oʻqituvchilar va shifokorlar kuchidan foydalanar ekan.

O'zbekiston hukumati majbutriy mehnatga barham berishga chora ko'rayotganini ta'kidlaydi. Jurnalist Timur Karpovning surati, oktyabr 2018 yil
Сурат тагсўзи, O'zbekiston hukumati majbutriy mehnatga barham berishga chora ko'rayotganini ta'kidlaydi. Jurnalist Timur Karpovning surati, oktyabr 2018 yil

Human Rights Watch faollariga koʻra, 2017-yili Oʻzbekistonda milliondan ortiq odam paxta dalalarida ishlashga majburlangan.

Toshkentda men fotojurnalist va huquq faoli Timur Karpov bilan uchrashishga muvaffaq boʻldim. U menga shu yilning oktyabr oyida olgan suratlarini koʻrsatdi. Suratlarda paxta terayotgan koʻplab odamlar, asosan, ayollarni koʻrish mumkin edi. Bi-bi-si buni tasdiqlay olmaydi, ammo Timurning taʼkidlashicha, ular oʻqituvchilar boʻlgan.

"Men bu mavzuni diqqat bilan kuzatishni 2015-yilda boshlaganman va oʻsha yili ilk bor dalalarga bolalar chiqarilmagan edi. Shunday boʻlsada, baʼzi joylarda bolalarni koʻrish mumkin edi. Bularning bari huquq faollarining mehnati sharofati bilan boʻlgandi. Biroq majburiy mehnat katta yoshlilar bilan hamon davom etmoqda," deydi u.

"Lekin oʻqituvchilarni maktabdan dalaga chiqarsa, bu bolalarning ham ziyon koʻrishini anglatadi," taʼkidlayman men. Timur fikrimga qoʻshiladi.

Timur davlat ishchilar ish vaqtida yoki, har ehtimolga qarshi, ishga chiqishdan oldin - tongda paxta terishini aytadi.

Ular bu ish bilan dam olish kunlari va taʼtil vaqtlari "soʻzsiz" mashgʻul boʻladilar.

Men ushbu masala toʻgʻrisida turizmni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Ulugʻbek Qosimxoʻjayevdan soʻrab koʻrdim.

Davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Ulugʻbek Qosimxoʻjayev
Сурат тагсўзи, Turizmni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Ulugʻbek Qosimxoʻjayev

"Chora-tadbirlar joriy qilinmoqda va prezident aniq belgilab berdi: inson huquqlari birinchi oʻrinda," taʼkidlaydi u.

Qosimxoʻjayev majburiy mehnatdan foydalanish davom etayotganligini hech qanaqasiga tan olmaydi, ammo bu muammo tufayli yuqori lavozimli amaldorlar ishdan olinayotganini qoʻshimcha qiladi.

"Moskva ham bir kunda qurilmagan-ku," deydi u. "Mahalliy amaldorlar maʼlum ish uslubiga oʻrganib qolgan… lekin xalq taʼlimi vaziri, masalan, oʻqituvchilar bevosita oʻziga shikoyat qilishi uchun hatto maxsus vebsaytni ishga tushirdi."

Men fursatdan foydalanib, mamlakatdagi soʻz erkinligi muhiti haqida savol beraman.

"Hatto siz - Bi-bi-si muxbiri - shu yerda - davlat idorasida turganingiz va vazirlar mahkamasi aʼzosidan intervyu olayotganingizning oʻzi soʻz erkinligi bilan mavjud vaziyat ijobiy tomonga oʻzgarayotganidan dalolat beradi. Ikki yil oldin bunday holatni men tasavvur ham qila olmasdim."

Biz yana huquq faoli va jurnalist Timur Karpovga qaytamiz. Amaldorlarning soʻz erkinligi holati yaxshilanib borayotgani haqida aytganlariga u kuladi.

Timur oʻzining jurnalist sifatida shuncha koʻp hibsga olinganidan hisobni esidan chiqarib ham qoʻyganini aytadi.

"Mana vaziyat qanday oʻzgaryapti: hibsga olishgan vaqtda bizni shunchaki bir yoki ikki soat ushlab turishadi va kameralarimizni olib qoʻyishadi. Ular hali ham ishlashimizga xalaqit bermoqda, lekin bizni ortiq doʻpposlashmayapti - ortiqcha shov-shuv chiqishini istashmaydi."

Bukhara

Timur Oʻzbekiston aholisiga xos ortiqcha shov-shuvdan qoʻrqish hissi, umuman olganda, islohotlarning oʻtkazilishiga xalal bermoqda, degan fikrda.

"Mahalliy aholi hukumatning harakatlaridan qoʻrqadi. Odamlar qulogʻi tinch boʻlishini istaydi va jimgina hukumatni qoʻllashni eng toʻgʻri yoʻl hisoblaydi."

Timurning soʻzlariga koʻra, goʻyo soʻz erkinligi mavjudligining belgisi sifatida koʻrilayotgan matbuotda hukumatni cheklangan ravishda tanqid qilishga "ruxsat berish", aslida, xoʻjakoʻrsin, xolos.

"Davlat matbuotida ishlovchi barcha jurnalistlar uchun cheklovlar, oldingidek, tushunarli: Mirziyoyev yoki Karimov hech qanaqasiga tanqid qilinmasligi va, albatta, Andijon voqealari esga olinmasligi shart."

Chorrahadagi mamlakat

Samarqanddagi registon maydoni
Сурат тагсўзи, Samarqanddagi registon maydoni

Nihoyat biz Samarqandga kirib kelmoqdamiz.

Sayohat va tasvirga olish ishlari bilan oʻtgan uzoq kundan soʻng hamkasblarim "Oʻzbekistonning haqiqiy tungi hayoti"ni koʻrishga qaror qiladilar.

Toʻgʻri, tanish oʻzbeklar meni Oʻzbekistonda "tungi hayot" mavjud emasligi, faqat karaoke-barlar borligidan ogohlantirishgandi. Biroq biz baribir bunday hayotni topishga muvaffaq boʻldik!

Seshanba oqshomida biz bir barga kirdik. Diskoteka avjida, atrof mast odamlarga toʻla.

"Qara," deydi hamkasbim. "Bu barning nomi TUMOR ekan. Oʻsma?!" [Ingliz tilidagi "tumor" soʻzi oʻzbekchada shish yoki oʻsma, masalan, saraton oʻsmasini anglatadi - tah.]

"Ajoyib nom ekan," kuladi u. Men boʻlsa, ular TIMUR soʻzini nazarda tutgan ehtimol, deb oʻylayman. Bir necha daqiqadan soʻng biz kimningdir tugʻilgan kun kechasiga tushib qolganimiz oydinlashadi, lekin xorijlik mehmonlar sifatida bizning ziyofatda qolishimizga ruxsat beradilar.

Men bu yerda mahalliy musiqa sadolarini eshitaman, deb oʻylagandim. Yoʻq, faqat Loboda, Spice Girls, Despocito va yana Kirkorovning oʻsha jin urgur qoʻshigʻi yangraydi. Ayniqsa, Spice Girls guruhining qoʻshiqlariga oʻzbeklar rosa xirom aylar ekan.

50 dan oshganlar uchun

Sayohatimiz ertangi kun Samarqandning Registon maydonidan davom etadi. Bu yerda britaniyalik sayyohlarga duch kelamiz. Ular bu yerga 50 yoshdan oshgan insonlar uchun sayohatlar tashkil qiladigan SAGA britan kompaniyasi orqali kelishibdi.

"Bu yerda tarixiy va diqqatga sazovor joylar shunchalik koʻp ekanki - juda hayratlanarli!" xitob qiladi 70 yashar xonim.

Men ulardan bu yerga kelgunga qadar Oʻzbekistondagi inson huquqlari bilan bogʻliq vaziyatdan xabarlari boʻlgani yoki yoʻqligini soʻrayman: "Yoʻq. Tan olishim lozimki, men hayotning bu tomoniga hali qarab koʻrmadim."

"Koʻrinib turibdi, Oʻzbekiston oʻz yoʻlidan ketmoqda," deydi javob bergan ayolning eri bu mamlakatga sayohat qilish qarorini oqlashga urinib.

Guruhning boshqa aʼzolari mavjud vaziyatning qanday ekanini bilganliklari va ularning tashrifi oddiy oʻzbeklar foydasiga xizmat qiladi, deb xulosa qilganlari haqida soʻzlaydilar.

Ayni oʻxshash fikrlarni mashhur Lonely Planet onlayn sayyohlik yoʻlkoʻrsatkichining Shimoliy va Oʻrta Osiyo boʻlimi muharriri Megan Ivs ham bildiradi.

"Siyosat va inson huquqlari borasida deyarli har bir mamlakatga oʻxshash ayblovlarni qoʻyishingiz mumkin, deb oʻylayman. Biroq turizm haqiqatan ijobiy taʼsirga ega: u fikrlar va gʻoyalar ayirboshlovi demakdir. Men Oʻzbekiston dunyoga ochilishda davom etishidan umid qilaman," deydi Megan.

Menimcha esa, sayyohlarning Oʻzbekistondagi toʻlaqonli demokratiya rivojiga hissa qoʻshishi borasidagi tasavvurlar oʻta sodda.

Shunday boʻlsada, mamlakat chindan ham chorrahada turibdi. Inson huquqlariga rioya qilish yoki qilmaslik toʻgʻrisida qaror olish Oʻzbekiston hukumatining ixtiyorida qolmoqda.

Hukumat tanqidchilari olib borilayotgan islohotlarning hali ham yuzaki ekanini taʼkidlaydi.

"Bizni oʻtgan 20 yilga emas, balki soʻnggi bir-bir yarim yilga qarab, muhokama qiling," soʻraydi Qosimxoʻjayev.

Men esa hamon oʻylashda davom etaman: biz haqiqiy Oʻzbekistonni koʻra oldikmi va turistlar uning asl qiyofasini koʻrishga muvaffaq boʻla oladimi?

Бухородаги масжиди Калон минораси
Сурат тагсўзи, Бухородаги масжиди Калон минораси

***

BBCUZBEK.COM билан Telegram орқали +44 7858860002 номери билан боғланинг.

Telegram каналимиз: https://t.me/bbcuzbek