"Bir yahudiy hayoti million falastinlik hayotiga teng"

Video tagso‘zi, "Bir yahudiy hayoti million falastinlik hayotiga teng"
"Bir yahudiy hayoti million falastinlik hayotiga teng"
Published

Buyuk Britaniya hukumatining Yaqin Sharq bo‘yicha vaziri Isroil kelgindilari tomonidan bosib olingan G‘arbiy Sohildagi falastinliklarga qarshi uyushtirilgan hujumlarni «dahshatli» deb atadi.

U Isroil hukumatini u yerdagi falastinliklarni himoya qilishga hamda kelgindilar zo‘ravonligining oldini olish va aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun amaliy choralar ko‘rishga chaqirdi.

Bu iyul oyi oxirida isroilliklar va falastinliklar o‘rtasida ro‘y bergan o‘lim bilan yakunlangan to‘qnashuvdan keyin Nablus yaqinidagi Falastin qishloqlariga qarshi sodir etilgan bir qator hujumlar ortidan yangradi. Bu hujumlar o‘sha to‘qnashuv uchun qasos sifatida amalga oshirilgani taxmin qilinmoqda.

O‘sha to‘qnashuvda to‘rt nafar falastinlik va ikki nafar isroillik halok bo‘lgan, ular orasida yaqin atrofdagi Havat Gilad kelgindilar manzilgohining isroillik qorovuli ham bor edi.

G‘arbiy Sohildagi isroillik kelgindilar manzilgohlari ham Isroil qonunchiligi, ham xalqaro huquq nuqtai nazaridan noqonuniy hisoblanadi.

BBCning Yaqin Sharq bo‘yicha muxbiri Lyusi Uilliamson zo‘ravonliklar haqida u yerda yashovchilardan biri bilan suhbatlashish uchun Havat Gilad manzilgohiga kamdan-kam hollarda beriladigan ruxsat bilan tashrif buyurdi.