Video - GM Uzbekistan: Yangi narxlar "shapka"si bilanmi, "shapka"sizmi?
Published
Xabarlarga koʻra, GM Uzbekistan 1 iyundan avtomobillar narxini oʻrtacha 25-30 foizga oshirgan.
Yangi narxlarga doir maʼlumotlar ijtimoiy tarmoqlar va Telegramdagi guruhlarda tarqalmoqda.
Ammo na GM Uzbekistan va na Oʻzavtosanoat yangi narxlarni rasman tasdiqlaganicha yoʻq.
1 iyundan avtomobillar soʻmga sotilishi eʼlon qilingan. Ammo aftidan,narxlar dollarga bogʻlangan va yana oshadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda GMning narxlarni oshirish qarori gʻazab va istehzoga sabab boʻlgan.
Oʻzbekistonliklar yangi narxlar "shapka"si bilanmi yoki "shapka"sizmi, deb soʻrashmoqda.
- BBC Oʻzbek xizmatining videolarini www.bbcuzbek.com da ham koʻrishingiz mumkin.
- BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bogʻlanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02