You’re viewing a text-only version of this website that uses less data. View the main version of the website including all images and videos.
Videodastur: Bi-Bi-Siz: Oʻzbek soʻmi va dollarni nima kutmoqda?
Yangi, "Bi-Bi-Siz" rukni ostidagi jonli muloqotlarimizni BBC O'zbek Facebook sahifasida kuzatib boring.
Oʻzbek soʻmi qadrsizlanishda davom etmoqda. Dollar oshishi bilan narx-navolar ham koʻtarilmoqda. Ayrim tovarlarga baholarning soat sayin koʻtarilayotganini kuzatish mumkin.
Dollar narxining bir hafta mobaynida tinmasdan oshishi va 7 mingdan 8000 lik dovonga shiddat bilan yaqinlashishi oʻzbekistonliklarni umidsizlikka tushirgan. Ayrimlar shu bugungacha dollarning qaytib 7000 soʻm boʻlishiga umid qilib turganini, endi esa ishonch yoʻqolganini yozgan.
Oʻzbekiston hukumati 2016 yilning yilning noyabr oyida valyuta sohasini erkinlashtirish toʻgʻrisida qonun loyihasini muhokamaga qoʻydi. 14 dekabrgacha takliflar uchun ochiq boʻlgan qonun loyihasidan Oʻzbekistonda valyuta ayirboshlashni erkinlashtirish roʻy berishini anglash mumkin.
Oʻtgan hafta Oʻzbekiston Ishlab chiqaruvchilar va Tadbirkorlar Palatasi rahbari Alisher Shayxov mamlakatda valyuta islohotiga tayyorgarliklar ketayotganini aytgan.
Uning Sputnik agentligi muxbiriga aytishicha, hozirda bozor kursiga "qanday oʻtish masalasi" muhokama qilinmoqda.
"Albatta, bu maʼlum vaqtni talab qiladi, barcha risklarni hisobga olish kerak", - degan mulozim.
Ayni paytda Germaniyaning Toshkentdagi elchisi Oʻzbekiston hukumatini tezroq milliy valyuta konvertatsiyasini ochishga chaqirgan.
9 mart kuni Gazeta.uz nashriga bergan intervyusida Naytxart Xyofer-Vissing konvertatsiyani erkinlashtirish ogʻriqli boʻlishi mumkinligini ham aytgan.
Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda xorijiy sarmoyadorlar yuz tutayotgan asosiy muammo konvertatsiya muammosidir.
Markaziy Bank dollarning soʻnggi koʻtarilishi yuzasidan hech qanday izoh bermagan.
Yangi, "Bi-bi-siz" ruknimizda biz ayni mavzuni toshkentlik iqtisodchi Gʻolibbek Xolnazarov va Ostonadagi "Evrosiyo" universiteti dotsenti Saparboy Jubayevlar bilan muhokama qildik.
BBC Oʻzbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber da: +44 78-58-86-00-02
TELEGRAMDA ESA kanalimiz - https://telegram.me/bbcuzbek yoki BBCUZBEK
Instagram - BBC UZBEK
Twitter - BBC UZBEK
Odnoklassniki - BBC UZBEK
Facebook - BBC UZBEK
Google+ - BBC UZBEK
YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)
Skype - bbcuzbekradio
bbcuzbek.comga toʻsiq boʻlsa, uzbekweb.netga kiring